13
5-§. ELEKTR MAYDON
Elektr maydon haqida tushuncha
Zaryadlangan jism o‘z atrofidagi boshqa jism-
larga ta’sir ko‘rsatadi. Ingliz fizigi
Maykl Faradey
bunday ta’sir
elektr maydon orqali sodir bo‘lishini
aytgan. Uning ta’limotiga ko‘ra:
Elektr zaryadlari bir-biriga bevosita teg-
masdan ham ta’sirlashadi. Ular o‘z atrofida
elektr maydonni hosil qiladi. Bir zaryad-
ning maydoni ikkinchi zaryadga, ikkin-
chisining maydoni birinchi zaryadga ta’sir
qiladi. Zaryaddan uzoqlashilgan sari elektr
maydon zaiflasha boradi.
Elektr maydonni bevosita ko‘ra olmaymiz, sez-
maymiz ham. Uning mavjudligini zaryadlangan
jismlarning o‘zaro ta’sirlashishiga qarab bilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: