Fizika va kimyo


Suyultirilgan eritmalarning qaynash va muzlash temperaturalari



Download 6,57 Mb.
bet91/203
Sana05.09.2021
Hajmi6,57 Mb.
#165106
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   203
Bog'liq
fizikavij kimyo fanidan oquv uslubij mazhmua

Suyultirilgan eritmalarning qaynash va muzlash temperaturalari.

Ma’lumki eritmalar erituvchining qaynash (yoki muzlash) temperaturasidan farqli temperaturada qaynaydi (yoki muzlaydi). Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, suyultirilgan eritmalar sof erituvchiga qaraganda pastroq temperaturada muzlaydi yuqori, temperaturada qaynaydi.

Eritma ustidagi erituvchini bug‘ining bosimini va qaynash muzlash temperaturalarini eritma konsentratsiyasiga bog‘liqligini quyidagi chizmadan ko‘rish mumkin.

bu erda: OA – toza erituvchi;

OA- suyultirilgan eritma;


OA- konsentratsiyasi biroz ko‘proq eritma.

Egri chiziqlarni konsentratsiya ortgan sari pastroq joylashishi Raul qonuni asosida tushuntiriladi. Toza erituvchining muzlash temperaturasini eritmaning muzlash temperaturasidan farqi muzlash temperaturasi pasayishi (Tm) deyiladi va chizmadan ko‘rinib turibdiki, erigan moddaning miqdoriga proporsiyanaldir, ya’ni Tmg‘Ks bo‘ladi.


Agar sg‘1 m bo‘lsa, Tmg‘K ga teng bo‘ladi. K-krioskopik konstanta deyiladi va u bir molyal eritmaning muzlash temperaturasini erituvchi muzlash temperaturasiga nisbatan qanchaga pasayishini ko‘rsatadi. Masalan: suv uchun K1,859 , ya’ni suvda 1 mol modda eritilganida uning muzlash temperaturasi 1,8590 ga pasayishi kuzatiladi.

YUqoridagi chizmadan ko‘rinib turibdiki, eritmalarning qaynash temperaturalari toza erituvchinikidan yuqori bo‘ladi. Bunda, xar qanday suyuqlik uning bug‘ bosimi atmosfera bosimiga teng bo‘lgandagina qaynashi - xossasidan kelib chiqish kerak. Binobarin, eritmalar ustidagi bug‘ bosimi pastroq bo‘lgani uchun ularning qaynashi uchun yuqoriroq temperatura zarur bo‘ladi.

YUqoridagi muloxazalarga binoan erituvchi va eritmalarning qaynash temperaturalari orasidagi farqni qaynash temperaturasining ortishi (Tk) desak, u xam eritma konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporsionalligi ko‘rinib turibdi, ya’ni

Tq g‘ Es

bu erda E- proporsionallik koeffitsienti yoki ebulioskopik konstanta deb ataladi.

YUqoridagicha fikr yurgizib, E–1 molyal eritmaning qaynash temperaturasini toza erituvchinikidan qanchalik ortiqligini ko‘rsatishini ko‘ramiz.

Nazariy jihatdan krioskopik va ebulioskopik konstantalarni quyidagi tenglamalar orqali xisoblab topish mumkin.

Bu erda T0M , T0q-lar toza erituvchining muzlash va qaynash temperaturalari

lsuyuq, lbug‘l. – toza erituvchining solishtirma suyuqlanish va bug‘lanish issqliklari.

YUqoridagilarga asoslanib moddalarni krioskopik va ebulioskopik usullarda molekulalar massasini aniqlash usuli ishlab chiqilgan. Bularda xar xil tuzilishdagi ebulioskop va krioskoplar yordamida erigan moddaning molekulyar og‘irligi aniqlanadi. Bunda quyidagi tenglamalardan foydalaniladi.

Mg‘(gK * 1000) /(TMG); Mg‘(gE * 1000) / (TKG)

bu erda g, G lar erigan modda va erituvchi moddalar miqdori, g

TM, Tq – eritmalarning toza erituvchiga nisbatan muzlash temperaturasini pasayishi va qaynash temperaturasini ortishi.

OSMOTIK BOSIM

Quyida keltirilgan chizmadagi asbobni yig‘ib, ichidagi trubkaga shakar eritmasini solib, uni membrana bilan to‘sib, suv solingan (V) idishga tushirilsa, ma’lum vaqtdan so‘ng (A) naychadagi suyuqlik satxi ko‘tarilganini ko‘ramiz. Suvni membranadan o‘z-o‘zidan ko‘taralish hodisasi – osmos xodisasi deyiladi.

Suyuqlikni shu balandilkka ko‘taralishi uchun zarur bo‘lgan bosim osmotik bosim deyiladi. Uni Vant-Goff tenglamasi orqali topish mumkin.

R g‘ SRT


Bir xil osmotik bosmiga ega eritmalar (izoosmotik) izotonik eritmalar deyiladi.



membrana

Tayanch so‘z va iboralar izohi.

Eritma deb, bir yoki bir necha moddani bir modda xajmida bir jinsli tarqalishidan hosil bo‘lgan sistemaga aytiladi.

Konsentratsiya deb, eritma yoki erituvchining ma’lum og‘irlik miqdori yoki xajmidagi erigan modda miqdoriga aytiladi. Konsentratsiyalar—protsent (og‘irlik yoki xajmiy), normal, molyar, molyal konsentratsiyalar bo‘lishi mumkin. Biror moddaning porsial mol kattaligi deb, shu moddadan katta miqdordagi eritmaga 1 mol qo‘shilganda mazkur xossaning o‘zgarishiga aytiladi.

Krioskopik konstanta (ebuliskopik konstanta) 1molyal eritmaning muzlash (qaynash) xaroratini erituvchi muzlash (qaynash) xaroratidan qanchaga pasayishini (ortishini) ko‘rsatadi.

Mavzu bo‘yicha nazorat savollari.

1.Eritma deb qanday sistemaga aytiladi?

2.Molyar qism nima?

3.Eritmalar hosil bo‘lishi xaqidagi fizik va kimyoviy nazariyalar xaqida nimalar bilasiz?

4.Parsial mol kattaliklar nima va ularni axamiyati qanday?

5.Gibbs-Dyugem tenglamasi va uning axamiyati.

6.To‘yingan bug‘ bosimi nima? U nimalarga bog‘lik?

7.Suyultirilgan eritmalar muzlash xarorati qanday bo‘ladi? qaynash xaroratichi?

8.Osmos xodisasi, osmotik bosim to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

9. Eritmalar qanday turlarga bo‘linadi?

10.Raul qonuni xaqida nimalar bilasiz?

Adabiyotlar:

1.X.R. Rustamov “Fizik kimyo”, T. , “O‘zbekiston”, 2000., 191-207 betlar.

2.A.G. Stromberg, D.P. Semchenko “Fizicheskaya ximiya”, M., “Visshaya shkola”, 1988., 182-200 betlar.

3.Fizik kimyo fanidan amaliy mashg‘ulotlar B.N. Afanasev va boshqalar. Tarjimonlar X.I. Akbarov, R.S.Tillaev- 4-ruscha nashr tarjimasi, T., O‘zbekiston, 1999., 67-89 betlar.


Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish