V nuqtada
S nuqtada
Uchchala nuqtada erkinlik darajasi 0 ga teng, ya’ni sistema invariantli; ular ma’lum sharoitdagina mavjud bo‘ladi.
F = K – F + 2 = 1 – 3 + 2 = 0 sistema variantsiz bo‘ladi.
To‘rtta faza muvozanatda turgan hol bo‘lishi mumkin emas, chunki fazalar qoidasiga muvofiq bir komponentli sistemalarda 3tadan ortiq faza muvozanatda tura olmaydi.
Diagrammadagi SG punktir chizig‘i o‘tasovutilgan oltingugurtning metastabil (beqaror ) holatini ifodalaydi. G nuqta Sp, Ssuyuq, Sbug‘ fazalarining kamdan-kam uchraydigan metastabil muvozanatini xarakterlaydi.
GV chizig‘i Sp↔ Ssuyuq metastabil muvozanatga bosimning ta’sirini ifodalaydi.
Ishdan maqsad: Suyuq moddalarning yashirin molyar bug‘lanish issiqli-gini aniqlash.
Suyuqlikning bug‘ bosimi atmosfera bosimiga tenglashganda qaynash jarayoni boshlanadi. Suyuqlik isitilganda uning bug‘ bosimi oshadi va ma’lum haroratda uni bug‘ bosimi tashqi atmosfera bosimiga tenglashadi, demak suyuqlikning qaynash haroratida bu ikkala bosim tenglashadi. Agar tashqi bosim o‘zgarsa, qaynash harorati ham o‘zgarishi kerak, chunki turli tashqi atmosfera bosimga suyuqlikning bug‘ bosimi tenglashishi uchun, u turli darajada istilishi kerak. Masalan, tashqi atmosfera bosim bir atmosferaga teng bo‘lsa, suv 100°S da qaynaydi. Tog‘larda tashqi bosim bir atmosferadan kam, shunga ko‘ra u erlarda suv 100°S dan pastroqda qaynaydi.
Ish bajarish_tartibi: qaynash jarayonini turli bosim ostida olib borib, bu chog‘da qaynash haroratining o‘zgarishini o‘lchash orqali yashirin bug‘lanish issiqligini hisoblab topish mumkin. Bu vazifani amalda bajarish uchun tashqi bosimni o‘zgartira olishga imkon beradigan qurilma kerak. SHunday moslama 4 - rasmda ko‘rsatilgan:
4 – rasm. Tajriba uchun ishlatiladigan qurilma sxemasi
tajriba uchun olingan suyuqlikni isitish uchun idish,
termometr,
qizdiruvchi (elektr plitasi),
sovitgich,
tuzimni atmosfera bilan bog‘lovchi jo‘mrak,
manometr,
bufer idish (bosim tekis o‘zgarishini ta’minlaydi),
tuzumni vakuum-nasos bilan birlashtiruvchi jo‘mrak (havoni so‘rib olishda ishlatiladi).
Moslama yig‘ilgandan so‘ng, 5-jo‘mrak berkitiladi. Sovitgichga suv yuboriladi. So‘ng, 8-jo‘mrakni ochib, vakuum-nasos yordamida tuzim ichidan havo tortib olinadi va manometrda simob ustunlarining farqi mumkin bo‘lgan darajada katta bo‘lgandan so‘ng, 8-jo‘mrak yopiladi. Suyuqlik (1) isitila boshlanadi va termometr o‘zgarishini kuzatib, qaynash harorati aniqlanadi. So‘ng 5-jo‘mrakni juda ham ohistalik bilan ozgina ochib, tuzimga tashqaridan havo kirgiziladi (manometrda bosim 10-20 mm o‘zgarsin). Bu bosimda yana qaynash harorati aniqlanadi. SHunday qilib suyuqlikning qaynash harorati bir necha xil bosimda o‘lchash mumkin. Tajriba tamom bo‘lganda (5) va (8) jo‘mraklar ochilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |