OLIY O’QUV YURTLARIDA “ELEКTROMAGNETIZM” KURSINI
O’TISHDA KEYS METODINING QO’LLANILISHI
D.X.Imamnazarov (SamDU), A.Z.Quvondiqov (SKFU)
Oliy ta’lim tizimida bo’lajak bakalavr ma’lumotli muhandislarni tayyorlashda kompetatsiyaviy
yondashuvga asoslangan holda o’qitishni amalga oshirish maqsadida keys uslubini qo’llashning
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
10
amaliy imkoniyatlarini umumiy fizika kursining “Elektromagnetizm” bo’limi misolida qarab
chiqamiz.
Kompleksli keys-texnologiyaning yadrosi bu vaziyatni yoritib berish va unga mos ravishda
tuzilgan topshiriqlardan iboratdir. Keysni tuzishda bizlar maxsus kurslar dasturini tahlil qilib unga
kiruvchi fizika kursining ba’zi mavzularidan olingan bilimlardan foydalanish imkoniyatlari bilan
tanishib chiqamiz. Bizlar “O’lchashlar nazariyasi” maxsus kursini tanlab oldik, chunki bu kursda
bo’lajak bakalavrlarda o’lchashlar nazariyasi haqida bilimlar shakllaniladi, o’lchashlar va
hisoblashlarni amalga oshirish ko’nikmalari rivojlantiriladi, olingan o’lchash natijalari baholanadi,
shuningdek, ular o’lchash malakalariga ega bo’lishadiki, bu esa kelajakda ularning muhandislik
faoliyatlarida kerak bo’ladi.
Aniqlab olingan muammoning asosida vaziyatli masalani yaratish mumkin. Bunday masalani
yechishda esa umumiy fizika kursining “Elektromagnetizm” bo’limi o’tilgandan so’ng maqsadga
muvofiq bo’ladi.
Vaziyatli masalaning teksti. Asbobsozlik va metallurgiya korxonalarida nazoratchiga tsilindir
(quvur) shaklida berilgan namuna devorlarining qalinligini o’lchashni amalga oshirish va uning
keyinchalik ishlatishga yaroqliligini baholash vazifasi qo’yilgan (korroziyaning mavjudligi,
namunaning bir jinsli yoki bir jinsli emasligi va hokazo).
Mashina, mexanizm va asboblar detalining yoqori sifatga ega bo’lishining zaruriy shartlari, bu
ularning geometrik va funksional ko’rsatkichlari hamda sifatning texnologik belgilaridan
(parametrlaridan) iborat bo’ladi. Masalan, mumkin bo’lgan defektning yo’qligi, asosiy material va
unga qoplanuvchi material strukturasi va ishlov berilayotgan material yuzasining tozaliligi hamda
uning o’lchamining normativ hujjatlarga mos kelishi bilan belgilanadi.
Nazoratning shunday uslubini qo’llash kerakki, natijada u mahsulot buzilmasdan, undan namuna
olmasdan, ko’p vaqt sarflamay kam xarajat hisobiga amalga oshirish mumkin bo’lsin. Undan tashqari
bir vaqtning o’zida mahsulotning sifati va chidamliligini sifatli tekshirishni qisman yoki to’liq
avtomatlashtirilgan holda boshqarishni ta’minlash talab etiladi.
Aniqlangan vaziyatli masala asosida bizlar keysning algoritm dasturini ishlab chiqamiz. Bu esa
talabalarning kasbga yo’naltirilgan muammolarini anqlab olishlarida zarur ma’lumotlarga ega
bo’lishlari va qo’yilgan vaziyatli masalaning ahamiyatini bilib olishlarida bu dastur “Yo’l xaritasi”
vazifasini bajaradi. Buning uchun ular berilgan mavzu bo’yicha turli xil adabiyotlar bilan mustaqil
ishlashlari talab etiladi. To’plangan ma’lumotlar keysni tuzish bilan birgalikda talabalarning bu
vaziyatli masalani har tomonlama chuqur tahlil qilishlari uchun ob’yekt vazifasini bajaradi.
Shuningdek, keyinchalik savollarni guruh-guruh bo’lib munozara olib borishlarida stimul vazifasini
bajaradi. Talabalarning vaziyatli masalani atroflicha tahlil qilishlari uchun ma’lumotlar 2-3 bet
ko’rinishida annotatsiya shaklida beriladi. Keyinchalik kasbga yo’naltirilgan muammolarni hal
qilishda kompleksli keys-texnologiya uch bosqichda va qadamba-qadam amalga oshiriladi. Har bir
bosqichning natijasi uchta ko’rsatkichlar bo’yicha baholanadi: 1) harakatlar motivi muvofiqliligining
shakllanganligi; 2) kasbiy kompetentsiyalar komponentlarining shakllanganligi; 3) berilgan vaziyatli
masalani yechishdagi hissalari.
Kompleksli keys-texnologiya asosiy bosqichining vazifalari quyidagilardan iborat: talabalarning
texnik ob’yektlar haqidagi bilimlari darajasini aniqlash; fizika sohasida talabalarga asosiy bilimlar
berish; fizikadan turli xil darajadagi fizik masalalarni yechishning asosiy bosqichlarini bajarishga
o’rgatish; fizikadan olgan bilimlarini umumlashtirish va sistemalashtirish; guruhda ishlash
qobiliyatlarini rivojlantirish va auditoriyada chiqish qilishga o’rgatish.
Keysda kiritilgan masalalar: talabalarning mantiqan fikrlash qobiliyatini shakllantirishga;
matematik amallarni bajarishga va ilmiy-tekshirish faoliyati bilan shug’ullanishga olib keladi.
Shundan so’ng bizlar loyiha-topshiriqni aniqlab berishga kirishamiz. Bu ishlab chiqish va texnik
ob’yektlar ustida ilmiy izlanishlar olib borishga yo’naltirilgan bo’lib, keys boshida belgilab berilgan
vaziyatli masalani yechish va bilib olish ilmiy muammolarni yechish bilan bog’liqdir. Loyihani
bajarishda talabalarning amaliy-tajribaviy ko’nikmalari shakllanadi, yechilayotgan masalalar ularning
Do'stlaringiz bilan baham: |