Elektron – bu juda qadim zamonlarda
Gretsiyada o‘sgan igna bargli daraxtlar
qoldig‘ining toshga aylangan smolasi.
Elektr so‘zi ham shundan kelib chiqqan.
Buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy (973–
1048) ham elektr hodisalari haqida yozib qoldirgan.
Jumladan: “Mushukni qo‘l bilan silaganda tushgan
yung qaytadan mushuk ustiga qo‘yilsa, u tik turgan
holda qo‘yuvchining kafti tomonga ko‘tariladi”, deb
yozgan. Beruniy “elektr”ni kahrabo deb atagan. Kah-
rabo so‘zi forschadan somon tortuvchi ma’nosini ang-
latadi. Haqiqatan ham, junga ishqalangan kahrabo
somon bo‘laklarini o‘ziga tortadi.
Ishqalangandan keyin boshqa jismlarni
o‘ziga tortadigan jism elektrlangan yoki
elektr zaryadlangan jism deb ataladi.
Elektrlangan jismlarga faqat qattiq jismlar emas,
boshqa holatdagi moddalar ham tortiladi. Masalan,
elektrlangan tayoqcha jildirab tushayotgan suvni
ham, sham alangasini ham o‘ziga tortadi (3-rasm).
2-rasm
3-rasm
5
Do'stlaringiz bilan baham: |