Nazorat savoUari
Surilma xaritani ish bajarilayotgan sananing 21 soatiga to‘g‘irlab, yulduz turkumlaridan chiqayotganlami, botayotganlarini va yuqori kulminatsiyadagilarini aniqlang. O‘sha kechada (kun ochiq bo‘Isa) shu turkumlami omondan izlab toping va soat 21 xaritadagi vaziyati bilan solishtiring.
Surilma xaritani ketma - ket 15-martning 0 soat, 6 soat, 12 soat, 18 soatlariga to‘g‘irlab Katta Ayiq, Kassiopeya, Orion, Gerkules yulduz turkumlaring ko‘rinishini aniqlangan. Yulduzlar osmoning ko‘rinishi nima sababdan sutka mobaynida o‘zgaradi?
Quyidagi yulduzlar: Algol, Vega, Sirius, Deneb yulduzlari yuqori kulminatsiyada kechqurun soat 9 da qaysi oy va Sana hamda quyi kulminatsiyada qaysi sana bo‘lishini aniqlang. Ushbu ishni bajarayotgan sana va soatda yuqoridagi yulduzlami ko‘rib bo'ladimi? Ular qachon ko‘rinadi?
Siz yashayotgan geografik kenglamada botmaydigan yulduz turkumlarini aniqlang.
Altair, Arktur, Betelgeyze, Sirius yulduzlari 21-mart, 22- iyun, 23-sentabr, 22-dekabr kunlarida chiqish, yuqori kulminatsiyada bo‘lish va botish vaqtlarini toping.
10-§. Osmon sferasining asosiy elementlarini
modeliar yordamida tushuntirish usullari
Osmon sferasining asosiy elementlarini o‘tishdan maqsad o‘quvchilarda osmon sferasini tasavvur etish ko‘nikmalarini shakl- lantirish hamda sfera sirtidagi nuqta о‘mini burchak koordinatalar bilan belgilashni o‘rgatish. Gorizontning asosiy nuqtalari va joyning geografik kengligini aniqlash ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.
Ushbu mavzuni tushuntirishda osmon sferasining asosiy chiziq va nuqtalariga ta’rif beriladi. Bunda Yer shari aylanalari, chiziqlari va nuqtalari namuna sifatida ko‘riladi. Osmon sferasi aylanalari Yer shari aylanalari bilan, chiziqlari Yer sharidagi shunday chiziqlar bilan, nuqtalari - shunday nuqtalar bilan bog'langanligi ochib beriladi. Osmonning sutkalik aylanishi Yeming o‘z o‘qi atrofida aylanishi bilan tushuntiriladi va uni joyning geografik kenglamasiga bog‘liqligiga ta’rif beriladi va Microsoft Power Point dasturida ishlangan multimediali slaydlar, «SKYGLOBE_3.5» dasturiy mahsuloti, osmon sferasining modeli hamda osmonning surilma xaritasidan foydalaniladi. Osmon sferasining modeli (10.1-rasm) va surilma xarita (10.2-rasm) yordamida osmon sferasining asosiy clcmentlarini o‘rganish juda qulay.
Do'stlaringiz bilan baham: |