Fizika-texnika fakulteti



Download 108,29 Kb.
bet3/14
Sana25.06.2022
Hajmi108,29 Kb.
#705183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Fizika-texnika fakulteti

Kurs ishining maqsadi: Bugungi globalizatsiya jarayonida yoshlarga ta’lim tarbiya berish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, yoshlarga yuqori pedagogik salohiyatga ega o’qituvchilar tomonidan dars o’tish jarayonini yuqori darajada o’tkazish uchun axborot texnologiyalarini o’quvchini o’zi mustaqil
ishlashi uchun o’rgatish va tadbiq etishdan iborat.
Kurs ishining obyekti: Oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida Fizika o’qitish metodikasi fanini o’qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Fizika o’qitish metodikasi fanini o’qitish metodlari va vositalari.
Kurs ishining vazifalari:

  1. Mavzuga doir ma’lumotlarni to’plash va aniq rejani shakllantirish;

  2. Fizika o’qitishning ahamiyat va vazifalarini o’rganish

  3. Fizikani o’qitish jarayonida o’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish


I BOB. Fizika o’qitishning ahamiyati va uning tuzilishi.
1.1§. Fizika o’qitishning ahamiyati va vazifalari.

Maktab fizika kursining umumiy ta'lim predmetlari orasidagi o‘rni uning boshqa fanlarga nisbatan tutgan mavqeiga ko‘ra aniqlanadi. Fizika kursi nazariy fan bo'lib, uning asosini fundamental nazariyalar, qonunlar va ilmiy tushunchalar tashkil etadi.


Nyuton mexanikasi, relyativistik mexanika, kvant mexanikasi, elektron nazariyasi, klassik va kvant statistikasi kabi fundamental nazariyalar yaratildi. Bu esa, birinchidan hozirgi fizika o‘rganadigan hodisalarning sonini ko'paytirib yubordi. Ikkinchidan, fanning rolini ko'tardi. Fizik nazariyalar boshqa, tabiiy fanlarning masalan, kimyo, elektrotexnika, radiotexnika, gazlar dinamikasi, elektronika kabilarning asosi bo‘lib qoldi. Ularning ko‘pchiligi alohida fan bo‘lib ajralib chiqdi. Fizikada ochilgan qonunlar universal bo‘lib, uni hozirgi tabiiy fanlar ichida yetakchi darajaga ko‘tardi.
Yuqorida aytilganlardan ko‘ramizki, fizikani bilmasdan to‘la qiymatli o‘rta ma’lumotni tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Boshqa predmetlar kabi fizika o‘qitish ham didaktik maqsadlarni, ya’ni ta'lim, tarbiya va o‘quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradi. Ko‘rinib turibdiki, maktabda fizika o‘qitish katta ahamiyatga ega. Fizika o‘qitish jarayonida o‘quvchilar fizikani sanoatda, qishloq xo‘jaligida, transportda, tibbiyotda va boshqa sohalarda qo'llanilishri bilan ta- nishadilar, o‘lchov asboblari bilan ishlash malakasiga ega bo'ladilar va foydali mehnatga tayyorlanadilar.
Fizikani o'rganish orqali o'quvchilar tabiatdagi qator hodisalar va ularning ilmiy asoslanishi bilan tanishadilar, ularda dunyoning moddiyligi haqida ishonch shakllanadi, dunyoni o'rganishda insonning imkoniyatlari katta ekanini bilib oladilar. Natijada o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashlari va bilish qobiliyatlari rivojlanib boradi.
Fizikani o‘rganish orqali o'quvchilar ilg‘or fizik olimlarning ishlari bilan, fan va texnika yutuqlari bilan tanishadilar. Bularning tarbiyaviy ahamiyati kattadir.
Maktab fizika kursi hamma vaqt zamonaviy va elementar bo‘lishi, fundamental nazariyalarni, fizika uslublarini, qonunlarini, o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini, fikrlashlarini to‘g‘ri shakllantirishi, o‘quvchilarga politexnik ta’lim berishi lozim.
Fizika kursining mazmuni va hajmini aniqlab beruvchi asos — dasturdir. U o‘quvchilar o‘rganadigan asosiy bilimlarni aniqlab beradi. Dastur Davlat ta’lim standarti talablariga asosan tuziladi.
Fizika kursining tuzilishlaridan eng yaxshisi bosqichli qurilishidir. U pedagogika va didaktika talablariga to‘la javob beradi. Bunga ko‘ra maktab fizika kursining mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. Tayyorlov davrida 3—5-sinflarda tabiatshunoslik, tabiiy geografiya va mehnat darslarida fizika elementlarini o'rganish.

  2. Kursning birinchi bosqichi: 6—9-sinfdarda fizikani o‘rganish.

  1. Kursning ikkinchi bosqichi: kasb-hunar kollejlari va Akademik litseylarda fizikani o‘rganish.

O‘rta umumta'lim maktablarida fizika ta’limining asosiy vazifalari:

  • o‘quvchilarni fizik hodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar, o‘lchashlar, fizikaning amaldagi tatbiqlari, olamning fizik manzarasiga oid bilimlar bilan tanishtirish;

  • o‘quvchilarni fan-texnika taraqqiyoti, fizika qonuniyatlarining amalda qo‘llanilishi bilan tanishtirish;

  • koinotning tuzilishi va undagi hodisalar haqidagi bilimlar berish orqali ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish;

  • buyuk mutafakkirlarimiz va hozirgi davrdagi vatanimiz fizik olimlarining faoliyatlari bilan tanishtirish, ta’lim mazmunini atrofdagi mahalliy va tarixiy materiallar bilan boyitish orqali o‘quvchilarni milliy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

  • ta’lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqqiyoti bilan bog'lash orqali o‘quvchilarni ongli ravishda kasbga yo‘naltirish, o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’lim muassasalarida o'qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlash;

  • fizikaga oid asbob uskunalardan foydalanish, sodda o‘lchov va tajriba ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, qoidalariga rioya qilish malakalarini shakllantirishdan iborat.

Shu vazifalarni amalga oshiruvchi, ya’ni «O‘rta umumta’lim maktablari uchun fizikadan davlat ta'lim standarti»ga asoslangan holda dastur tuzildi. O‘rta umumta'lim maktablarida fizika o‘qitish shu dastur asosida olib boriladi.
Fizika o‘qitishning asosiy vazifasi:

  • fizika kursining o‘qitish izchilligini ta'minlash;

  • fizikaning barcha bo‘limlari bo‘yicha asosiy fizik qonunlar, qonuniyatlar va ularning formulalari bilan tanishtirish;

  • fizik jarayon, hodisa, tushuncha hamda qonunlarni o‘rganish ketma-ketligi mantiqiy to‘g‘ri va oddiydan murakkabga qarab borish tamoyiliga rioya qilish;

  • fizik hodisalar va jarayonlarni kuzatish usullari bilan tanishtirish;

  • tajriba o‘tkazish, uning natijalarini hisoblash, xatoliklarni hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilish;

  • asosiy fizik qonun va hodisalarni to‘g‘ri talqin qilish, ularni masala yechishga tatbiq etish va tajribada tekshirib ko‘rish ko‘nikmalarini hosil qilish;

  • oliy o‘quv yurtiga kirish uchun zarur bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarni hosil qilish;

  • o‘quvchilarning fizik tafakkurini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini oshirish hamda hayotda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni to‘g‘ri talqin qilishga o‘rgatish;

hozirgi zamon fizikasining fandagi, hayotdagi, texnikadagi, ekologiyadagi va boshqa tarmoqlardagi muammolarni hal etish yo‘lidagi roli bilan tanishtirish kerakligini ko‘rsatishdan iboratdir.



Download 108,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish