153
ishlar edi. Yarimo‘tkazgichlar fizikasi sohasida erishilgan yutuqlar
natijasida 1970—1980-yillardan boshlab elektron lampalar o‘rnini
yarimo‘tkazgichli diod, tranzistor kabilar egalladi. Radioelektronika
sohasining taraqqiyoti natijasida integral sxemalar,
mikrosxemalar
yaratildi. Bir necha m
3
hajm joyni oladigan lampali sxema o‘rnini gugurt
qutisi yuzasidek, hatto, 1 sm
2
dan ham
kichik yuzali integral sxema
egalladi. Ularning radiotexnikada qo‘llanilishi natijasida hozirgi zamon
radio-televizorlari, videokameralar va videotelevizorlar, kompyuterlar,
uyali telefonlar va boshqalar hayotimizdan o‘rin oldi.
Elektronika sohasi rivojlanib bormoqda.
Bu sohaning obyekti shu
darajada kichiklashdiki, uning o‘lchami atom va molekulalarning
o‘lchami darajasiga borgan sari yaqinlashmoqda. Bularning barchasi
«
nanotexnologiya» deb ataluvchi sohaning vujudga
kelishiga va shiddat bilan
rivojlanishga olib keldi.
Grekcha «
nanos» – «
mitti» demakdir. Nano — milliarddan bir ulushni
bildiradi. Masalan, 1 m = 10
–9
nm (nanometr) yoki 1 nm = 10
−9
m. Atom
va molekulalarning o‘lchami, ular orasidagi masofa ham deyarli shu
tartibda bo‘ladi. Bir necha atomlardan iborat tuzilmalardagi xossalarni,
ularda sodir bo‘ladigan jarayonlarni va
ularni amalga tatbiq qilish
usullarini o‘rganadigan yo‘nalish
nanotexnologiya deb ataladi.
Nanotexnologiya elektronika sohasi uchun zarur parametrli nano-
sistemalarni yaratish ustida tatqiqot ishlarini olib boradi. Bunda o‘r-
ganilayotgan obyekt o‘lchami 1−5 nm bo‘lganda 1000 tacha atom,
5−100 nm bo‘lganda esa 10
3
−10
8
ta atom qamrab olinadi.
XXI asrda nanotexnologiya sohasi bilan birgalikda boshqa nanofan-
lar –
nanofizika, nanoelektronika, nanokimyo, nanobiologiya, nano-
tibbiyot kabi sohalarning ham taraqqiyoti kutilmoqda.
Ularning barchasi
elektronika, energetika, axborot texnologiyasi, tibbiyot,
mahsulotlar
ishlab chiqarish va boshqa sohalarning yuksak darajada rivojlanishiga olib
keladi. Bu esa, o‘z navbatida, insoniyatning farovon hayot kechirishi
uchun xizmat qiladi.
1. Uyali telefon haqida nimalarni bilasiz? Uning nomi qanday ma’noni bildiradi?
2. Nima uchun uyali telefonning antennasi uzun emas?
3. Internetga ulanib, qanday ishlarni bajarish mumkin?
4. Elektronika sohasida erishilgan yutuqlarni aytib bering.
5. Nanotexnologiya nima va bu sohaning rivojlanishidan nimalarni kutish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: