Ishni bajarish tartibi:
Konduktometrik titrlash.
Ionlarning molyar harakatchanligi qiymatlarini taxlil qilib, quyidagi qoidalarni keltirib chiqarish mumkin:
1.Teng kontsentratsiyada kuchli kislota yoki kuchli asosning elektr o’tkazuvchanligi ular tuzi elektr o’tkazuvchanligidan katta.
2. Teng kontsentratsiyada kuchsiz kislotaning elektr o’tkazuvchanligi uning tuzi elektr o’tkazuvchanligidan kichik.
SHuning uchun kislota eritmasini asos eritmasi bilan titrlashda ekvivalent nuqtada elektr o’tkazuvchanlikni keskin o’zgarishi ro’y beradi.
SHunday qilib, elektr o’tkazuvchanlikning asosiy omili ionlar harakatchanligi bo’lgani uchun, elektr o’tkazuvchanlikni indikator sifatida qo’llash mumkin.
Indikator sifatida elektr o’tkazuvchanlik qo’llaniladigan titrlash konduktometrik titrlash deyiladi (konduktor —o’tkazuvchi).
Konduktometrik titrlash borasida bitta tezlikda harakatlanayotgan ionga almashinadi. Reaktsiyaga qatnashuvchi moddalar tabiatiga qarab, ekvivalent nuqtada elektr o’tkazuvchanlik keskin o’zgaradi. Konduktometrik titrlash rangli indikatorlar bilan titrlashdan farqli o’laroq, loyqa, rangli eritmalarni, biologik suyuqliklarni titrlashda qo’llanishi mumkin. U nixoyatda aniq. Bir qancha moddalar aralashmasini xam titrlashda qo’llanishi mumkin. Kamchiligi murakkab asboblar talab etiladi, hisoblashga ko’proq vaqt ketadi. Konduktometrik titrlash quyidagicha amalga oshiriladi; titrlash olib boriladigan idishga indikator elektrodы tushuriladi. SHu idishga titrlash olib boriladigan byuretka o’rnatiladi. Lozim bo’lsa, idish termostatga qo’yiladi. Titrlash borasida elektr o’tkazuvchanlikni o’zgarishi kuzati boriladi, grafik orqali ekvivalent nuqta topiladi.
Ayrim misollarni ko’ramiz
1) Kuchli kislotani kuchli asos bilan konduktometrik titrlash:
Xlorid kislotasiga natriy ishqori qo’shilsa, gidroksil ionlari tez harakatlanadigan vodorod ionlari bilan birikadi va dissotsialanmaydigan suv hosil bo’ladi. Vodorod o’rnida eritmada unga nisbatan kam harakatlanadigan qoladi ( = 43). SHu sababli titrlash borasida elektr o’tkazuvchanlik minimumga etadi. Keyingi qo’shilgan 1 tomchi ( =174), gidroksil ionlarining harakatchanligi tufayli elektr o’tkazuvchanlikni yana oshiradi. Grafik chizilsa , ya’ni abtsiss o’qiga titrlashga sarflangan ishqorning ml miqdori, ordinat o’qiga esa eritma elektr o’tkazuvchanligi qo’yilsa,
Rasmda ko’rsatilgan egri chiziq hosil bo’ladi.
|
Titrlash borasida hosil bo’lgan egri chiziqning singan joyidan abtsiss o’qiga prependikulyar tushirib, ekvivalent nuqta (E) topiladi. Bu nuqtada titrlash uchun sarflangan ishqor miqdori topiladi. Buning uchun ushbu proportsiyadan foydalaniladi:
|
V1 - berilgan, HCl hajmi ; V2 - ishqor miqdori, grafikdan topiladi; N2 - ishqor kontsentratsiyasi, ma’lum.
2) Kuchsiz kislotani (masalan, sirka kislotasi), kuchli asos (NaOH) bilan titrlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |