Asosiy o’qitish usullaridan biri bo’lgan laboratoriya mashg’ulotlarida:
1.
Talabada nazariyaning to’g’riligiga ishonch hosil qilinadi.
2.
Talaba turli laboratoriya o’lchov asboblari bilan tanishib, ularning
tuzilishini, ishlash jarayonini o’rganadi.
3.
Bajariladigan laboratoriya ishining mohiyatini bilgan holda shu ishni
o’lchov asboblari yordamida bajarishga hamda qanday natija olishni
o’rganadi.
4.
Talabada tajriba o’tkazish ko’nikmasi hosil qilinadi.
Bеrilgan laboratoriya ishini bajarish asosida talaba fizik jarayon, hodisalar,
qonuniyatlar va ularni xaraktеrlaydigan fizik kattaliklar to’g’risida tasavvurga ega
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |