Nazorat turlari.
Nazoratning mazmuni didaktik masalalar bilan bog‘liq bo‘Igani uchun, u ham turli-tuman bo‘ladi.
Dastlabki nazorat. Dastlabki nazorat o‘quvchilar yangi kurs, bo‘lim yoki katta mavzuni o‘qishni boshlashdan oldin, ulaming tayanch bilimlarini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi. Bunday nazorat, goho muhim bo‘lgan muammoli yoki sinaluvchi metodlami o‘qitishga joriy qilish oldidan o‘tkaziladi. Talabalaming tayanch bilimlarini nazorat ishlari orqali, guruh yoki yakka konsultatsiyalar orqali ham tekshirsa bo‘ladi.
Odatdagi nazorat. Ushbu nazorat talabalami asosan tizimli tayyorlanishga o‘rgatadi. Bu, ko‘pincha dars jarayonida qisqa savollar, diktantlar, konspektlami tekshirish, frontal savollar, testlar, laboratoriya mashg‘ulotlari topshiriqlari, kompyuter va dasturiy vositalar orqali amalga oshiriladi.Manzilli nazorat. Bu nazorat mantiqiy nuqtayi nazardan yakunlanayotgan materiallami o‘zlashtirilishini tekshirish uchun o‘tkaziladi. Masalan, katta mavzuli, yarim yillik yoki yillik o'tilgan materiallami o‘zlashtirish darajasini tekshirishdan iborat. Manzilli nazoratning samarali shakli bo‘lib, modul bo‘yicha nazorat qilish hisoblanadi. Modullar talabalarga katta yengillik va psixologik qulay sharoit yaratadi, chunki ular uchun o‘quv materialini qismlarga bo‘lib o‘qib o‘rganish qulay. Natijada, ular o‘qilayotgan kurs yakuniga yetishi jarayonida, uni parallel o'zlashtirib va to’plagan baliga qarab, o‘zlarining o‘zlashtirish darajasini bilib borishadi.
Nazoratlar asosida yakuniy baholash
Baholash deb, umumiy holda, obyekt va jarayonlaming bahola- nishi, muhimligi va rivojlanish darajasi to‘g‘risidagi xulosaga aytiladi. Talabalaming o‘zlashtirgan bilimiga nisbatan aytilganda, baholash - ulaming masala yechish mahorati, bilim darajasi, olgan bilimlarining sifatini, malaka va ko‘nikmalaming shakllanganlik darajasini bildiradi. Baholashning asosiy belgisi bo‘lib baho hisohhtniuli, u niqnm yoki to’plagan ball bilan ifodalanadi. Talabalaming lizikiulan olgan bilimini haqqoniy baholash uchun, baho mczonlari islilab chiqilib, ular amalda qo'llanishi zarur. Jumladan, quyida ulaming namunasi kcltirilgan:
«A’lo» baho - dastur materialini chuqur va mustahkam o‘zlashtirgan, mantiqiy jihatdan izchil va sifatli aytib bera ola- digan, javobida nazariyani amaliyot bilan bog‘lanishini tushuntira oladigan talabaga qo‘yiladi. Agar 100 ballik reyting tizimi qo'llanilayotgan bo‘lsa, a’lo baho olish uchun talaba nazoratlardan 85 balldan yuqori ball to‘plashi zarur.
«Yaxshi» baho - dastur materialini mustahkam bilgan, ma’nosini tushunarli bayon qila oladigan, berilgan savollarga deyarli to‘g‘ri javob bergan talabalarga qo‘yiladi. Ular nazoratlardan to'plagan ball 71 dan yuqori bo‘lishi kerak.
«Qoniqarli» baho - asosiy materialni biladigan, lekin uni yuzaki o‘zlashtirib olgan, savollarga javoblarda kamchiliklar mavjud, izchillik yo‘q va amaliy qo‘llanishini yaxshi bilmaydigan talabalarga qo‘yiladi. Ular to‘plagan ball 56 dan yuqori bo‘lishi kerak,
«Qoniqarsiz» baho - dastur materialining asosiy qismlarini bilmaydigan, javobida muhim xatolarga yo‘l qo‘ygan, amaliy ishlami qiyinchilik bilan bajaradigan talabalarga qo‘yiladi. Ular to‘plagan ball 56 ga yetmaydi.
Reyting tizimi asosida baholashning ijobiy tomoni shundaki, talabalar o‘qiyotgan kursni qanday darajada o‘zlashtirib borayot- ganligi o‘qituvchi uchun ham, talabaning o‘zi uchun ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunga talabaning turli nazoratlardan to‘plagan bali asos bo‘ladi. Unga qarab, talaba rnazkur kursni o‘qib-o‘rganish faoliyatini boshqarib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |