51-§. TRANSFORMATORLAR
Transformatorning tuzilishi va ishlashi
Transformatorning ishlashi elektromagnit induk-
siya hodisasiga asoslangan. Uning o‘zagi berk rama
shaklidagi po‘lat yoki boshqa metall plastinkalardan
yig‘ilgan bo‘ladi. O‘zakka ikkita g‘altak kiydirilgan
(199-rasm).
Birlamchi chulg‘amni U
1
kuchlanishli o‘zgaruv-
chan tokka ulaylik. O‘zgaruvchan tok chulg‘amlar
atrofida o‘zgaruvchan magnit maydonni hosil qiladi. Bu chulg‘amning
magnit kuch chiziqlari o‘zak bo‘yicha uzatilib, ikkilamchi chulg‘amni kesib
o‘tadi. Natijada ikkilamchi chulg‘amda U
2
kuchlanishli o‘zgaruvchan
induksion tok hosil bo‘ladi. Bu tokning chastotasi birlamchi chulg‘amdagi
tokning chastotasi bilan bir xil bo‘ladi.
199-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |