Detektorlar. Zarralarni qayd qilish detektorlar yordamida amalga oshiriladi. Detektorlarni ikkita toifaga - hisoblagichlar va zarralar izlarini hosil qiluvchilarga ajratish mumkin. Zarralar hisoblagichlarda elektr impulsi hosil qiladi, bu bilan zarralar oqimini, massa, zaryad, tezlik va energiyalarini va h.k. aniqlash mumkin.
Radiatsion nurlanishni qayd qilish detektorlari. Odatda, radiatsion nurlanishni ko’rsatkichlari qiymati maxsus sezgir moslamalar- detektorlar yordamida aniqlanadi.
Detektorning asosiy tavsiflari- samaradorlik (ionlashtiruvchi zarraning dtektorga tushishi holatida uni aniqlash ehtimolligi darajasi), vaqtga bog’liq ruxsat etilish qiymati (aniqlash vaqti), qayta tiklanish vaqti (yana qaytadan foydalanish uchun yaroqli holatga kelish vaqti) kabilardan tashkil topadi.
Radiatsion nurlanishni qayd qilish detektori (indikator)- bu modda bilan bevosita ta’sirlashishi davomida ionlashtiruvchi nurlanishning mavjudligini aniqlash uchun imkon beruvchi obyekt hisoblanadi.
Sintillatsion detektorlar- bu ionlantiruvchi nurlanish ta’sirida ~800~6000 A spektr diapozonida, qisqa vaqt (10-7 – 10-9 sekund) davomida chaqnash hodisasini ( lotin tilida scintillatio- miltillagan, chaqnash degan ma’noni anglatadi), yuzaga keltiruvchi kimyoviy moddalar hisoblanadi.
Izli detektorlarda zarra izini, harakat yo‘nalishini boshqa zarra, yadrolar bilan to‘qnashuv jarayonlarini, yemirilish va boshqa ko‘plab ta'sirlashuv xususiyatlarini aniqlash mumkin. Zaryadsiz zarralar muhit bilan ta’sirlashganda ionizatsiya hosil qilmaydi, bu zarralarni ta’sirlashuvida hosil bo‘luvchi ikkilamchi zaryadli zarralarga ko‘ra qayd qilinadi. Hisoblagich detektorlarga ionizatsiyali kamera, proporsional, Geyger- Myuller, ssintillyatsiyali, Cherenkov hamda yarim o‘tkazgichli hisoblagichlar, izli detektorlarga-Vilson, pufakli kameralar, qalin qatlamli fotoemulsiya, keng oraliqli uchqunli kamera va strimerli kameralar kiradi. Hisoblagich detektorlarning asosiy xususiyatlari:
1. Effektivligi - h isoblagichda qayd qilingan zarralar sonining hisoblagichga kelib tushgan zarralar soniga nisbati foiz hisobida Bu yerda -effektivlik
2. Vaqt bo‘yicha ajrata olish qobiliyati - bu shunday vaqt oralig‘i, bu vaqtda detektorga kelib tushgan zarralami alohida-alohida ajrata olish uchun kerak bo‘lgan minimum vaqtdir.
3. Energiya ajrata olish qobiliyati.
Izli detektorlar xususiyatlari:
1. Effektiv hajm - effektiv hajm ortsa zarra izlari va yemirilish jarayonlari izlari to’g’ri joylashadi. Kameradan chiqib ketmaydi.
2. Vaqt birligida ishchi sikl soni. Detektor qancha tez ishchi holatiga qaytsa shuncha yaxshi.
3. Sezgirligi. Eng kichik ionlashtirishlarni seza olishi.
4. Boshqarilishi.
5. Tajriba natijalarini yengil va tezda qayta ishlash. Masalan, fotografik usullarda izlarni olish va qayta ishlash uzoq muddatli qiyin ishdir.
6. Iqtisodiy ko‘rsatkichi. Ayrim kameralar narxi juda qimmat, jahondagi bir nechagina laboratoriyalargina bunga ega. Hozirgi vaqtda ko‘plab detektorlar mavjud (4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |