6-ish Elektrolitlar eritmalarining elektr о‘tkazuvchanligi.
Ishning bajarilishi;
Yog‘och taxtachaga mahkamlangan kо‘mir elektrodlarni 50 ml li stakanchaga tushiring va ketma-ket ulangan lampani reostat orqali elektr zanjiriga ulang. Vilkani shtepselga tiqing. Elektrodlar tushirilgan stakanga 20-30 ml distillangan suv quying. Lampa yonadimi? Suv elektr tokini о‘tkazadimi? Suvli stakanga 4-5 mikroshpatel maydalangan shakar soling. Shakar eritmasi elektr tokini о‘tkazadimi? Quruq stakanga osh tuzi kristallaridan soling. Tuz stakan tubini tо‘liq tо‘ldirsin. Tuz ustiga elektrodlarni tegizing. Quruq tuz elektr tokini о‘tkazadimi?
39-rasm. Eritmaning elektr o’tkazuvchanligini aniqlash asbobi.
Yuvgichdan 20 - 50 ml distillangan suv quying. Nima kuzatiladi? Elektrodlarni distillangan suvli stakanda yuving. Nima uchun tuz eruvchanlikka ega ekanligini tushuntiring, xolbuki, tuz alohida olinganida elektr tokini о‘tkazmaydi. 4 ta 50 ml li stakan olib, har biriga 20-30 ml birinchisiga 0,1 n xlorid kislota, ikkinichisiga о‘yuvchi natriy, uchinchisiga sirka kislota va to’rtinchisiga esa ammoniy gidroksid eritmasidan solib elektrodlarni stakanlanga tushirib eritmalarning elektr о‘tkazuvchanligini sinab kо‘ring. Stakanlardagi eritma sinab kо‘rilgandan keyin, elektrodlarni distillangan suv bilan yaxshilab yuving. Tajriba paytida lampa qanday yonishini kuzating. Tekshirish natijalariga asoslanib kislota va asoslarning elektr о‘tkazuvchanligiga qarab xulosa chiqaring. Keyingi ikki eritma ya’ni sirka kislota va ammoniy gidroksid eritmalari elektr lampasini kuchsiz (qizartirib) yoritishini sababini tushuntiring.
Ionli jarayonlar (ion almashinish reaksiyalari)
Elektrolitlar eritmasida reaksiyalar molekulalar orasida bormasdan, elektrolitning ionlari orasida boradi. Bunday reaksiyalar ion almashinish reaksiyalari deyiladi va reaksiya natijasida qarama-qarshi ishorali ionlar о‘zaro birikib, yangi moddalarning molekulalari hosil bо‘ladi. Bunda asosiy shart yangi modda qiyin eruvchan yoki kuchsiz elektrolit bо‘lishi kerak. Dastlabki moddalarning eritmalaridagi ionlar qiyin eriydigan yoki kam dissotsilanadigan yangi modda hosil qila olmasa, bunday eritmalarni aralashtirganimizda reaksiya bormaydi. Eritmalarda elektrolitlar orasida boradigan reaksiyalar odatda ionli tenglamalar bilan ifodalanadi. Ionli tenglamalarni molekulyar tenglamalardan afzalligi, ularda reaksiyalarning tub ma’nosi aks etadi.
Qiyin eriydigan (qattiq va gazsimon) moddalar hamda eruvchan kuchsiz elektrolitlar ionli tenglamasida molekula kо‘rinishida yoziladi. Yaxshi eriydigan kuchli elektrolitlar esa ionlar kо‘rinishida yoziladi.
Ionli tenglamalarni quyidagi tartibda yozish tavsiya
etiladi:
1. Reaksiyaning molekulyar sxemasi yoziladi.
2. Reaksiyaning borishiga sabab bо‘lgan moddani aniqlab, uning formulasini tenglamaning о‘ng tomoniga yoziladi.
3. Shu moddani hosil qilgan ionlarni ham aniqlanadi. Agar bu ionlar dastlabki moddalar eritmasida bо‘lsa, ularning simvoli tenglik ishorasidan chapga yoziladi. Ionlar faqat reaksiya jarayonida chо‘kmadan yoki oz dissotsiyalanuvchi moddadan hosil bо‘lsa, u holda о‘sha moddaning formulasi yoziladi.
4. Reaksiya natijasida eritmada hosil bо‘lgan ionlarni tenglamaning о‘ng tomonida kо‘rsatiladi.
5. Reaksiyaning chap va о‘ng tomonlariga koeffitsentlar tanlanadi.
Masalan:
CaC12 + K2SO3 = CaS03 + 2KC1
Ca2+ + 2Cl- + 2K+ + SO2-3= CaСO3 + 2K+ + 2C1-
K+va C1-, ionlari (KC1 kuchli elektrolit) birikib molekula hosil qilmasdan, eritmada erkin holda qoladi. Sodir bо‘ladigan ionli tenglama reaksiyagi quyidagicha yoziladi:
Ca2+ + СO3, -2 = CaSO3 yoki
H2S + Nb(NO 3)2, = NbS + 2HNO3
kuchsiz elektrolit
H2S + Nb2+ = NbS + 2H+ va hakazo
a) Kam eriydigan asoslar olish.
2 ta probirkaga temir (lll) xlorid eritmasidan 2-3 tomchi tomizing. Ulardan biriga bir necha tomchi о‘yuvchi natriy, ikkinchisiga esa bariy gidroksid eritmalaridan qо‘shing. Temir gidroksidi chо‘kmasining rangini aniqlang. Har ikkala holda qaysi ionlarning о‘zaro birikishi sodir bо‘ladi? Labaratoriyada mavjud eritmalardan foydalanib, kam eriydigan mis va magniy gidroksidlarini hosil qiling. Tajriba uchun tegishli eritmalardan 3-4 tomchidan kо‘p olmang. Tegishli reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli holda yozing.
b) Kam eriydigan kislotalar olish.
Bir probirkaga 2-3 tomchi natriy silikat, ikkinchisiga esa shuncha hajm ammoniy molibdat eritmalaridan tomizing.
Ikkala probirkaga ham, tegishli kislotalarning chо‘kmalari hosil bо‘lguncha xlorid kislotadan bir necha tomchi quying. Reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
v) Kuchsiz asoslarni hosil bо‘lishi.
Bir probirkaga 3-4 tomchi ammoniy xlorid eritmasidan ikkinchisiga esa shuncha miqdorda ammoniy sulfat quying. Ikkala probirkaga ham bir necha tomchi о‘yuvchi natriy eritmasidan tomizing va salgina qizdining, xidiga qarab qanday gaz ajralib chiqayotganligini aniqlang. Kuchsiz ammoniy gidroksidning hosil bо‘lish reaksiyalarining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
g) Kuchsiz kislotalar hosil bо‘lishi.
Ikkita probirkaga 2-3 tomchi soda eritmasidan quying. Biriga bir necha tomchi xlorid kislota, ikkinchisiga esa sirka kislotasidan tomizing. Nima kuzatiladi? Kuchsiz karbonat kislotasining hosil bо‘lish reaksiyalarining molekulyar va ionli tenglamalarini hamda uning karbonat angidrid va suvga parchalanishini yozing.
d) Qiyin eruvchan tuzlar hosil bо‘lishi.
Ikkita probirkaga 2-3 tomchidan qо‘rg‘oshin tuzi eritmasidan quying. Birinchisiga bir necha tomchi 2 n li sulfat kislota, ikkinchisiga natriy sulfat eritmalaridan tomizing. Birinchi va ikkinchi hollarda nima chо‘kmaga tushadi. Laboratoriyada mavjud bо‘lgan reaktivlardan foydalanib qiyin eruvchan: qо‘rgoshin yodid, kumush xlorid, bariy xromat va kalsiy karborat tuzlarini hosil qiling. Reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarni yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |