§22. Impuls proeksiyasining saqlanishi.
Silliq gorizontal sirtda qum bilan to’ldirilgan massasi 5 kg bo’lgan qutti 6m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Qumga qandaydir balandlikdan boshlang'ich tezliksiz 1 kg massali tosh tushdi. Shundan so’ng aravaning tezligi nimaga teng bo'lgan?
Gorizontal yo'lda 0,2 m/s tezlik bilan massasi 800kg bo’lgan vagonetka harakatlanmoqda. Agar vagonetkaga 200kg qum solinsa, uning tezligi qanday qiymatga(sm/s) o’zgaradi.
Sportchi rolikli konkilarda turgan holda 4kg massali toshni 8m/s tezlik bilan gorizontga 60o burchak ostida otmoqda. Agar bolaning massasi 80kg bo’lsa tosh otilgandan so’ng sportchining tezligini toping(sm/s).
Odam 0,8 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan vagonetkaga, uning harakatiga perpendikulyar bo’lgan tomondan chiqdi. Agar vagonetkaning massasi 100kg , odamning massasi 60 kg bo'lgan bo'lsa, vagnetkaning oxirgi tezligini toping(sm/s).
Vertikalga nisbatdan 30o burchak ostida 600m/s tezlik bilan uchib borayotgan massasi 50kg bo’lgan snaryad qum to’ldirilgan platformaga urilib unda tiqilib qoladi. Snaryad tushgandan keyin platformaning tezligini toping. Qarshilik kuchlari hisobga olinmasin. Platformaning massasi 950kg ga teng.
Massasi 2kg bo’lgan yuk qiya tekislik bo’ylab ishqalanishsiz harakatlanib tushib massasi 18kg bo’lgan platformaga tushadi. Yuk tushgan paytda platforma qanday tezlik bilan harakatlanishni boshlaydi(sm/s)? Qiya tekislikning qiyalik burchagi 60o ga, yuk dastlab platforma sathidan 1,8m balandlikda joylashgan. g=10m/s2
Qiyalik burchagi 60o ga teng bo’lgan silliq qiya tekislikdan massasi 9kg bo’lgan qum to’ldirilgan yashik sirpanib tushayotgan vaqtda unga gorizontal yo’nalishda uchib borayotgan massasi 3kg snaryad urimoqda. Urilishdan so’ng yashikning tezligini toping. Urilish vaqtida snaryadning tezligi 12m/s ga, yashik tezligi 6m/s ga teng bo’lgan.
Silliq qiya tekislikda massasi 12kg bo’lgan qum to’ldirilgan yashik harakatlanayotgan vaqtda uning ustiga 3,2m balandlikdan massasi 4kg bo’lgan yuk tushdi va unga tiqilib qoldi. Agar yuk tushishidan oldin yashikning tezligi 8m/s ga teng bo’lgan bo’lsa, yuk tushgandan keying tezligi qanday bo’ladi? Qiya tekislikning qiyalik burchagi 300 ga teng. g=10m/s2
Silliq gorizontal sirtda yotgan uzunligi 50sm, massasi 900g bo’lgan taxtachaning bir uchida massasi 100g bo’lgan qurbaqa o’tiribdi. Agar qurbaqa gorizontga 150 burchak ostida sakrayotgan bo’lsa, u taxtachaning keying uchiga qo’nishi uchun qanday tezlik bilan sakrashi kerak? g=10m/s2
Do'stlaringiz bilan baham: |