33- rasm. 34- rasm.
moyon bo‘ladi. Massaning tezlikka bog‘liqligi 33- rasmda ko‘rsatilgan.
Klassik mexanikadagi kabi relativistik mexanikada ham massa inertlik o‘lchovidir. Relativistik dinamikada tezlik ortishi bilan inertlik ham ortadi, ya’ni tezlik qancha katta bo‘lsa, uni orttirish yanada qiyinlashadi. v = c bo‘lganda esa massa cheksizlikka intiladi. Shuning uchun ham tinchlikdagi massasi nolga teng bo‘lmagan (m0 0) birorta ham jism yorug‘likning vakuumdagi tezligiga teng bo‘lgan tezlik bilan harakatlana olmaydi. Bunday tezlik bilan harakatlanadigan faqatgina bitta zarra mavjud. U ham bo‘lsa tin- chlikdagi massasi nolga teng bo‘lgan zarra — fotondir. Fotonlar vakuumda, doimo yorug‘lik tezligiga teng bo‘lgan tezlik bilan harakatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |