FIZIK KATTALIKLARNI O’LCHASH VA XATOLIKLARNI
HISOBLASH
Fizika fani bizni o’rab olgan moddiy dunyodagi hodisalar haqidagi
ma'lumotlarni tajriba orqali yig’adi. Laboratoriya sharoitida biror hodisaning
tabiatini o’rganish maqsadida tajriba o’tkaziladi. Laboratoriya ishlarini bajarish
davomida talabalar muayyan fizik hodisalarni o’rganishdan tashqari o’lchov
asboblari bilan tanishadilar, hisoblashning ba'zi nazariy tomonlarini (xatoliklarni
hisoblash) o’rganadilar va nihoyat formulaga kirgan fizik kattaliklarni tajribada
aniqlash uchun o’lchash ishlarini bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |