Ishni bajarishdan maqsad: Tekshirilayotgan suyuqlik solingan keng idishga har xil diametrli ikkita kapillyar nay tushiriladi (46-rasm). Birinchi va ikkinchi nay ichidagi suyuqlik idishdagi suyuqlik sathidan qancha ko‘trilishini h1 va h2 bilan belgilaymiz. Har ikkala kapillyar naydagi suyuqlikning sirt taranligi o‘lchanadi.
Ish uchun kerakli jihozlar: Tekshiriladigan suyuqlik uchun qalin devorli idish, qisqichi bor shtativ, har xil diametrli kapillyar naylar, katetometr (oraliq masofani aniq o‘lchaydigan asbob ), soat oynasi.
Distillangan suv, etil spirt, simob.
Do'stlaringiz bilan baham: |