54-§. Hozirgi zamon aloqa vositalari
54-§. HOZIRGI ZAMON ALOQA VOSITALARI
(Qo‘shimcha o‘qish uchun)
Uyali telefon
10–15 yil muqaddam simsiz telefon — uyali telefonni ko‘rib,
hamma hayratlanardi. Hozirda shahar ko‘chalarida, avtobuslarda yoshlar
qo‘lida ham, kattalar qo‘lida ham uyali telefonni ko‘rish mumkin.
Tadbirkor kishilar o‘z hayotini uyali telefonsiz tasavvur qila olmaydilar.
Uyali telefon mas’ul xodim, tijoratchi, tadbirkor, mutaxassisga o‘z
xodimlari va hamkorlari bilan ishonchli tezkor aloqa o‘rnatish imkonini
beradi.
Dastlabki uyali telefon xizmati bo‘yicha reklama e’lonlari 1991-yilda
paydo bo‘lgan. O‘shanda uyali telefonning og‘irligi 5 kg bo‘lib, narxi
2000 AQSH dollari, tarmoqqa ulash uchun yana shuncha sarflash kerak
bo‘lar edi. Hozirgi uyali telefonning massasi bor-yo‘g‘i 100—200 g,
uni bemalol cho‘ntakka solib yursa bo‘ladi, narxi ham uncha qimmat
emas.
Uyali telefon ko‘p zonalarga bo‘lingan kichikroq hududga xizmat
ko‘rsatadi. Bu zonalar shahar planida asalari uyasiga o‘xshaydi. Uyali
telefon nomi ham shundan kelib chiqqan: inglizcha cot-cell—mumkatak,
ya’ni asalari uyasi degan ma’noni bildiradi.
Har bir zona, ya’ni uyaning radiusi radioaloqaning turg‘unlik
zonasi bilan aniqlanadi va qabul qiluvchi-uzatuvchi radioqurilmaning
quvvati, joy sirti va chastota diapazoniga bog‘liq bo‘ladi. Chastota
diapazoni qanchalik yuqori bo‘lsa, uyaning radiusi shunchalik kichik,
lekin signalning to‘siqlardan o‘tish qobiliyati shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Eng muhimi, chastota diapazoni qanchalik yuqori bo‘lsa, radioqurilma
shuncha ixcham va shuncha katta miqdordagi abonentlik radiokanallarini
tashkil etish imkoniyati yaratiladi. Hozirgi uyali telefonlar 450, 800,
900, 1800 MHz chastotalarda ishlaydi. Chastota diapazoni yuqori
bo‘lgani uchun ham antennasining uzun bo‘lishi shart emas. Aloqa
uchun uyali telefon apparati ichida joylashgan bir necha santimetr
uzunlikdagi antennaning o‘zi yetarlidir. Uyali telefonda ovoz jo‘natish
uchun ma’lum bir chastotadan, qabul qilish uchun boshqa chastotadan
foydalaniladi.
Har bir uyali telefon apparati tuzilishiga ko‘ra mitti kompyuterni
eslatadi. Zamonaviy uyali telefon apparatlarida hisoblash, turli ma’lu-
motlarni apparat xotirasiga yozib qo‘yish, qisqa matnli xabarlarni yubo-
rish va qabul qilsh (SMS), ularni xotirasiga yozib qo‘yish, fotosuratga
va videoga olish kabi ishlar bajariladi.
152
Do'stlaringiz bilan baham: |