Asboblarni bilish deganda quyidagi fikrlar tushuniladi:
asbobning nomi, uni qaysi fizik kattalikni o‘lchashga mo‘ljallanganligi, ishlash prinsipi va asosiy belgilarini bilish;
mazkur asbobni tashqi ko‘rinishi bo‘yicha boshqa asboblardan ajrata olish;
asbobning texnik imkoniyati va sezgirligini hamda undan foydalanishni bilish; •
asbobni ishlata olish va uni boshqa asboblar bilan muvofiqlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
kerakli natijani olishga imkon beruvchi shart-sharoitlami bilish;
oddiy ta’mirlash ishlari, mayda detallarni almashtirish, me’yordan chetlashgan hollarda tuzatish malakalariga ega bo'lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |