Glossariy Bozon-nol yoki butun sonli spinga ega bo`lgan zarra yoki kvazizarra.
Diamagnetik- tashqi magnetik maydonga qarama-qarshi yo`nalgan magnitlanganlik vujudga keladigan modda.
Dielektrik- elektrik tokni deyarli o`tkazmaydigan moddalar, ular qattiq, suyuq va gazsimon bo`lishi mumkin, tashqi elektrik maydonda qutblanadi.
Elektr maydon- elektr zaryadlar yoki o`zgaruvchan magnitik maydon hosil qilgan fizikaviy matdon.
Ferromagnetik- muayyan haroratdan pastroq atomlar yoki ionlar magnetik momentlarining (nometall kristallda) yo jamlashgan elektronlar magnitik momentlarining (metal kristallarda) ferromagnitik o`rnashadigan modda.
Fonon- kristall panjaradagi elastic to`lqinga mos keluvchi lvazizarra.
Induksion tok – yopiq konturda induksion elektrik yurituvchi kuch yuzaga keltirgan elektrik tok.
Kuper jufti- ikki fermionning Fermi suyuqlikka aylanishi, masalan. Metalldagi Boze-Enshteyn taqsimotiga bo`ysunuvchi ikki elektronning metallardagi o`taq o`tkazuvchanlikni hamda geliyning o`ta oquvchanligini ta`minlovchi qo`shiluvi.
Kritik harorat- 1)moddaning kritik holatdagi harorati; 2) o`tkazgichning o`ta o`tkazuvchan holatdan normal holatga o`tish harorati.
Londonlar tenglamasi- o`ta o`tkazgichlarda magmetik maydonning taqsimlanishini tavsiflovchi fenomenologiktenglama.
Magnit maydon- magnit o`zaro ta`sir sodir bo`ladigan kuch maydoni
Spin – (ing. aylanmoq)- mikrozarraning xususiy impuls momenti.
Solishtirma qarshilik- namunaviy dielektrikning qarshiligini bir birlik uzunlikka ko`paytmasiga teng bo`lgan skalyar kattalik.
O`ta o`tkazgich- o`ta o`tkazuvchanlik xossasiga ega bo`lgan modda.
O`ta o`tkazuvchanlik- past haroratlarda ba`zi bir moddalar elektrik qarshiliklarining sakrash bilan nolga tushish hodisasi.
O`tkazuvchanlik toki- o`tkazgichda elektrik maydon ta`sirida yuzaga keluvchi elektrik tok.
O`ta oquvchanlik- suyuqlikning tor naylar va tirqishlardan ishqalanishsiz oqadigan holati.
Jozefson samarasi-o`ta o`tkazuvchanlik tokining ikki o`ta o`tkazgichni bo`lib turuvchi yupqa dielektrik qatlami bo`yicha oqishi.
Foydalanilgan adabiyotlar