Termokimyoning ahamiyati katta. Uning yordamida turli texnologik jarayonlarning issiqlik balansi hisoblanadi. Ishlab chiqarish qurilmalarining sovutish, isitish bo‘yicha apparatlari xarakteristikasi belgilanadi.
Doimiy xajmdagi jarayonlarning issiqlik effekti ichki energiya«U»ning kamayish o‘lchovidir. Doimiy bosimga ega bo‘lgan jarayonlardagi ajralgan issiqlik entalpiya«N»ning kamayish o‘lchovidir. Demak, issiqlik effekti o‘zgarmas bosim
Qr=ΔH
va o‘zgarmas hajmda o‘rganiladi
QV=ΔU
Kimyoviy reaksiyalarda DH, DU moddaning dastlabki holatiga va reaksiya mahsulotiga bog‘liq. Termokimyoviy reaksiyalarda issiqlik effekti DH orqali, yoki sistema entalpiyasi (issiqlik saqlami)ning o‘zgarishi orqali ifodalanadi.
Issiqlik effektini ko‘rsatish bilan yoziladigan reaksiyalar termokimyoviy tenglamalar deyiladi, masalan:
2H2+ O2 = 2H2O DH = -285,8 kDj
Jarayonda issiqlik yutilsa endotermik, issiqlik ajralib chiqsa ekzotermik jarayon deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |