“Zinama - zina” o’yini Bunda bir o’quvchi yoki guruhlarda o’tirgan o’quvlchilar bilan alohida- alohida o’yinni tashkil etish mumkin. Bunda savollar oddiydan murakkabga qarab beriladi. Beriladigan ballar ham savolga qarab oshib boradi. Savollar albom varag’ida tayyorlangan xaltachalarda qo’yiladi. “Burchaklar” o’yini
Bu o’yinda butun sinf o’quvchilari jalb qilinadi. O’quvchilar 4 guruhga bo’linadi. Sinfning to’rt burchagiga yozuvlar yozilgan plakatlar osib qo’yilgan bo’ladi. Yozuvlarda qoyidagilarni yozish mumkin.
1. Nazariyotchilar 3. Izohlovchilar
2. Amaliyotchilar 4.Rassomlar
Burchaklarda nazariyotchilar echishi uchun masalalar, javob topish uchun savollar qo’yiladi.
Amaliyotchilar uchun amaliy ishlardan namunalar, ularni bajarish uchun asboblar qo’yiladi.
Izohlovchilar uchun formulalar yozilgan chiptalar qo’yiladi.
Rassomlarning vazifasi. Burchaklarda qo’yilgan asboblar va fizik hodisalar rasmini chizish. Guruhlar topshiriqlarni bajargandan so’ng o’zaro o’rin almashtiradilar. 45 minut davomida har bir guruh 4 burchakda qo’yilgan topshiriqlarni bajarishi kerak.
"Koptok" o’yini.
Bunda o’quvchilar bir joyga to’planib koptokni bir –birlariga otadilar. Bu o’yinni butun sinf bilan, agar dars shovqun bo’ladi desangiz 10 ta o’quvchi bilan o’ynash mumkin. Koptok o’yinini kuzatib xulosa chiqariladi. O’yinning ma’nosi shundan iboratki, bolalar molekula, koptok esa chang zarrachasi.
2.2. Fizikaga doir o’yinlar.
“So’z tuzish” o’yini.
(Nuqtalar o’rniga quyidagi yozilganlarning ma’nosiga qarab so’zni topib yozing.)
1. “Pro…..ka. “ Sanoq soni yordamida hosil qiluvchi kimyoviy idish.
Javob. “Bir” ni qo’shib “probirka” so’zi hosil qilinadi.
2.” To’lq…” Qushlar uyasi yordamida hosil qiluvchi tebranishlarning muhitda tarqalishi.
Javob.”In” so’zini qo’shib “To’lqin ” so’zi hosil qilinadi.
3.” ……..oskop.” Oq rangning tarkibiy qismi yordamida hosil qiluvchi spektrlarni kuzatib , o’rganadigan asbob.
Javob. Spektroskop.
4. “Ch….ni.” Qushlar uyasi yordamida hosil bo’ladigan kimyoviy idish.
Javob. Chinni.
5.”Sil……dr” . Qushlar uyasi yordamida hosil bo’ladigan kimyoviy idish
Javob. Silindr.
6. “Ebon…..” Odamning vafodor do’sti yordamida hosil bo’luvchi elektr tokini o’tkazmaydigan jism.
Javob. Ebonit.
7. “May….” Ekin mahsuloti bilan hosil bo’ladigan materiyaning bir ko’rinishi.
Javob. Maydon.
8. “ As…. “ Darslikning bir bo’limi yordamida hosil bo’luvchi o’lchov anjomi.
Javob. Asbob.
9.” Qarshi….”O’zbekistondagi shahar yordamida hosil bo’ladigan tok kuchiga teskari proporsional bo’lgan fizikaviy kattalik.
Javob. Qarshilik.
10. “Qurg’…in”. Taom yordamida hosil qiluvchi metal.
Javob. Qurg’oshin.
11. “Im……”. Odamning tomir urishidan hosil bo’ladigan , turtki ma’nosini bildiradigan fizikaviy kattalik.
Javob. Impuls.
12. “A….”. Binoning yuqori qismi yordamida hosil qiluvchi moddaning tarkibiy qismi.
Javob. Atom.
13.”Amper…”. Uzunlik o’lchov birligi yordamida hosil qiluvchi tok kuchini o’lchovchi asbob.
Javob. Ampermetr.
14. “Volt…”. . Uzunlik o’lchov birligi yordamida hosil qiluvchi kuchlanishni o’lchovchi asbob.
Javob. Boltmatr.
16. “Psixro….”. . Uzunlik o’lchov birligi yordamida hosil qiluvchi Havoning namligini o’lchovchi asbob.
Javob. Psixrometr.
17. “Gigro…..”.. Uzunlik o’lchov birligi yordamida hosil qiluvchi Havoning namligini o’lchovchi asbob.
Javob. Gigrometr.
18. “Dia………” . Uzunlik o’lchov birligi yordamida hosil qiluvchi aylana markazidan o’tib uni ikkiga bo’luvchi chiziq.
Javob. Diametr.
19. “Ma......al”. Odamning ustki qismi yordamida hosil qiluvchinarsa.
Javob. Material.
20. “........gu” Odamning a’zosi yordamida hosil qiluvchi aksingizni ko’rsatuvchi optik jism.
Javob. Ko’zgu.
21. “Ko’z......nak”. Yering tabiiy yo’ldoshi yordamida hosil qiluvchi ko’zning nuqsonini oldini oluvchi optik jism.
Javob. Ko’zoynak.
22. “Rezis....” .Musiqiy asbob yordamida hosil qiluvchi qarshilikka ega qarshilik.
Javob. Rezistor.
23. “Termo.......” . Uzunlik o’lchov birligi yordamida hosil qiluvchi temperaturani o’lchovchi asbob.
Javob. Termometr.
24. “Transfor......”Avtomobilni harakatga keltiruvchi qurilma yordamida hosil qiluvchi kuchlanishni o’zgartiruvchi qurilma.
Javob. Transformator.
25. “.....metr.” . Vaqt o’lchov birligi yordamida hosil qiluvchi vaqtni o’lchovchi asbob.
Javob. Sekundomer.
26. “Galvono.........” . Uzunlik o’lchov birligi yordamida hosil qiluvchi kichik toklarni o’lchovchi asbob.
Javob. Galvonometr.
27. “Dinamo......” . Uzunlik o’lchov birligi yordamida hosil qiluvchi kuchni o’lchovchi asbob.
Javob. Dinamometr.
28. “Mano.......”. Uzunlik o’lchov birligi yordamida hosil qiluvchi atmosfera bosimidan katta yoki kichik bosimlarni o’lchovchi asbob.
Javo. Manometr.
30. “Vatt.......”. . Uzunlik o’lchov birligi yordamida hosil qiluvchielektr tokining quvvatini o’lchovchi asbob.
Javob. Vattmetr.
31. “Avo.....”. Uzunlik o’lchov birligi yordamida hosil qiluvchi elektr toki, kuchlanish, qarshilikni o’lchovchi asbob.
Javob. Avometr.
32. “K.....”. Sanoq soni yordamida hosil qiluvchi jismlarga tezlik beruvchi sabab.
Javob. Kuch.
33. “P.......”. Buyuk zot nomi yordamida hosil qiluvchi oddiy mexanizmlardan biri.
Javob. Pona.
“So’z tuzish” o’yini. (bu o’yin fizika va kimyo fanini bog’laydi.)
a) O’quvchilar fizik terminlar harflaridan boshqa fizika yoki kimyoviy termin tuzishi lozim. Masalan:
“Fizikaviy hodisalar”
- Fizika - kalsiy - hodisa - iridiy - is, ikki
- kislorod - kaliy
b) So’z tuzish o’yinini quyidagicha ham o’tkazish mumkin. Quyidagi kimyoviy belgilar zamirida qanday fizikaviy va kimyoviy so’z yashiringan.
Al Ti Au Mg
(Javob: Alyuminiy, titan, oltin, magniy. Bu so’zlarning bosh harfliardan “atom” so’zi kelib chiqadi.)
“So’z topish” o’yini.
Musiqadagi notalardan foydalanib fizikaviy va kimyoviy terminlar topish. O’yinning shartiga asosan notadagi harflar bir-biridan ajralmasdan so’zning boshi, o’rtasi oxirida kelishi mumkin. Masalan:
Do-vodorod, uglevodorod, donor, Ahmad Donish,Kyuri Skladovskaya.
Re-reaksiya, reaktiv, preparat, byuretka, Rezerford,rele,reoxord, rezistor, reostat,rels, rezina, rentgen,
Mi-alyuminiy, mis, ammiak, mikroskop, misqol, minut, mil, Milliken, mikro, milli,
Fa-sulfat, fazo, Fales, Faradey, Al Farg’oniy, fan,
Sol-persol, fasol, solishtirma, misol.
Lya-molekulyar, nomolekulyarm, lyamda, akkumulyator, mikrokalkulyator,
Si-oqsil, oksid, oksidlanish, siljish qoidasi, Ibn Sino, sigma, simob
Mavzu.”Fizika taraqqiyoti tarixi”
Topshiriq. Fizika fanining taraqqiyoti tarixini ketma-ketligini topib raqamlar qo’ying.
Guruh bahosi
|
Guruh javobi
|
To’g’ri javob
|
Yakka
javob
|
Yakka baho
|
Fizika taraqqiyoti tarixi.
|
|
|
|
|
|
Arximed tomonidan fizika qonunlari harbiy texnikada birinchi bor ishlatgan.
|
|
|
|
|
|
N.Kopernik birinchi bo’lib quyosh sistemasining tuzilishini to’g’ri talqin qilib berdi.
|
|
|
|
|
|
Fransuz fizigi Ernest Rezerforl atom yadrosining planetar modelini berdi.
|
|
|
|
|
|
Fizika haqidagi ma’lumotlarni kitob shaklida bayon etdi-Aristotel
|
|
|
|
|
|
Ingliz fizigi Maykl Feradey elektr maydon atamasini kiritdi.
|
|
|
|
|
|
Moddaning korpuskulya-to’lqin dualizmi aniqlandi.
|
|
|
|
|
|
Fabrikantn tomonidan yorug’likni kuchaytirishning majburiy nurlanishi hodisasidan foydalanish usuli aniqlandi.
|
|
|
|
|
|
Abu Rayhon Beruniy modda zichligini aniqladi. Koinot fizikasi, yorug’lik, tovush, magnit, koinot fizikasi yo’nalishlarda ishlar olib bordi.
|
|
|
|
|
|
Bor o’z pastulatlarini e’lon qildi.
|
|
|
|
|
|
Ingliz olimi I.Nyuton harakat sabablari kuch va uning jismi harakatiga ta’siri, yorug’lik rangi haqidagi ixtirolarni qildi.
|
|
|
|
|
|
Ingliz olimi Chedvik tomonidan neytron kashf etildi.
|
|
|
|
|
|
Proton kashf etildi.
|
“Blits o’yini”metodi.
Do'stlaringiz bilan baham: |