Maqsad va va’zifalari: Yarim o’tkazgichli materiallarni olish usullarini o’rganish va hayotga tadbiq etishdan iborat.
Ushbu maqsadni amalga oshirish nuchun quyidagi vazifalarni oldimizga qo’ydik:
Yarim o’tkazgichlar haqida ma’lumot;
Yarim o’tkazgichli materiallar qanday usullar yordamida olish;
Yarim o’tkazgichli materiallarni qaysi moddalardan olinishi;
Ilmiyligi va ahamiyati: Yarim o’tkazgichli materiallarni hozirgi zamon talablari asosida olish va uni taraqqiyotning muhim bosqichlarida ishlatishdan iborat .
Shu o’rinda birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi so’zlarini keltirish joiz : ,, Men yoshlarimizga, mening bolalarimga qarata, o’rganishdan hech qachon charchamanglar, deb aytmoqchiman. O’rganish, intilish hech qachon ayb sanalmaydi. Nimanidir bilmasang, uni o’rganish zarur. Avvalambor, endi hayotga kirib kelayotgan yoshlarga nima lozim? O’rganish, o’rganish va yana bir bor o’rganish kerak. Kasb o’rgangan, ilm o’rgangan kishi, o’zbekona aytganda hech qachon kam bo’lmaydi. “
,,Agar biz o’z vaqtida uzoqni ko’zlab, katta umid bilan hayotga kirib kelayotgan yoshlarimizning chuqur bilim va kasb – hunar egallashi uchun zamin yaratmasak, ularni zamon talab qiladigan mutaxasis kadrlar etib tayyorlamasak, bugungi kunda, butun dunyoni qamrab olgan moliyaviy iqtisodiy inqiroz davrida yurtimizda tinchlikni saqlab, iqtisodiyotimizning barqaror o’sish sur’atlarini taminlashga, ayni shunday og’ir sharoitda xalqimiz hayotining tobora yuksalishiga erisha olarmidik.
Yo’q, albatta. “
Shunday ekan biz yoshlar bizga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o’qib izlanishimiz va olgan bilimlarimizni amalda qo’llay olishimiz kerak.
Yarim o’tkazgichlarning elektr o’tkazuvchanligi
Yarim o‘tkazgichlarda elektr o‘tkazuvchanlikning ikki: elektron (n) va elektron-kovak (p) turi mavjud bo‘lib, ular jismda p-n o‘tishini vujudga keltiradi. Bunday jismlarga katta va kichik quvvatga ega turli xildagi elektr to‘g‘rilagichlar, kuchaytirgich va generatorlar misol bo‘la oladi. Ulardan boshqariladigan turli hil moslamalarda keng miqyosda foydalaniladi. Amalda qo‘llanilayotgan yarim o‘tkazgichlar, asosan, oddiy va murakkab xillarga bo‘linadi. Yarim o‘tkazgichlar turli ko‘rinishdagi energiya
(issiqlik, yorug‘lik) ni elektr energiyasiga aylantirib beradi. Yarim o‘tkazgichli o‘tkazgichlarga misol tariqasida quyosh batareyasi va termoelektrik generatorlarni keltirish mumkin. Past o‘zgarmas kuchlanishdagi rekombinasiyali chaqnash nur uzatish manbai va hisoblash mashinalaridan axborot chaqirish qurilmalarida ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |