25.Kristallarning tuzilishi xaqida ma’lumot. Elektr o‘tkazuvchanlikning zonalar nazariyasi. Yarimo‘tkazgichlarning xususiy va aralashmali o‘tkazuvchanligi. O‘ta o‘tkazuvchanlik. Kristall panjara tebranishlari
Elektr oʻtkazuvchanlik — tashki elektr maydon taʼsirida moddada elektr zaryadlarning koʻchishini ifodalaydigan tushuncha; jismning elektr tokini oʻtkazish xususiyati va bu xususiyatni miqdoran ifodalaydigan fizik kattalik. Elektr tokini oʻtkazadigan jismlarni oʻtkazgichlar deyiladi. Oʻtkazgichlarda doimo erkin zaryad eltuvchilar — elektronlar va ionlar boʻladi (ana shularning tartibli yoʻnalgan harakatlari elektr toki hisoblanadi). Elektr oʻtkazuvchanlik miqdor jihatdan oʻtkazgichdagi elektr maydon kuchlanganligi bir birlik boʻlganda undan oʻtayotgan tok zichligi bilan aniklanadi. Sof yarim o’tkazgichga boshqa element atomlari kiritilishi yoki sof yarim o’tkazgich kristali ustirilayetganda shu elementni ortiqcha atomi yoki kam atomi hosil bo’lishi yoki mexaniq ta’sirlar natijasida darzlar yoki disloqatsiyalarni yuzaga kelishi aralashmali yarimo’tkazgichni yuzaga keltiradi. Aralashmalar sabab bo’lgan yarim o’tkazgichlar utkazuvchanligiga aralashmali utkazuvchanlik deyiladi.
Aralashmali yarim o’tkazgichning Elektr utkazvchanligi keskin uzgaradi. Masalan: kremniyga 0.001 atom foiz fosfor kiritilsa, xona tempiraturasidagi karshiligi sof kremniynikidan 100.000 marta kam bo’ladi.
Hozirgi paytgacha o`ta o`tkazuvchanlik hodisasi ustida keng miqyosda izlanishlar olib borilmoqda va bu hodisani tushuntirish borasida katta yutuqlarga erishilgan. O`rganishlar asosida hozirgi vaqtda yigirmadan ortiq sof metallar, yuzdan ortiq qotishma va ximiyaviy birikmalardan iborat o`ta o`tkazgichlar aniqlangan. Shu narsa qizikki, odatdagi temperaturalarda eng yaxshi o`tkazgich bo`lib hisoblanadigan metallar absolyut nol temperaturada o`ta o`tkazgichlarga aylanmaydi. O`ta o`tkazgich holatning asosiy xususiyati 1933-yilda V.Meyssner va R.Oshenfeld tomonidan kashf qilingan va tashqi magnit maydonni o`ta o`tkazgich ichidan itarib chiqarish hodisasi Meyssner effektidan iborat. O`ta o`tkazgich ferromagnitga teskari ideal diamagnetik xossasiga ega. O`ta o`tkazgich ichida magnit maydon nolga teng. Meyssner effektini ichki maydonni o`zgarmasligidan iborat ideal o`tkazuvchanlikning zaruriy sharti deb hisoblash noto`g`ri ekanligini Maksvell tenglamalariga asoslangan analizdan ko`rinadiShunga uxshash agar, kremniyga 0,001 atom % bor kiritilsa uning utkazuvchanligi sof kremniynikiga nisbatan 1000 marta oshadi. Kristal panjara – moddaning qattiq xoltda zarrachalardan xayoliy to’gri chiziqlar bilan birlashtirilsa hosil bo’lgan sistema kristal panjara deyiladi. Kristal panjarada chiziqlar tutashgan joy kristal panjara tugunlari deyiladi.shu tugunlarda modda zarrachalari joylashgan bo’ladi.zarrachalar tabiatiga qarab kristallar 4 xil bo’ladi. Molekulyar, atom, ion, metall