31.Мушак қисқариш турлари;
MUSKULNING YAKKA QISQARISHI
Ajratilgan yakka muskul tolasiga yoki bu tolalardan tashkil topgan yaxlit
muskul rag‘batlantirilsa, yakka qisqarish sodir bo`ladi. Miograf yoki optik
usulda yozib olingan yakka qisqarishning egri chizig‘ida uchta bosqichni
ajratish mumkin: qisqarishning latent davri, qisqarish bosqichi va
bo‘shashish bosqichi.Ta‘sirot berilgan lahzadan qisqarish boshlanguniga
qadar biroz vaqt o‘tadi – bu latent (yashirin) davrdir. Mexanik uskunalar
yordamida qayd qilingan miogrammada u taxminan10 ms davom etadi.
Optik yoki elektron asboblarda qayd qilingan yakka qisqarishning latent
davri ancha qisqa 2,5 ms atrofida. Ana shu vaqt muskul muskul tolalarida
harakat potensiali boshlanib, uning qisqarishi uchun zarur bo`lgan
miqdorga (40 mV) yetishiga sarflanadi. Baqaning ajratilgan muskulini
qisqarish bosqichi 50 ms, bo‘shashish bosqichi ham 50 ms. Demak, bu
muskulning yakka qisqarishi umuman 110 ms davom etadi. Issiq qonli
hayvonlar ko‘ndalang targ‘il muskullarining yakka qisqarishi 100 ms dan
kam davom etadi.
QISQARISHLARNING QO’SHILISHI VA TETANUS
Tabiiy sharoitda muskullarning qisqarishi uzluksiz ravishda nisbatan
ancha uzoq davom etadi. Odam bajaradigan eng tez harakatlarga ham
100 ms dan ko‘p vaqt sarflaydi, tana va qoi-oyoqlar muskullarining
taranglanishi minutlab va soatlab davom etishi mumkin. Bu xildagi
qisqarishlar tetanus deb atalgan. Tetanusnning kelib chiqish mexanizmi
oralig‘ida qisqa vaqt bo`lib, ketma-ket keluvchi impulslarga muskulning
javobini o‘rganish yo`li bilan aniqlangan.
Agar impulslar o‘rtasidagi vaqt yakka qisqarishga sarflanadigan vaqtdan
ortiq bo`lsa (tajriba baqa muskulida o‘tkazilganda 100 ms dan), muskul
impulslar oralig‘ida qisqarib-bo‘shashishga ulguradi. Miogrammada
birin-ketin keluvchi yakka qisqarishlarni ko‘ramiz. Impulslar o‘rtasidagi
vaqtni qisqartirish ikkinchi impuls muskul birinchi qisqsrishdan bo‘shasha
boshlagan vaqtga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi impulsga javoban muskul tinch
holatdagi nuqtadan emas, balki hali bo‘shashib ulgurmagan nuqtadan
qisqaradi. Miogrammada ikkinchi qisqsrishning egri chizig‘i bbirinchi
qisqarish bo‘shashish bosqichining qaysi bir nuqtasidan boshlangan
bo`ladi – qisqarishlar bir-biriga qo‘shilib ketadi (6-rasm).
Impulslar oralig‘idagi vaqtni yana qisqartiramiz (<50 ms). Enda birinchi
qisqarish hali cho‘qqiga yetmay turib, ikkinchi qisqarish boshlanadi. Bu
qisqarishlarning egri chizig‘i tamomila qo‘shilib ketib, unda yagona
baland cho‘qqi hosil bo`ladi. Demak, ketma-ket impulslarning muskulga
ta‘sir qilish natijasi ikki turda qo‘shiladi. Ular o‘rtasidagi vaqt nisbatan
katta (50 ms dan ko‘p ) bo`lsa, chala qo‘shilish kuzatiladi, bu vaqt
qisqarsa (50 ms dan kam bo`lsa), toia qo‘shilish ro‘y beradi.
Odatda harakatlantiruvchi nervlar orqali muskullarga yuqori chastotaga
ega bo`lgan ritmik impulslar keladi. Bu impulslar paydo qilgan
qisqarishlarning toia qo‘shilishi natijasida silliq tetanus hosil bbo`ladi (7-
rasm). Tajribada (ba‘zi bir patologik hollarda
ham) tishli tetanusni kuzatish mumkin. Chastotasi nisbatan past bo`lgan
ritmik impulslar muskulga ta‘sir qilganda tishli tetanus sodir bo`ladi.
Uning paydo bo`lishi oldingi impuls bilan keyingi impuls orasidagi vaqt
muskulning qisqarish fazasidan kattaroq bo`lishiga bog‘liq. Oldingi
impuls ta‘sirida muskul qisqarib, qisman bo‘shashishga ulguradi. Ayni
vaqtda shu nuqtadan ikkinchi qisqarish, ikkinchi qisqarishning
bo‘shashish bosqichida uchinchi qisqarishlar sodir bo`lib, miogramma
tishli arraga o‘xshaydi. Shuning uchun bu tetanus tishli tetanus, deyiladi.
Tetanik qisqarishlar yakka qisqarishlarning qo‘shilishi natijasida paydo
bo`lganidan yakka qisqarishlarga nisbatan yuqori amplitudaga rga
bo`ladi. Tetanik qisqarish amplitudasi impulslar kuchi va chastotasiga
bog‘liq. Ta‘sirot chastotasining ma‘lum chegaragacha oshishi tetanik
qisqarishni kuchaytiradi. Eng kuchli qisqarish yuzaga keltirgan chastota
optimal chastota deyiladi. Impulslar chastotasi optimaldan ko‘payib
ketsa, qisqarish kuchi kamayadi. Buni pessimal chastota, deyishadi.
Muskulning qisqarib-bo‘shashishi qancha tez bo`lsa, silliq tetanus paydo
qilgan impulslar chastotasi shuncha yuqori bo`ladi.
50> Do'stlaringiz bilan baham: |