20
ko‘rsatkichi biroz buriladi, ya’ni uning zaryad olganini anglatadi
(28-
b rasm).
Demak, elektr zaryadi o‘tkazgich sirtida joylashar ekan.
Yakkalangan o‘tkazgichda elektr zaryadlari uning sirti bo‘ylab
taqsimlanadi. O‘tkazgich ichida zaryad bo‘lmaydi.
Faradey qafasi
M.Faradey o‘tkazgich ichida elektr zaryadlari bo‘lmasligini is-
botlash uchun yog‘ochdan qafas yasagan. Qafasning tashqi sirtini
yupqa folga bilan qoplagan. Faradey qo‘liga elektroskop olib, qafas
ichiga kirib olgan. Uning yordamchilari qafasni iðak arqonlar bilan
osishgan, so‘ngra qafasga elektr zaryadlari berishgan. Qafas ichida-
gi elektroskop ham, Faradey ham qafasning zaryadlanishini sezma-
gan.
Faradey o‘tkazgan bu tajriba ham o‘tkazgich ichida zaryad bo‘lmas-
ligini, elektr zaryadlari faqat o‘tkazgich sirti bo‘ylab joylashishini is-
botlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: