Prujinada massasi 0,1kg bo`lgan jism garmonik tebranmoqda. Agar jismga massasi 300gbo`lgan yuk ilinsa jism tebranish davri necha marta ortadi?
Ikkita sharcha bikrliklari 400N/mva 100N/m bo`lgan prijinalarga ilinib vertikal bo'ylab garmonik tebranmoqda. Agar sharchalarning tebranish davirlari bir xil bo'lsa, katta shar massasi kichiginikiga qaraganda necha marta katta?
Jism elastik ipga ilingan va garmonik tebranmoqda. Bu ip ikki buklanib unga yana o'sha yuk ilinsa bu yukning tebranish davri necha marta kamayadi?
Jism vaznsiz prujinaga ilingan. Agar prujinaning tebranishlar siklik chastotasi 5rad/s bo`lsa, jism olinganidan keyin prujina qanchaga qisqaradi(sm)? g=10 m/s2.
Vertikal ravishda qotirilgan dinamometrga yuk ilindi. Shundan so`ng jism 10rad/s siklik chastota bilan garmonik ravishda tebrana boshladi. Tebranishlar butunlay to'xtagandan so'ng prujinadagi deformatsiya nimaga teng bo'ladi(sm)? g=10 m/s2
Massasi 0,2kgbo`lgan jism bikrligi 125N/m bo'lgan prujinada garmonik tebranishlar hosil qilmoqda. Agar yukning tebranishlar amplitudasi 0,08m bo`lsa, jismning maksimal tezlanishi toping?
Massasi 50g bo`lgan sharcha prujinada amplitudasi 5smbo'lgan tebranishlar hosil qilmoqda. Tebranishlar davomida sharchaga tasir qiluvchi maksimal qaytaruvchi kuchning qiymati nimaga teng(mN)? Sharchaning tebranishlardagi siklik chastotasi 2rad/s.
Katta bo'lmagan yengil sharcha prujinaga ilingan holatda vertikal bo'ylab amplitudasi 2sm bo'lgan garmonik tebranishlar qilmoqda. Tebranma harakatning to'la energiyasi 0,3mJ. Muvozanat vaziyatidan qanday siljishda sharchaga 22,5mN qaytaruvchi kuch tasir qiladi(mm)?
Prujinaga yuk ilinib uni muvozanat vaziyatidan chiqarib qo`yib yuborildi. Necha millisekunddan keyin yukning kinetik enegiyasi potensial energiyasidan 3 marta katta bo`ladi? Tebranish davri 0,9s.
Prujinali mayatnikni muvozanat vaziyatidan chiqarib qo`yib yuborildi. Qancha vaqtdan so`ng jismning kinetik enegiyasi potensial energiyasiga teng bo`ladi?(ms) Tebranish davri 1s.
Prujinaga ilingan sharni muvozanat vaziyatidan 3sm pastga tortilib 1m/s boshlang`ich tezlik berildi. Shundan so'ng sharcha 25rad/s siklik chastota bilan garmonik tebrana boshladi. Bu tebranishlar amplitudasini aniqlang(sm).
Massasi 249g bo`lgan brusok silliq sirtda turibdi. Brusok vertikal devor bilan gorizontal prujina orqali bog`langan. Prujina o`qi bo`yicha uchayotgan massasi 1g, tezligi 50m/s bo'lgan o`q brusokga urilgandan so'ng unga tiqilib qoldi. Brusok o`ziga tiqilib qolgan o`q bilan 4sm amplitudali tebranishlar hosil qilmoqda. Tebranishlarning siklik chastotasini aniqlang.
Massasi 300gbo`lgan butilka suvda tubi pastga joylashgan holda suzmoqda. Tubining yuzi 30sm2. Uning tebranish davrini toping(ms). Ishqalanishni hisobga olmang. g=10 m/s2.π=3,14
Suv sirtida vertikal holatda massasi 120g va asosining yuzi 75sm2 bo`lgan silindr suzmoqda. Agar uni muvozanat vaziyatidan ozgina chiqarilib yuborilsa, u vertikal holatda qanday siklik chastotali garmonik tebranishlar hosil qiladi?g=10m/s2
Balandligi 5sm bo`lgan temir silindrni vertikal prujinaga ilib uni qisman suvga botadigan qilib joylashtirildi. Uning suvga botirilguncha tebranishlarining siklik chastotasi 12rad/sekanligi ma’lum bo`lsa, silindrning vertikal bo'ylab kichik tebranishlarning siklik chastotasini aniqlang. Ishqalanishni hisobga olmang. Temirning zichligi 8000kg/m3, g=10 m/s2
Bir jinsli silindrni vertikal ravishda bikrligi 140N/m bo`lgan pujinaga ilindi. Agar uni qisman suvga botirilsa silindrning vertikal kichik tebranishlarning chastotasi necha foizga ortadi? Ishqalanishni hisobga olmang. Silindrning kesim yuzasi 30sm2, g=9,8 m/s2
Uzunligi 40 sm bo`lgan sterjenni aylana yoyi bo`ylab yarim halqa qilib bukildi va uni aylana markazidan o`tuvchi gorizantal o`qga vaznsiz simlar orqali mahkamlandi. Agar aylanish o`qi uning tekisligiga perpendikulyar bo`lsa yarim halqaning muvozanat vaziyati atrofidagi kichik tebranishlar siklik chastotasini aniqlang. g=9,8 m/s2
Uzunligi 20sm bo`lgan sterjenni aylana yoyi bo`ylab aylana uzunligining 1/6 qismi shaklida bukildi va uni aylana markazidan o`tuvchi va aylana tekisligiga perpendikulyar gorizantal o`qqa vaznsiz simlar orqali mahkamlandi. Shu sistemaning muvozanat vaziyati atrofidagi kichik tebranishlarining siklik chastotasini aniqlang. g=9,8m/s2
Kesim yuzasi 10sm2bo`lgan U-simon idishga 400g suv solindi. Ishqalanishni hisobga olmasdan trubkadagi suvning vertikal tebranishlarining siklik chastotasini aniqlang. g=9,8 m/s2
Massasi 400g bo`lgan ingichka g`ildirak vaznsiz simlar orqali gorizantal o`q atrofida erkin aylana olishi mumkin. G`ildirakka massasi 100gbo`lgan yuk ilindi. Bu sistemaning muvozanat vaziyati atrofidagi kichik tebranishlarining siklik chastotasini aniqlang. G`ildirakning radiusi 50 sm.g=10 m/s2
Vaznsiz sterjenni radiusi 5 sm bo`lgan aylana yoyi bo`ylab aylana uzunligining1/3 qismi shaklida bukildi va uni aylana markazidan o`tuvchi aylana tekisligiga perpendikulyar gorizantal o`qqa vaznsiz simlar orqali mahkamlandi. Sterjenning ikki uchiga bir xil yuk ilindi. Shu sistemaning muvozanat vaziyati atrofidagi kichik tebranishlarining siklik chastotasini aniqlang. g=10 m/s2
Uzunligi 2,5m bo`lgan vaznsiz sterjenni o`rtasidan 1200burchakka bukildi va ikki uchiga bir xil massali yuk ilindi va bukilish joyidan devorga qoqilgan ingichka mixga osildi. Shu sistemadagi ishqalanishni hisobga olmagan holatda uning muvozanat atrofidagi tebranishlarning kichik siklik chastotasini aniqlang. g=10 m/s2
Massasi 20g va uzunligi 118sm bo`lgan sterjenni yarim halqa shakli berildi va vaznsiz simlar orqali, halqa markazidan o`tadigan va uning tekisligiga perpendikulyar bo'lgan gorizantal o`qqa joylashtirildi. Sterjen o`rtasiga massasi 100g bo`lgan yuk ilindi. Shu sistemaning muvozanat vaziyati atrofidagi kichik tebranishlarining siklik chastotasini aniqlang. g=10 m/s2, π=3,14.
Uzunligi 20 sm bo`lgan vaznsiz sterjen uning o`rtasidan o`tgan gorizantal o`qda erkin aylana olishi mumkin. Sterjenning ikki uchiga massalari m va 3m bo`lgan yuk ilindi. Shu sistemaning muvozanat vaziyati atrofidagi kichik tebranishlarining siklik chastotasini aniqlang. g=9,8 m/s2.
Uzunligi 3,5m bo`lgan vaznsiz sterjen uning bir uchidan o`tgan gorizantal o`q atrofida erkin aylana olishi mumkin. Uning boshqa uchiga m massali va sterjenning o`rtasiga 3m massali yuk ilindi. Shu sistemaning muvozanat vaziyati atrofidagi kichik tebranishlarining siklik chastotasini aniqlang. g=9,8 m/s2.
Silliq sirtda sirpanayotgan uzunligi 5sm bo`lgan sterjen notekis sirtga uzunligining malum bir qismi bilan kirgandan so'ng to`xtadi. Tormozlanish vaqti qancha(ms)? Sterjen va notekis sirt orasidagi ishqalanish koeffitsiyenti 0,5. g=10m/s2 , π=3,14.
Uzunligi 45sm bo`lgan ingichka zanjirni, gorizont bilan 300 burchak tashkil qilgan qiyatekislikda bir uchidan shunday ushlab turilibdiki bunda uning ikkinchi uchi qiya tekislik bilan gorizontal sirt chegarasida turibdi. Zanjirni qo`yib yuborgandan so'ng qancha vaqtdan so'ng u qiya tekislikdan butunlay sirpanib tushadi(ms)? g=10 m/s2, π=3,14 .
Uzun trubachani to'g'ri burchak ostida bukildi va tirsaklaridan bittasi vertikal yuqoriga qaraydigan qilib joylashtirildi. Vertikal tirsakga uzunligi 90sm bo'lgan ip shunday ushlab turilibdiki uning bir uchi trubaning bukilgan joyiga borib turibdi. Ip qo'yib yuborilgandan keyin qancha vaqtdan(ms) so'ng ipning yarimi trubaning gorizontal qismiga o'tadi? g=10 m/s2, π=3,14.
Uzunligi 45sm bo'lgan zanjir bo'lagi silliq sirt bo'ylab 1m/stezlik bilan sirpanib kelib qiya tekislikga uning asosiga perpendikulyar yo'nalishda chiqishni boshladi. Qancha vaqtdan(ms) so'ng zanjirning tezligi ikki marta kamayadi? Qiya tekislikning gorizont bilan hosil qilgan burchagi 300, g=10 m/s2, π=3,14. Ishqalanish hisobga olinmasin.