Fmak dan yuqori chastotalarda tunel diodni manfiy qarshilik sifatida ishlatib bo‘lmaydi, ya’ni bu chastotalarda elektr tebranishlarni kuchaytirish va generatsiyalash mumkin emas. Bundan tashqari, yuqori chastotalarda tunnel diodni sifati Imak/c nisbati bilan baholanadi va ba’zan uni asllik omili deb atashadi. Tunnel diodni almashib ulagichli sxemalarda ishlaganida uning tez harakatlanuvchanligi qayta ulash vaqtini miqdori bilan belgilanadi va u diod xususiyatlari va shinaning parametrlariga bog‘liq.
Aylantirilgan diodlar ham tunnelli diodlarga o’xshash bo’lib, volt-amper xarakteristikasida, dunglik va chuqurlik fazasidagi farq kichik bo’ladi.
1
6-rasm
Diodda aralashma kritik kontsentratsiyada olinib, teskari yo’nalishdagi o’tkazuvchanlik to’g’ri yo’nalishdagi o’tkazuvchanlikdan katta bo‘ladi. Bunday diodlarning teskari yo’nalishdagi volt-amper xarakteristikasi to’g’rilovchi diodlarnikiga o’xshash bo‘ladi.
Varikap - bu yarim o‘tkazgichli diod bo’lib, sig‘im teskari yo’nalishdagi kuchlanishga bog’liq bo‘ladi. Teskari kuchlanish ortishi bilan p-n o’tish sig‘imining kamayishi quyidagi ifoda:
(2.2.2)
Cu -kuchlanish U qiymatga yetgandagi sig‘imi ; C0- diodga kuchlanish berilmagan holdagi sig‘imi ; n- varikapning turiga bog’lik bo’lgan koeffitsiyent (n = 2.. .3).
Varikaplar galliy arseniddan tayyorlanib, unda asosiy bo’lmagan zaryad tashuvchilar kontsentratsiyasi kam bo‘ladi. Teskari yo’nalishdagi differentsial qarshiligi katta bo‘ladi. Varikaplar kontur chastotasini avtomatik tarzda sozlash ishlarida generator va geterodinlar chastotalarini o‘zgartirishda ishlatiladi.
Signal chastotasini ko‘p aylantiruvchi varikaplar varaktor deb ataladi. Asosiy parametrlari: varikapning aslligi Q; sig’imini o‘zgartirish koeffitsiyenti Kc, umumiy sig‘imi Cb.
Ayrim moddalarga yorug’lik tushganda, energiya modda atomlari tomonidan yutilib, elektron - kovak juftini hosil kiladi. Bu moddadan yasalgan material uchlariga kuchlanish berilsa, elektronlar bir tomonga, kovaklar ikkinchi tomonga xarakat kiladi.
Fotoelektrik kurilmalar yoruglik ta’sirida kuchlanish hosil kiladi. Odatda ular p- o’tishga ega bo’lib, hosil bo’lgan kuchlanishning musbat qutbi n-soxada bo‘ladi. Bu kuchlanish tashqi zanjirga ulansa tok hosil qilishmumkinYoruglik diodlar-bu bir yoki bir necha p-n o’tishga ega bo’lgan diod bo’lib, undan tok o’tganda o‘zidan yorug’lik chiqaradiElektronlar n soxadan p-soxaga o’tish davomida, bir energetik satxdan ikkinchisiga o’tadi. Elektronlar p-soxada kovaklar bilan rekombinatsiyalanib o’zlarining ortiqcha energiyalarini yo’qotadi. Bu energiya nur sifatida chiqadi. Tok ortishi bilan yorug’lik intensevligi ham ortadi. Chiqayotgan nur kengroq fazoga taqsimlanishi uchun diodning nur chiqayotgan soxasiga ixcham linza ham o’rnatiladi. Diod materialiga qarab undan ixcham nurning rangi ham bo’ladi.
17-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |