Fizika va astronomiya


O‘quvchi va o‘quvchilar ega bo‘Iuvchi yangi bilimlaming elementlari



Download 4,23 Mb.
bet26/149
Sana31.12.2021
Hajmi4,23 Mb.
#212030
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   149
Bog'liq
36fizikaastrooqitishnazmetpdf

O‘quvchi va o‘quvchilar ega bo‘Iuvchi yangi bilimlaming elementlari

Yangi materialni o‘zlashtirishga kerakli tayanch bilimlaming elementlari

Elektrolitlardagi elektr toki musbat va manfiy ionlaming tartibli ha- rakatidan iborat. Asosiy materialni o‘zlashtirishga yordamchi tushun- chalar: elektrolit, elektrod. katod, anod. Bu to‘rt tushuncha yordam­chi qatori xizmat qiladi. Shuning uchun, bulaming ta’rifini tayyor holda berish zarur.-

Masalan, tok o‘tayotgan suyuqlik elektrolit deb ataladi. Tok manbai- ning musbat qutbi bilan tutashtiril- gim elektrod anod va manfiy qutbga ulangani katod deb ataladi.

0‘tilgan materiallardan o‘quvchi va o‘quvchilar quyidagilami bilishadi: elektr toki degani nima, tokning manbai, zaryadlangan zarra, o‘tkazgich, elektr maydoni, elektron, ion, metallardagi elektr tokining tabiati, mis sulfat molekulasining tarkibi (kimyoga tegishli).

1 uziiing suvdagi eritmasi mole- kulaliiiini musbat va manfiy ion- ll»rgrt Hpnlishi (elcktrolitik dissot- н!л|я|уй kimyoga tegishli).

Hodisa ko‘p qirrali va ko‘p sonli bilimlaming elementlarini qamrab oladi. Chunki elektrolitik dissot- siatsiya hodisasi kimyoda o'qitil- gan. Uni bu yerda takrorlash yetarli.


9.1- jadvalning davomi

Dissotsiatsiya natijasida paydo bo‘lgan zarralarning zaryadlarini belgilari.

O'quvchilar molekulalami atom- lardan tuzilganligini, atomning tarkibiga musbat va manfiy zaryadli zarralar kirishini bilishadi; molekulalami mayda zarralarga bo'linishi, ulaming ishoralarini musbat va manfiy bo'lishini bilishi, tayanch bilim qatori xizmat qiladi. Bunda laboratoriyadagi asbob- lardan foydalanish ijobiy ta’sir qiladi.

O‘quv materialini tahlil qilish natijasida yangi hamda tayanch bilimlarning ishtirokini aniqlaymiz. Bunda, yangi bilimlar elementiarini soni 7 ta, ulaming oltitasi yordamchi ahamiyatga ega. O‘quvchilaming oldin o‘zlashtirgan tayanch bilimlari elementla- rining soni esa 9 ta.Tadqiqotlaming ko‘rsatishicha, o'quvchilaming tayanch bilimlari yangi bilimlar elementlari sonidan ko‘p bo‘lgan holda, muammoli o'qitish usulini qo'llash samarali bo‘ladi. Buning uchun quyidagi koeffitsiyentni kiritish maqsadga muvofiqdir, ya’ni К = n/N, bu yerda n - tayanch bilimlarning soni, N - yangi o‘zlashtiriladigan bilimlar soni. Bizning misolda N - 7, n = 9, demak, K>1, shuning uchun bu materialni tushuntirishda muammoli qidiruv usulini qo‘llasa bo‘ladi.

Bu darsni uyushtirish paytida o‘quvchilarning tayanch bilimlarini faollashtirish, muammoni tushunishga va uni hal qilish yo‘lini izlashga ularni tayyorlash rejasi tuziladi. Yangi materialni o‘zlashtirishga kerak bo'luvchi oldin o‘tilgan materiallar, o'quvchilar tomonidan qanday o‘zlashtirilganini tekshirishga oid savol va topshiriqlar tizimi ishlab chiqiladi. Ulaming bilimini tekshirish, elektr tokini faqatgina metallar o‘tkazmasdan, turli suyuqliklar va gazlar ham o‘tkazishini ta’kidlash bilan yakunlanadi. Biroq elektrolitda elektr tokini tashuvchilar bo‘lib, nimalar xizmat qilishi to‘g‘risida aytish, ulaming bilimini yanada kuchaytiradi. Buning uchun, o‘qituvchi o‘quvchi va o‘quvchilarga taklif qiluvchi: «Elektolitdagi elektr tokining tabiati qanday? Unda elektr tokini tashuvchi bo‘lib nimalar xizmat qiladi?» - kabi savollami aniqlab qo‘yishi kerak. Muammoni hal qilish jarayonida o‘quvchilaming fikrlashi quyidagi ketma-ketlikda beriladi: «Elektr toki to‘g‘risida men nimani bilaman?». Elektr toki zaryadlangan zarralaming tartibli harakati. Demak, elektrolitda zaryadlangan zarralar bor va ular tartibli harakatda bo‘lishadi. O‘quvchilaming fikrlashi mis sulfatning suvdagi eritmasi orqali tokning o‘tishini isbotlagan tajriba orqali mustahkamlanadi. Bundan keyin ularda: «Elektrolitda tokni tashuvchi zarralar nimalar?» degan savol tug‘iladi. Bu masala bo‘yicha o‘quvchi va o‘quvchilaming fikri quyidagicha bo‘lishi mumkin: «Metallarda bunday zarralar bo‘Iib elektron hisoblanadi. Elektrolitlardachi?». Demak, shu holda muammoli vaziyat yuzaga keldi desak bo‘ladi. Ular yuzaga kelgan muammoning mazmunini tushunishga harakat qilishadi, izlanadi va qidiradi. Izlanish asosida ular savolga javob topishga muvaffaq bo‘lishadi, u quyidagicha bo‘lishi mumkin. «Zaryadlami erkin olib yuruvchilar qatoriga elektrondan boshqa yana qanday zarralar kirishi mumkin? Proton- larmi? Yo‘q, ular atomning yadrosida joylashagan. lonlarchi? Mis sulfatning suvdagi eritmasida ular qanday paydo bo‘ladi?». Bunga o‘quvchilar javob topisha olmaydi. Buning uchun yangi axborot kerak. Shu maqsadda, o‘qituvchi, o‘quvchi va o‘quvchilami elektrolitik dissotsiatsiya hodisasi elementlari bilan tanishtiradi. Mis sulfatning suvdagi eritmasida ionlarning hosil bo‘lish mexanizmini va ulaming zaryadi ishorasini aytib beradi. Shundan keyin, yuqoridagi muammoni hal qilish, ular uchun hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Muammoli o‘qitishni uyushtirish jarayonida o‘quvchilaming 1 noliyalini kuzatishlar, quyidagi kamchiliklaming mavjudligini ko'iialadi ()‘qimvchi taklif qilgan muammoli savollar, ulaming bir qismi uchun muammoli bo‘lsa, boshqa bir qismi uchun esa muammoli emus, < Vzlarining umumiy bilimiga asoslanib, birinchi liunih, muammoni hal qilishga faol kirishadi va uni hal qiladi. IkkInchi umuh ho’lsa, yangi vazifani bajarishga yetarli imkoniyati ho'1на luun, imdan unumli foydalana olmaganligidan, uni hal qila olmaydi. Shuning in him, keyingi paytlarda muammoli vazifalami o'quvchilargu dasluri.ib taklif qilish usullari ishlab chiqilmoqda. Dlarni dasturhingan muammoli vazifalar desak ham bo'ladi. Bunda, ulaming barchasiga birgina muammoli savol beriladida, uni bajarish yo‘li va bosqichlari dasturlanadi.

Masalan, elektron-pozitron juftining hosil bo‘lishida elektron- ning antizarrasi pozitronning kuzatish yo‘Iini ko‘rsating:

  1. Vilson kamerasidan foydalanish orqali;

  2. zaryadlangan zarrachalardan va ulami magnit maydondagi harakatidan foydalanish orqali;

d) har bir zarraning izi uning massasiga, energiyasiga, zaryadiga yarasha turli qalinlikka, uzunlikka va egrilikka ega bo‘lishini bilish orqali.

Bu vazifani bajarishda bilim darajasi har xil bo‘lgan o‘quvchi va o‘quvchilar turlicha ma’lumot olishadi. Har doim yangi ma’lumot olish natijasida, o‘quvehi pozitronni elektron-pozitron juftining izi tushirilgan rasmni kuzatishdan bilish mumkinligini aniqlashadi. Chunki, pozitron elektrondan zaiyadining ishorasi bilangina farq qiladi, shuning uchun, ular magnit maydonda qarama- qarshi yo‘nalishda harakat qilishadi. Ammo ulaming massalari va energiyalari bir-biriga teng bo‘lganligidan, izlarining qalinligi, uzunligi va egrilik radiusi bir xildir.

Oliy maktab amaliyotida o’qituvchi muammoli savollami o‘rtacha o‘qiydigan o‘quvchilaming imkoniyatiga yarasha tuzadi. Shuning uchun, yuqorida biz ko‘rgan muammoli savol quyidagicha ifodalanadi: zaryadlangan zarralaming magnit maydondagi harakatini va elektron-pozitron juftining izini rasmidan foydalanish bilan, Vilson kamerasida pozitronni kuzatish yo‘lini ko‘rsating? Vazifani bunday berishda, bilim darajasi yuqori va past bo‘lgan o'quvchilar hisobga olinmay qoladi. Natijada yaxshi o‘qigan o‘quvchilarning yuqori darajadagi fikrlashi talab qilinmay qoladi. Ular vazifani osongina bajarib qo‘yishadi. Ammo yomon o‘qigan o‘quvchilarga vazifaning sharti tushunarsiz bo‘Igani uchun, unga javob berishga imkoniyatlari yetmaydi. Shuning uchun, ularga muammoni hal qilinishini yuqorida aytilganday, dasturlab taklif qilish talab qilinadi. Dastuming elementlari alohida qog‘ozga yozilib, o‘quvchilar guruhiga tarqatiladi. Masalan, yaxshi o‘qigan o‘quvchilarga vazifaning rejasigina beriladi. O‘rtacha darajadagi o‘quvchilarga biroz qo‘shimcha ma’lumot, yomon o‘qiydiganlarga esa dastuming a,b,d,e elementlari beriladi. Albatta, bunday vazifalar o‘qituvchining bevosita rahbarligi va ko‘rsatmasi bo‘yicha bajariladi.

Muammoli o‘qitishni uyushtirishda, muammoli vaziyatni tuzish va uni hal qilishning samarali yo‘lini tanlash muhim ahamiyatga ega. Bunday holda birgina mavzuni tushuntirish uchun, turli variantlardan foydalanishga imkoniyat mavjud. Aytilganlami «O‘zinduksiya» mavzui misolida ko‘rib o‘taylik.

Darsning mavzui: O‘zinduksiya. Induktivlik. Avvalgi darslarda o‘quvchilar elektromagnit induksiya hodisasining mazmuni, Faradeyning tajribalari, induksion tokning yo‘nalishini aniqlash bo‘yicha Lens qoidasi bilan tanishishgan. O‘zinduksiya hodisasi mavzuining mazmuni bo‘yicha qilingan tahlil, bu mavzuni muammoli bayon qilish usuli bilan o‘qitishga imkon beradi. Chunki, bu mavzuni o‘zlashtirishga tegishli bo‘lgan bilim yangi elementlarining soni, o‘quvchilaming tayanch bilimlari elementlari sonidan oz. Muammoli vaziyatni hosil qilish va uni hal qilish­ning turli variantlarini ko‘rsataylik.

1-variant. O‘qituvchi o‘quvchilami o‘tilgan mavzuni o‘zlash- tirish darajasini tekshiradi. Kerakli umumlashtirish bajarilgandan so‘ng, yangi mavzuning nomi aytilib, o‘quvchilaming diqqati quyidagilarga qaratiladi.

Namoyish stoliga 9.4 - rasmdagi tajribani bajarishga kerakli asboblar to'planib, tajribaning sxemasi doskaga chiziladi. О‘quvchilaming bilimiga suyanib, o'qituvchi zanjimi ulaganda lampochkalar bir vaqtda emas, biri ikkinchisidan keyin yonishi kuzatiladi. Buning sababini aniqlash bilan, o'zinduksiyaning mazmuni ochilib, induktivlik tushunchasi kiritiladi. O‘zinduksiya elektr yurituvchi kuchining yo‘nalishi 9.5 - rasmdagi tajribani ko‘rsatish orqali aniqlanadi. Shundan keyin, o‘qituvchi o‘zinduksiya hodisasining amalda qo‘llanilishi, uning foydali va zararli tomonlari bilan o‘quvchilami tanishtiradi. Bu vaqtda o‘quvchilar o‘qituvchining aytganlarini eshitib, tajribani kuzatishadi. Materialning mazmunini tayyor holda qabul qilishib, esda saqlab qolishadi. Ularning faoliyati reproduktiv tarzda bo‘lib, fikr yuritish darajasi chegaralangan bo‘ladi, bilim sifati esa yuqori darajaga yeta olmaydi.



Download 4,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish