Fizika va kimyo” kafedrasi Fizika fanidan barcha muhandislik yo‘nalishi (bakalavr) sirtqi bo‘lim talabalari uchun nazorat ishlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma andijon 2021
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
“FIZIKA VA KIMYO” kafedrasi
Fizika fanidan barcha muhandislik yo‘nalishi (bakalavr) sirtqi bo‘lim talabalari uchun nazorat ishlarini bajarish uchun
USLUBIY KO‘RSATMA
ANDIJON 2021 “TASDIQLAYMAN”
Andijon mashinasozlik instituti
O‘quv-uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va maqullangan.
Kengash raisi ________________________Q.Ermatov
(O‘quv-uslubiy kengashning №_____sonli bayonnomasi)
“____” ______________ 2021 yil.
“MAQULLANGAN”
“Elektrotexrika” fakulteti Kengashida muhokama qilingan va ma’qullangan
Kengash raisi ________________________
(Fakultet kengashning №_____sonli bayonnomasi)
“____” ______________ 2021 yil.
“TAVSIYA ETILGAN”
“Fizika va kimyo” kafedra majlisida muhokama qilingan va tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri ________________________G.Umarova.
(Kafedra majlisining №_____sonli bayonnomasi)
“____” ______________ 2021 yil.
Taqrizchilar: PhD. S.Aliyev-AndMI Magistratura bo’lim boshlig’i.
Dots. M.Nosirov – ADU “Fizika” kafedrasi mudiri.
Tuzuvchilar: “Fizika va kimyo” kafedrasi dotsenti G.A.Umarova, kata o‘qituvchi B.Batirov.
Barcha muhandislik (bakalavr) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi bo‘lim talabalari uchun nazorat ishini bajarishga oid ushbu uslubiy ko‘rsatma fizika fanidan namunaviy va ishchi dastur asosida tuzilgan.
SO‘Z BOSHI. Ma’lumki talabdan kelib chiqqan holda 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab ko‘plab oliy ta’lim muassasalariga sirtqi ta’lim bo‘yicha faoliyat olib borishga ruhsat berilib, bir qator sirtqi ta’lim muhandislik bakalavriyat yo‘nalishlariga talabalar o‘qishga qabul qilindi. Ushbu sirtqi bo‘lim talabalari uchun kafedra tomonidan fizika fanidan namunaviy o‘quv dastur, ishchi o‘quv dasturlar ishlab chiqib ta’lim jarayonlari olib borilmoqda.
Sirtqi bo‘limning o‘ziga xos hususiyati shundan iboratki, ta’lim jarayoni qisqa muddatga mo‘ljallangan. Bu ta’lim turida nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun oz miqdorda soatlar ajratilgan bo‘lib, talabalar yakuniy nazoratlarni topshirish uchun qisqa muddatga chaqiriladi. Fanni o‘qib o‘zlashtirish asosan mustaqil ishga ajratilgan soatlar hisobidan nazorat ishlari bajarish orqali amalga oshiriladi.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma ishchi o‘quv dasturida belgilangan talablar asosida tayyorlangan bo‘lib, talabalar tomonidan bajariluvchi nazorat ishlarni bajarishni yo‘lga qo‘yish uchun mo‘ljallangan.
Ko‘rsatmada mustaqil ishlash uchun masalalarni yechish namunalaridan tashqari talabalar o‘zlashtirgan nazariy bilimlarni tekshirish uchun nazorat savollari va zaruriy adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida fizika kursining har bir qismida asosiy qonunlarning formulalari keltirilgan. Kerakli ilovalar taqdim qilingan.