Fiziokratlar reja: Fizikratlar gʻoyalari Fransua Kene va uning gʻoyalari



Download 50,65 Kb.
bet5/6
Sana17.05.2023
Hajmi50,65 Kb.
#939819
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
FIZIOKRATLAR

Ish haqi nazariyasi. Xuddi fiziokratlarga o‘xshab, A.Tyurgoning tasdiqlashicha, dehqon barcha ishlarda birinchi harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi; u o‘z yerida barcha hunarmandlarning ish haqini yaratadi. Ish haqiga nisbatan ko‘proq ishlab chiqaruvchi yagona mehnat bu - dehqon mehnatidir. U merkantilistlarni tanqid qilgan holda millatning boyligi, deb eng avvalo, yerni va undan olinadigan «sof daromadni» hisobladi.
A.Tyurgo ish haqini F.Kene kabi yashash vositalari minimumiga bog‘lab tushuntiradi. Ammo A.Tyurgo undan farqli ravishda, ish haqining yashash vositalari minimumiga kelib taqalish mexanizmini ochib bermoqchi bo‘ldi. Ish haqini ishchining hayoti uchun zarur bo‘lgan yashash vositalari minimumi darajasiga pasaytiruvchi bunday mexanizm uning fikricha, mehnatga bo‘lgan talabning mehnat taklifidan orqada qolib ketishi, ishchilar o‘rtasidagi raqobatning rivojlanmaganligi hisoblanadi.
Sinflar nazariyasi. A.Tyurgo F.Kenega o‘xshab jamiyatni uch sinfga ajratadi: unumli sinf (qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan band bo‘lgan kishilar); unumsiz sinf (sanoat va boshqa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lgan kishilar); yer egalari sinfi. Lekin birinchi ikkita sinfni «ishlovchilar yoki ish bilan band sinflar»» deb ataydi. Ularning har biridagi odamlarni ikki toifaga bo‘lib ko‘rsatadi, ya’ni tadbirkorlar yoki avans beruvchi kapitalistlar va ish haqi oluvchi oddiy ishchilar. Shu bilan birga olimning tasdiqlashicha, aynan unumsiz sinf «ish haqi oluvchi jamiyat a’zolari»ni o‘z ichiga oladi.
Qiymat, pul va foiz nazariyalari. A.Tyurgo qiymat, baho va pulni tahlil qildi. Uning bu sohadagi fikrlari o‘ziga xos xarakterga ega va qiymatning mehnat nazariyasidan farq qiladi. A.Tyurgo tovarning narxi sotuvchi va xaridorlar istagining intensivligi bilan aniqlanishi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surdi. Bunda kamyoblik tovar narxini “baholashda asosiy unsurlardan biri” hisoblanadi. Keyinchalik bu g‘oya zamonaviy baho nazariyasining shakllanishida ijobiy o‘rin tutadi.
A.Tyurgo iqtisodiyotda proteksionizm siyosatining salbiy tomonini ko‘rsatib berdi. Uning fikricha, «olish va sotishdagi umumiy erkinlik bir tomondan, sotuvchiga ishlab chiqarishni rag‘batlantiruvchi narxni, ikkinchi tomondan, xaridorga eng yaxshi tovarni eng past bahoda sotib olishni ta’minlashning yagona vositasidir».
A.Tyurgo pulni o‘z mohiyatiga ko‘ra tovarlar dunyosidagi bir tovar sifatida ta’riflab, ayniqsa, «oltin va kumushni boshqa har qanday materialga nisbatan (moneta) tanga xizmatini o‘tashga yaroqli», deb hisobladi, negaki, ular tabiatan moneta bo‘lib yaralgan, buning ustiga har qanday kelishuv va qonunlardan qat’iy nazar hamma uchun umumiy moneta bo‘lib qoladi. Uning fikricha, pul, ya’ni oltin va kumushning bahosi nafaqat barcha boshqa tovarlarga nisbatan o‘zgarib turadi, balki bir-biriga bo‘lgan nisbati, kam yoki ko‘pligiga qarab ham o‘zgarib turadi. A.Tyurgo qog‘oz pullarning miqdori yaratilgan tovar va xizmatlarning miqdoriga mos kelmagan sharoitda bunday pullardan foydalanish noqulayliklari to‘g‘risidagi qoidani dalillar bilan isbotlab berdi.

A.Tyurgo ssuda (pul) foizini tadqiqot qilar ekan, qarzga olingan pulni ustamasi bilan qaytarishga jinoyat sifatida qaraydigan nasihatgo‘ylar bid’atlarini qoraladi. Uning ta’kidlashicha, qarz beruvchi qarz vaqti davomida ushbu qarzga bergan puli uchun olishi mumkin bo‘lgan daromadni yo‘qotadi, qarz oluvchi esa bu pulni samarali ishlatib, ancha foyda ko‘rishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, qarz beruvchi qarz oluvchiga ozor yetkazayotgani yo‘q, aksincha, birinchisining pulidan ikkinchisi foyda ko‘rayapti. Ana shu foyda qarz oluvchini foiz to‘lash sharti bilan qarz olishga undovchi asosiy kuch hisoblanadi. U foizni foydadan to‘laydi. Demak, A.Tyurgoning fikriga ko‘ra bunday «kelishuvdan» qarz beruvchi ham, qarz oluvchi ham manfaatdor. Joriy foizga kelsak, A.Tyurgo bo‘yicha, u bozorda kapitalning ko‘p yoki kamligini ko‘rsatuvchi termometr vazifasini o‘taydi, xususan, foizning past bo‘lishi bu kapital ko‘pligi natijasidir.


Iqtisodiy ta’limotlar tarixida fiziokratlar o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. A.Smit o‘z vaqtida: «fiziokratizm tizimi qanchalik

Download 50,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish