“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
125
hujum”, “didaktik o`yinlar”, “taqdimot”, “o`z-o`zini baholash”va “tashrif” kabilardan foydalanish va
shunga doir masalalar yechishni yo`lga qo`yish o`qituvchining diqqat markazida bo`lishi lozim. Dars
jarayonida o`quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etish quyidagi bosqichlarni o`z
ichiga oladi:
- darsda vujudga keltirilgan ekologik muammoli vaziyatlarni hal etish yo`llarini belgilash;
- o`quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajariladigan topshiriqlar bilan tanishish;
- kichik guruh a`zolari bilan hamkorlikda maqsadni amalga oshirish yo`llarini loyihalash,
mustaqil ishlarni tashkil etish;
- o`rganilayotgan ob`ektni avval o`rganilgan ob`ektlar bilan taqqoslash;
- natijalarni loyihalash va uning maqsadga muvofiqligini tekshirish; - natijani tahlil qilish,
tegishli hollarda unga o`zgartirishlar kiritish.
- o`quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etilganda guruhdagi har bir o`quvchi
iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, bilimlarni o`zlashtirish darajasini aniqlash, o`quvchilar o`rtasida
hamkorlik, o`quv muloqoti, bahs- munozara, o`zaro yordamni amalga oshirish ko`zda tutiladi.
Dars jarayonida ekologik ta’lim-tarbiya uyg’unligini ta’minlashda didaktik o`yinli
texnologiyasidan foydalanishda yetakchi o`rinlarni ta`lim beruvchi, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi,
kommunikativ funksiyalar egallab, qolgan funksiyalar ularga ilova bo`ladi. Fizika fani o`qituvchisi
darsda o`rganiladigan mavzuning ta`limiy, tarbiyaviy va riovjlantiruvchi maqsadlari va pedagogik
texnologiyalarning didaktik funksiyalarini hisobga olgan holda qaysi texnologiyadan foydalanishini
ilmiy metodik asosda tanlagandagina ko`zlangan maqsadga va samaradorlikka erishadi.
Fizika fanini ekologik ta`lim-tarbiya bilan uyg’unlikda tashkil etish jarayonida didaktik o`yinli
texnologiyalar didaktik o`yinli dars shaklida qo`llanilganda o’quvchilarning faolliklarini
jadallashtirishga imkon yaratadi. Ushbu darslarda o`quvchilarning bilim olish jarayonini o`yin
faoliyati bilan uyg’unlashtiriladi. Shu sababli, o`quvchilarning fizik-ekologik bilim olish faoliyati,
o`yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o`yinli darslar deb ataladi. Darsni tashkil etishda
o`yin faoliyati o`zining quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi: o`yin ishtirokchilari rollarni,
vazifalarni tanlashi natijasida erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya`ni o`quvchilarning o`z faoliyatini tahlil
va nazorat qilishi, maqsadga muvofiq natijaga erishgan hollarda o`z faoliyatidan ko`ngli to`lishi, o`z
bilimi va kuchiga ishonch vujudga keladi. Ijodiy muhit tarkib topadi. O`yin ishtirokchilari
muammolarni hal etishda tegishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo`ladilar. O`yin davomida
musobaqa, raqobat, hamkorlik, o`zaro yordam vujudga keladi. Shu asnoda his-hayajonli vaziyat paydo
bo`ladi. His-hayajonga yo`g’rilgan bilim, ko`nikmalar inson xotirasida bir umr muhrlanib qoladi.
O`yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va o`quvchilarning muammoli
vaziyatlarni zudlik bilan hal etishi, mo`ljalni to`g’ri olishga o`rgatadi. Dars jarayonini didaktik o`yinli
darslar orqali tashkil qilinganida quyidagi funksiyalar amalga oshiriladi:
- barcha mavzularda ekologik ta`lim-tarbiya uyg’unligini ta’minlash;
- dars jarayonida o’quvchi faoliyatini rivojlantirish;
- o`quvchilarni ijodiy faoliyatga yo`naltirish; - bilimlarni nazorat va tahlil qilish;
- o`quvchilarning muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish;
Ekologik ta`lim-tarbiya jarayonida bu funksiyalar majmua holda amalga oshiriladi, lekin quyida
o`rganiladigan didaktik o`yin turlarida qaysidir funksiya ustunlik qiladi. Masalan, konferensiya
darslarida shaxsni rivojlantirish ustunlik qiladi, qolgan funksiyalar unga ilova bo`ladi, o`yin
mashqlarda bilimlarni nazorat va tahlil qilish ustunlik qiladi, qolgan funksiyalar uni to`ldiradi va h.k.
Fizika darslarida muntazam ravishda ekologik ta’lim-tarbiya bilan uyg’unlikda olib borilsa,
ayniqsa bu jarayonda yuqori samara beradigan ta’lim texnologiyalardan didaktik ta’lim texnologiyasi,
hamkorlikda o’qitish texnologiyasi, muammoli va modulli ta’lim texnologiyalari metodlaridan
foydalanilsa o’quvchilarda o’quv predmetiga, atrof-muxitga nisbatan bo’lgan bilim-ko’nikmalarini
rivojlantirish bo’yicha ko’zlangan maqsadlarga erishiladi. Ekologik madaniyatni shakllantirish tizimi
to‘liq amalga oshirilmasa, yoshlarni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi dunyoqarashlari
tor, bilimi sayoz bo‘lishiga olib keladi hamda beriladigan asosiy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |