2. Bufer aralashmalar tayyorlash.
Tajriba.
Uchta kolba olinib, ularda 10 ml dan bufer eritma tayyorlanadi, buning uchun kislota bilan tuz eritmalari yuqorida tavsif etilgan tajribada beshinchi probirkaga qo‘shilgan nisbatda olinadi.
Distillangan suv qo‘shib birinchi kolbadagi eritma 2 marta, ikkinchi kolbadagisi esa 3 marta suyultiriladi. Uchinchi kolbadagi eritma suyultirilmaydi. Har qaysi eritmadan 10 ml dan olib, ularning har qaysisiga 3 tomchidan universal indikator qo‘shiladi. Uchala eritma xam bir xil ranga bo‘yaladi, demak eritma suyultirilishi bilan pH o‘zgarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |