ZARYADLI ALOQA QURILMASINING ISHLASH PRINSIPI HAQIDA
B.Jo’rayev, R.Turniyazov (SamDU)
A.Ajabov, A.Xudoyberdiyev, N.Odilova, M.Saidov(QarDU)
Zaryadli aloqa qurilmasi (ZAQ) kamerasining originalligi, fotoaylantirish jarayonining kremniy
kristali ichida bajarilishidir. Bu qurilmalarda fotoaylantirish jarayoni tashqi ta’sirlardan
muhofazalangan. Natijada signalning shovqinga nisbati vakuum fotoaylantirgichlarga nisbatan
yo’qori.
ZAQ ning ishlash asosi quyidagicha: optik tasvirdan tushayotgan fotonlar kristalda erkin zaryad
tashuvchilarni uyg’otadi. Ular maxsus potensial o’ralarda yig’iladi. Har bir o’rada to’plangan
zaryadlar bir-biriga qo’shilmasdan, sinxron ravishda, elektr maydoni yordamida boshqarilib, qabul
qilingan yo’nalish bo’yicha qadamba-qadam siljitilishi natijasida navbatma-navbat chiqish zanjiriga
tushiriladi va chiqish qurilmasi yordamida tashqi zanjir bilan bog’lanadi. Uni quyidagi rasmda
kuzatish mumkin:
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
259
1-rasm. Zaryadli aloqa qurilmasining ishlash prinsipi. a) ZAQ ning ishlash prinsipini tushuntirish
chizmasi; b) Zaryadni injeksiyalashni tushuntiruvchi chizma.
ZAQ ning fizik tuzilishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, metall, dielektrik va yarim o’tkazgich
plastinkalar ko’rsatilgandek (rasm) joylashtirilsa, bizga ma’lum MDP kondensatori hosil bo’ladi.
2-rasm. ZAQ ning fizik tuzilishi.
Agar unga rasmda ko’rsatilganidek qilib kuchlanish manbai ulansa, u holda kondensatorda hosil
bo’lgan elektr maydon ta’sirida, zaryadning asosiy tashuvchilari metal elektrod tomon intilishi
kuzatiladi. Agar tashqi manba qutblari o’zgartirilsa, zaryadlarni tashuvchi, aksincha, yarim o’tkazgich
qavatida o’zlarining harakatchanliklarini yo’qotib, tashqi ta’sirga befarq qoladi. Yarim o’tkazgich
noo’tkazgichga aylanadi. Elektrod tagidagi muhit chegaralangan bir hajmni tashkil qiladi, uni biz
potensial o’ra deb ataymiz. Bu o’ra, rasmda tushuntirishga qulay bo’lishi uchun, kristalning
ko’ndalang kesimiga nisbatan shartli ko’rsatilgan. Agar tashqaridan biror yo’l bilan boshqa turdagi
zaryadlarni tashuvchi potensial o’raga tushirilsa, ular bu muhitda avvalgi zaryad tashuvchilarga
o’xshab o’ta harakatchan bo’ladilar. Sistemada aylanish hosil bo’ladi, ya’ni kristalda o’tkazuvchining
turi o’zgarmagan holda zaryadni olib yuruvchi bir turdan ikkinchi turga aylanadi. Masalan, n- turdan
r-turga. Agar shu kristalga yana bir elektrod o’rnatilsa va ikki elektrod orasidagi masofa 1 mkm dan
kam olinsa, ular orasida boshqariladigan o’zaro aloqa paydo bo’ladi. Ya’ni birinchi potensial o’raga
tashqaridan kiritilgan zaryadlar ikkinchi o’raga oqib o’tishi mumkin.
Agar o’ralar soni ko’paytirilsa u holda zaryad to’plami birin-ketin o’radan-o’raga o’tishini elektr
maydoni orqali boshqarish mumkin. Bu jarayonni quyidagicha tushuntiramiz.
Agar elektrodlarga ulangan potensiallar qiymati aytib o’tganimizdek ulansa, u holda birinchi va
ikkinchi o’ralar orasidagi aloqa hosil bo’ladi. Birinchi o’radagi zaryad tashuvchi birinchi va ikkinchi
potensial o’ra oralig’ida daydi harakatda bo’ladi. Uchinchi elektrodda potensial bo’lmaganligi sababli
unda o’ra hosil bo’lmaydi va oldingi elektrodlar bilan keyingi elektrod o’rtasida sun’iy devor vujudga
keladi.
Agar qo’shni elektrodlarda kuchlanish qiymati bir xil bo’lsa, maydonlarning bir-biri bilan
kesishish nuqtasi darajasida to’siq olinadi va ikkala potensial o’ra qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |