Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni


FIZIKA DARSLARIDA HARBIY TEXNIK TUSHUNCHALARNI BERISH ORQALI



Download 11,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/436
Sana22.02.2022
Hajmi11,09 Mb.
#80408
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   436
Bog'liq
Конференция - физика-PDFга

FIZIKA DARSLARIDA HARBIY TEXNIK TUSHUNCHALARNI BERISH ORQALI 
VATANPARVARLIK HISSINI SHAKLLANTIRISH 
O.Q.Quvondiqov, M.Qodirov, Sh.A.Xomitov. SamDU. 
sh-xomitov@mail.ru
 
Vatanni muhofaza qilish, uni bir hovuch tuprog‘ini ko‘z qorachig‘iday asrab avaylash har bir 
kishining burchi hisoblanadi. Shunday ekan, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda 
vatanga bo‘lgan muhabbat hissini yanada oshirish zarur.
O‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning shakl va usullari turlichadir. 
Fan va texnika rivojlangan davrda o‘quvchi yoshlarga o‘rta maktab fizika kursining ayrim mavzularini 
harbiy ishga bog‘lab o‘rgatish va shu asosida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning 
imnoniyatlari katta. Сhunki, fizika fani texnika taraqqiyotining ilmiy asosini tashkil etadi. Shuning 
uchun ham harbiy texnikaning biror sohasi yo’qki, unda fizik qonun va qonuniyatlar qo‘llanilmasa. 
Hozirgi kunda harbiy texnikani boshqarish uchun har bir vatan himoyachisi armiya hizmati davrida 
fizik qonunlar bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham yoshlarni harbiy va harbiy-texnik 
tayyorgarligi katta ahamiyatga ega. Armiya yoshidagi yoshlarga O’zbekiston Respublikasi 
mudofaasiga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, maktab o‘quvchilariga harbiy bilimlarni 
berish asosan, “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani o‘z zimmasiga olgan. Biroq, harbiy 
texnika sirlarini muvaffaqiyatli o’zlashtirish uchun fizika fanining ahamiyati juda katta. 
Bugungi kunda vatanimizning iqtisodiy va mudofaa qudratini yanada mustaxkamlash borasida, 
yer yuzida tinchlikni saqlab qolish, kelgusida yadro qurolidan insoniyatni batamom xolos etish, yadro 


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
 
136 
energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish uchun nazariy-siyosiy va tashkilotchilik ishlarini keng 
ko‘lamda ishlar olib borilmoqda. Bu sohada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning olib borayotgan 
ishlari diqqatga sazovordir. Qolaversa, yoshlar bilan olib boriladigan harbiy vatanparvarlik tarbiyasi 
ishining sifatini belgilab beruvchi asosiy mezon yoshlarning kelajakda bo‘ladigan sinovlarga ma'naviy 
tayyorgarlik darajasi, harbiy ish asoslarini puxta bilishi, bo’lajak vatan himoyachilarining harbiy 
tayyorgarligi har bir yigitning vatanga bo‘lgan muhabbati, uning bilim salohiyati va tartib-intizomi 
bilan belgilanadi. 
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi u qandaydir tor, muayyan maqsadlargagina xizmat qilibgina 
qolmay, balki, yosh avlodni har tomonlama voyaga yetkazib, tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi.
Biz fizika o‘qitish jarayonida va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga harbiy 
vatanparvarlik tarbiyasi berishni maktablar misolida kuzatdik, Bunda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, fizika 
fanini o‘qitish jarayonida harbiy vatanparvarlik tarbiyasiga yetarlicha e’tibor berilmas ekan.
Xizmat oldidan yoshlar zamonaviy harbiy texnika haqida boshlang‘ich harbiy, harbiy-texnik 
tayyorgarlik kabi tushunchalarga ega bo‘lishlari kerak. Bizning asosiy maqsadimiz ham shu 
yuqoridagi talablarga mumkin qadar javob berish uchun fizika darslarida shu ishlarni bajarishga 
harakat qildik. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining barcha fanlar qatori fizika fanini o‘qitishda 
ayniqsa, fizikadan fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etib, ularda harbiy texnikaning fizik asoslari 
o‘rganilsa, yanada yaxshi bo‘lar edi. O‘quvchilarga harbiy texnika haqida tushunchalar berish, ularda 
shu soha bo’yicha ko‘nikma va malaka hosil qilish, barcha fanlardan dars o‘tish jarayonida berilsagina 
yaxshi natijalarga olib keladi. 
Quyida fizika fani va harbiy ishlarga oid materiallarning o‘zaro aloqadorligiga doir ma’lumotlardan 
namunalar keltiramiz: 
Fizika fanidan mavzular 
Harbiy ishlar bilan tanishtiradigan materiallar mazmuni (misollar) 
Mexanik harakat. Moddiy nuqta. 
Traektoriya 
Snaryadning tezligi, harakat traektoriyasi. Snaryad poroxlarining 
parchalanishi. 
Yo‘l va ko‘chish 
O‘qning miltiqdan uchib chiqishi, uchish balandligi, tezligi, bosib 
o‘tgan yo‘li. 
To’g‘ri chiziqli tekis va notekis 
harakat. Tezlik va o’rtacha tezlik. 
Harbiy mashinalarning (avtomobil, tank, samolyot, kema, altileriya 
snaryadi) tezligi, o‘qning boshlang‘ich tezligi va harakati. 
To’g‘ri chiziqli tezlanuvchan 
(sekinlanuvchan) harakat. 
Tezlanish 
Harbiy samolyot, raketa, tank, kema va harbiy mashinalarning 
tezlanishi haqida ma’lumot. 
Jismlarning erkin tushishi. Erkin 
tushish tezlanishi. 
Samolyotning aviabombalarni tashlashdagi asosiy ko‘rsatgichlari va 
bombaning harakati. 
Egri chiziqli harakatda ko’chish 
va tezlik. 
Otilgan o‘qning, snaryadning, yuqoridan tashlangan bombalarning 
xarakat traektoriyalari, ko’chishi, tezligi, tezlanishi haqida ma’lumot. 
Jism massasi 
Snaryad, aviabomba massasi, tankning massasi, harbiy sohada 
qo’llaniladigan qurollar massasi va h.k 



Download 11,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish