Nazorat savollari: Osmon ekvatorini sutkaviy parallellarga namoyish etishni tushuntiring.
«SkyMapPro 7» dasturi osmon koordinatalari mavzusini o‘tishda nimalami namoyish etadi?
24-§. «SKYGLOBE 3.5» kompyuter dasturidan foydalanish
Osmon sferasi tushunchasi astronomiyaning asosiy tushun- chalaridan biri. Bu tushunchani o‘qitish, o‘quvchining geometrik tassavurini rivojlantirishga xizmat qiladi. Osmon sferasi fazoviy bir ncclitii aylanalarni o'/ ichiga oladi. Bu aylanalarni tushuntirishda dii/imiliii va globin, sli.iklida, sim aylanalardan yasaigan osmon •Jcntsiuiiig modelidan loydalaniladi. Bu chizma va modelni kamchi- ligi ulnrda osmon yoritqichlari, yulduz. turkumlari tasvirlanmaydi. Ular, odatda, tekislikka tushirilgan xaritalar yordamida o‘qitiladi.
Yulduzlar osmonini tasvirlaydigan eng yaxshi vosita bu- Planetariydir. Biroq planetariy maxsus binoga o‘matiladi va uni o'quv yurtlari sharoitida hamma joyda tashkil etib bo‘lmaydi. Ikkinchidan planetariyning markazidan qaralgandagina uni gumbazining ixtiyoriy qismida yulduz turkumi osmondagidek ko‘rinadi. Aks holda, gorizont yaqinida perspektiv (qiya ko'rinish) siqilish natijasida (bu kichik planetariylarda kuchli) yulduz turkumining shakli o‘zgaradi. Astronomiyani o'qitishdagi bu kamchiliklar kompyuter texnologiyalari yordamida muvafaqqiyatli yechilgan va ulardan foydalanish yaxshi samara berishi mumkin.
Osmon sferasini kompyuter ekranida yoki proektor yordamida auditoriya sharoitida katta ekranda namoyish etuvchi bir necha dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilgan. Kompyuter ekrani ham tekis sirt, osmon esa sferik sirt. Biroq perspektiv siqilish ekranda kuzatil- maydi. U dastur yordamida hisobga olingan.
«Skyglobe 3.5» dastur «DOS» operatsion tizimda ishlaydi. Oxirgi yillarda kompyuterlarda keng qo‘Ilaniladigan «Windos» operatsion tizim «DOS» operatsion tizimda ham ishlashga imkon beradi.
Ekranda belgilangan shakl (masalan, zich nuqtachalar to'dasi) ustiga kursomi qo‘yib, sichqonchani bossangiz ekranning past chap burchagida obyektning gorizontal va ekvatorial koordinatalari va Messe katalogi bo‘yicha soni va nomi ko‘rinadi (masalan, M5 Globular). «Globular» sharsimon, «Open» tarqoq yulduz to‘dasi.
Ekranning o‘ng yuqori tomonida 30 ta so‘rov yoki takliflar keltirilgan: Birinchisi «Fl Help», ya’ni yo‘llanma va oxirgisi «Z Zoom», ya’ni osmon tasvirini kattalashtirish demakdir. Dastawal siz turgan shahringiz uchun xarita tuzishni ta’minlashingiz kerak. Buning uchun klavituradan «L» harfini bosing («L Location»). Ekranning yuqori qismida shaharlar ro‘xati chiqadi. Ro'yxatda yurtimiz shaharlaridan Toshkent bor. Uni topish uchun klaviaturaning o‘ng tomonidagi gorizontal yo'nalishda ko‘rsatgichni bosib turing, u ro‘yxatning oxiridagi «More Locations» ga borib to'xtaydi.
Endi «Enter» ni bossangiz boshqa shaharlar ro‘yxati chiqadi, ular orasidan gorizontal va vertikal ko‘rsatqichlar yordamida «Toshkent»ni toping va «Enter»ni bosing. Ekrandagi osmon Toshkent osmonini tasvirlaydi.
Ekranda yorug‘ yulduz turkumlari shakli qizil kesmalar, ekliptika - qizil va gorizont - ko‘k yoylar bilan tasvirlangan. Klaviaturadagi «А» harfini bossangiz, osmon tez aylana boshlaydi. U ketma-ket vaqt momentlar (ekranning chap yuqori burchagida ko‘rsatilib boriladi) uchun hisoblangan osmon suratlarining animatsiyasi sifatida bajariladi. Vaqt ostida Sana keltiriladi. Osmonning sutkaviy aylanishi «SkyMap Pro-7»da ham haqiqiy vaqt bo'yicha (har daqiqada bittadan, ya’ni juda sekin) amalga oshiriladi.
«Shift» (klaviaturaning chap va o‘ng tomonida bir xil yo’nalgan yo‘g‘on strelka (ko‘rsatgichlaming biri) va «Z» harfni birga yoki «I» ni bossangiz ekranda osmonning kengroq qismini (to‘ia osmongacha) ko‘ra boshlaysiz.
Klaviaturaning chap yuqori burchagidagi tugma «ESC» yoki «Q» tugmachani bossangiz dastur to‘xtaydi va yana bir marta bossangiz o'chadi.
Quyida ekranning o‘ng yuqorisida ro'yxati keltirilgan harflari bilan belgilangan klaviatura tugmachalari bajaradigan amallami keltiramiz.
Fl - yordam, yo'llanma.
F2 - chap yuqorida ko‘rinadigan so‘rovlar, bir marta bosganda vaqt va sana, ikki martada - joy (shahar) va uni geografik koordinatalari.
ESC - dasturdan chiqish.
«А» - yulduzlar osmonini avtomatik tez aylantirish.
«В» - ekranda ko‘rinadigan yulduzlar yorug‘ligi chegarasini kengaytirish (0 dan 7.5 gacha).
«С» - yulduz turkumlari shakllarini chizish: to‘qqiz marta «S» bosish orqali barcha yulduz turkumlari shakli ketma-ket chizib chiqiladi. O‘ninchi marta bosish chizmalami o‘chiradi. Bu amal hum zanir. chunki kcsinalarsiz. ekrandagi yulduzlar haqiqiy osmonni ko'rsnimli.
«I)» bir Niilkndnn keyin ko'rinadigan yulduzlar osmonini iiiimoyisli dish vn ngnr «Shill» biInn birga «!)» bosilsa, bir sutka oldingi kunda ko'ringan yulduzlar osmonini ko'rsatadi. Mahalliy vaqt o’cliirilgan bo'lishi kerak.
«Е» - osmonning sharqiy qismini namoyish etadi.
«Г» - Quyosh, Oy, sayyoralar va ro‘yxatda keltirilgan yulduz lurkumlar joylashgan osmon qismini ekran markazida namoyish etadi.
«(>» - yulduz turkumlari chegaralarini chizadi. Agar «Shift» bilan birga bosilsa, chizilgan chegaralami o‘chiradi.
«II» bir soatdan keyin ko‘rinadigan yulduzlar osmonini nunioyish dish («Н»), agar «Shift» bilan «Н» birga bosilsa u holda bir soat oldin ko‘ringan yulduzlar osmonini ko‘rsatadi. Mahalliy vaqt o'chirilgan bo‘lishi kerak.
«I» - bir marta bosganda osmonni to‘la va yana bir marta bosganda qisman namoyish etadi.
«J» - yuz yildan keyin ko‘rinadigan yulduzlar osmonini namoyish etish va agar «Shift» bilan birga «J» bosilsa yuz yil oldingi kunda ko‘ringan yulduzlar osmonini ko‘rsatadi.
«К» - Somon yo‘lini to‘rt xil (ketma-ket bosilganda) ko‘rinishda tasvirlaydi. «L» - astronomik kuzatish bajarilayotgan joyni, shahami tanlash. Chap tomondagi strelkachalar yordamida shahami (Toshkent) toping va «Enter»ni bosing.
«М» - bir oydan keyin ko‘rinadigan yulduzlar osmonini namoyish etish va agar «Shift» bilan birga «М» bosilsa bir oy oldingi kunda ko‘ringan yulduzlar osmonini ko‘rsatadi. Mahalliy vaqt o'chirilgan boftishi kerak.
«N» - osmonning shimoliy qismini namoyish etadi.
«О» - osmonni va ekran chegarasini chizadi va o‘chiradi.
«Р» - xaritani eslab qolish va printerga chiqarish
«Q» - dasturdan chiqish.
«R» - kuzatish joyining mahalliy vaqti uchun osmon xaritasini hisoblaydi va namoyish etadi, har bir daqiqa vaqt oftishi bilan osmonni o‘zgartiradi (g‘arbga aylantiradi), o‘chirish uchun «R» ni yana bir marta bosish kerak.
«S» - osmonning janubiy qismini namoyish etadi.
«U» - ming yildan keyin ko‘rinadigan yulduzlar osmonini namoyish etish, agar «Shift» bilan birga «U» bosilsa, ming yil oldingi kunda ko‘ringan yulduzlar osmonini ko‘rsatadi.
«V» - ma’lumotlami xotiraga yozib qo‘yadi.
«W» - osmonning g‘arbiy qismini namoyish etadi.
«X» — teskari osmon.
«Y» - bir yildan keyin ko‘rinadigan yulduzlar osmonini namoyish etish, agar «Shift» bilan birga «Y» bosilsa, bir yil oldingi kunda ko‘ringan yulduzlar osmonini ko‘rsatadi. Mahalliy vaqt o‘chirilgan bo‘Iishi kerak.
«Z» - osmonni ekranga kattalashgan holda namoyish etadi.
Agar «Shift» bilan birga «Z» bosilsa osmonni ekranga kichraytirilgan holda namoyish etadi. «Z Zoom» ikkidan kichik bo‘lganda (uni «Shift» va Z ni birga bosib 0.25 dan kichraytirish mumkin) to‘la osmon yashil aylana (gorizont) ichiga joylashtirilishi mumkin. Buning uchun klaviaturaning o‘ng tomonidagi «PgOn» va «PgUp» tugmalardan foydalaniladi.Yulduzlar osmoni yashil aylana ichiga to‘la tushganda ekranning chap yuqori tomonidagi so‘rovlar ichidagi «Elev» (gorizontdan balandlik) 90° bo‘ladi («Elev» bundan kichik bo‘lganda osmon yashil aylana ichiga to‘la tushmaydi). Bunda «Elev» ustidagi qatorga, agar S bosilgan bo‘Isa «Dir 180°= South», N bosilgan bo‘lsa «Dir 360°= North», E bosilgan bo‘lsa «Dir 90°= East» yozuvlar chiqadi. Osmonni yashil aylana ichiga joylashtirishni «I» tugma yordamida ham bajarish mumkin. «I» ni bosing va «PgUp» ni bir necha marta bosib osmonni yashil aylana ichiga joylashtiring.