Fizika” yo’nalishi 19. 10-guruh talabasi Odiljonov Bekmurod Dilmurod o’g’lining



Download 0,88 Mb.
bet8/14
Sana15.06.2022
Hajmi0,88 Mb.
#672408
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
19.10 Odiljonov Bekmurod Optika kurs ishi

1-bobga Xulosa. Interferensiya hodisasi tabiati har qanday bo‘lgan to‘lqinjarayonlarga xosdir. Binobarin, bu hodisa yorug‘lik to‘lqinlarida ham kuzatiladi.
Mexanik to‘lqinlardagi kabi yorug‘lik to‘lqinlari o‘zaro kogerent bo‘lgandagina, ya’ni tebranishlar chastotasi teng va fazalar farqi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmas qolgandagina, ulaming qo‘shilishidan interferensiya kuzatiladi. Buning uchun to‘lqin manbalari kogerent bo‘lishi kerak. Ingliz olimi Tomas Yung (1773-1829) yupqa pardalarning xar xil rangli toblanishi sababini biri pardoning tashqi sirtidan, ikkinchisi esa ichki sirtidan qaytgan 1 va 2 yorug`lik to`lqinlarining qo`shilishidir. (18.1-rasm) degan genial fikrni maydonga tashladi.Bitta tushuvchi nurdan hosil bo`lgan 1 va 2 nurlarga o`zaro kogerent nurlar deyiladi.
Kogerent nurlar deb, bir xil yoki o`zgarmas fazalar farqi bilan tarqalyotgan yorug`lik to`lqinlaridan tashkil topgan nurlarga aytiladi.
Shunday qilib, yorug`lik interferensiyasi deb o`zaro kogarent nurlarning qo`shilishi natijasida yorug`lik to`lqinlarining fazoning turli nuqtalarida yo kuchayishi yo susayish hodisasiga aytiladi.

II.BOB
2.1. Interferometrlar va ularning turlari
Interferensiya hodisasiga asoslanib ishlaydigan qurilmalarga interferometrlar deyiladi. Interferometrlar ishlash prinsipi va tuzilishiga asosan ikki nurli va ko‘pnurli interferometrlarga bo‘linadi. Ikki nurli interferometrlarga Jamen va Maykelson interferometrlari, ko‘p nurli interferometrlarga Fabri-Pero interferometrlari misol bo‘la oladi
Kogerent to‘lqinlar hosil qilish usullari
Ikkita mustaqil yorug‘lik manbai chiqargan yorug‘lik to‘lqinlari qo‘shilganda intensivliklar qo‘shilishini kuzatish mumkin, interferensiyani emas.
Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinadiki, yorug‘lik nurlarini interferensiyasini
kuzatish uchun kogerent yorug‘lik dastalarini hosil qilish kerak. Kogerent yorug‘lik manbai olishning eng mumtoz usullaridan biri yuqorida bayon etilgan Yungusulidir.
Interferensiya olish usullarini S.I.Vavilov ikki tipga bo‘ladi:
Frenel tipidagi interferensiya (Yung, bikuzgu, biprizma, bilinza usullari)
Nyuton tipidagi interferensiya (yupqa pardadagi, ponadagi, Nyuton
halqalari va boshqalar).
Kogerentlik sharti shundan iboratki, qo’shiluvchi to’lqin­larning chastotalari teng, fazalar farqi o’zgarmas yoki nolga teng bo’lishi kerak. Mana shu shartlar bajarilganda turg’un interferension holatni olamiz, natijalovchi to’lqin amplitudasi o’zgarmas bo’ladi. Agar kogerent bo’lmagan to’lqin­lar qo’shilsa, turg’un bo’lmagan, ya’ni juda qisqa vaqt kuzatish mumkin bo’lgan interferension yo’llarni olamiz. Tabiiy manbalar kogerent bo’lmagan yorug’lik oqimini chiqaradi. Chunki yorug’likni asosan qizigan moddalar beradi (chiqaradi). Qizigan moddalar atomi tartibsiz harakatda bo’lgani uchun ular chiqargan nurlanish o’zaro kogerent bo’lmaydi. Har bir vaqt ora-lig’idagi nurlanishni ketma-ket chiqayotgan "sug" sifatida qarash kerak. "sug" vaqtning 10-8 s.ulushida chiqqanligi, chastotasi 1015 Gs. bo’lganligi uchun 107 ta to’lqindan iborat bo’ladi. Kogerent manbalar sun’iy ravishda hosil qilinadi. Buning uchun manbadan chiqayotgan nurlanish sun’iy ravishda ikkiga bo’linadi. Bunday yorug’likni suniy ikkiga bo’lish usullari Yung, Frenel biprizmasi va Frenel ko‘zgulari misolida ko‘rsatigan. Ikkita haqiqiy yoki mavhum S1 va S2 manbalardan chiquvchi kogerent silindrik yorug’lik to’lqinlarini qaraylik. Ular nurlanuvchi ingichka tirqishdan yoki ingichka ipdan chiqayotganga o’xshasin. OPQ qismda ular bir-birini qoplagan qismi intenferensiya maydoni deyiladi. Bu qismning hamma joyida yorug’lik intensivligining goh oshib goh kamayib turganligini ya’ni almashinib keluvchi maksimum va minimumlarni kuzatamiz. Agar intenferensiya maydoniga E-ekran kiritilsa intenferension manzara kuzatiladi. Intenferension manzara almashinib keluvchi yorug’ va qorong’i yo’llardan iborat bo’ladi. Bu yo’llar kengligini hisoblab topish mumkin. Buning uchun keyingi chizmadan fodalanamiz. S1 va S2 lar orasidagi masofani d deb olamiz. Manbalardan ekrangacha bo’lgan masofani esa ℓ deb belgilaymiz. S1 va S2 manbalardan p nuqtagacha bo’lgan masofalar farqi ∆ bo’ladi. Interferension yo’llarning kengligini ∆x deb belgilab olamiz. Agar yorug’lik to’lqin uzunligi λ bo’lsa, bo’ladi. Bu ikki qo’shni maksimumlar (minimumlar) orasidagi masofa bo’ladi.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish