Boshlovchi qiz: Endi barcha maktabdan o’zlarining ijodiy ishlari bilan qatnashayotgan o’quvchi yioshlarni davraga taklif qilamiz, marhamat qiling.O’quvchilar qollarida o’zlari yasagan ijodiy ishlari bilan saxnaga chiqadilar va bu ijodiy ishining mohiyati haqida yarim minutdan bildirgi beradilar (slayd ko’rinishi maqsadga muvofiq). Boshlovchi yigit: Qarang aziz mehmonlaru, qadrli ishtirokchilar Ona yurtimizning go’zalligiga, Tinchlik deb atalgan buyuk ne’matimizga ko’z tegmasin. Fizika fan oyligining har bir kunida mana shunday uyushib, ijodiy yondashib harakat qilsak, fikr almashib birgalikda harakat qilsak yanada maqsadlarimiz sari yaqinlashib borar ekanmiz. Ona yurtimiz tuprog’ida ne – ne aziz allomalar hoki bor. Anjumanimiz sadolariga qushlar chug’uri jo’r bo’layotgan bir paytda o’tgan buyuk allomalar ruhi ham shod bo’layotganini his qilasiz … mumtoz musiqa tobora balandlashib boradi va kuy ostida sahnaga Buyuk allomalarimiz bo’lmish Al Farg’oniy (127-maktab o’quvchisi_________), Beruniy (48-maktab o’quvchisi_________), Ibn Sino (73-maktab o’quvchisi____________), Ulug’bek (135-maktab o’quvchisi ________)lar chiqib kelishadi… --- Al Farg’oniy bobomiz qo’llarini oldinga cho’zgan holda tomoshabinlarga qarab --- Assalomu alaykum aziz avlodlarim, sizning yoshligingiz, yashash tarzingiz sizgacha bo’lgan barcha ajdodlaringiz uchun orzu edi. ( qolgan uchta alloma bir birlariga qarab qo’l va bosh irg’atish ishoralari bilan ustoz so’zlarini tasdiqlashadi) qanchalik qiyin zamonlar bo’lmasin ilmu-fan rivoj topaverdi. Biz sizlardan haqiqiy bilim egalari, olimu-fuzalolar yetishib chiqishiga ishonamiz. ( qolgan uchta alloma bir birlariga qarab qo’l va bosh irg’atish ishoralari bilan ustoz so’zlarini tasdiqlashadi). --- Endi buyuk alloma Beruniy ko’zlarida quvonch bilan oldinga intilar ekan shunday deydi --- Qanday go’zal davr bu davr. Bu go’zal hayotga yetguncha qanchadan – qancha yaxshi orzular qilindi va ularga yetishish maqsadida harakatda bo’lindi. Bugungi kunga kelib, qadimiy yaxshi niyatlar amalga oshganini ko’rib hursand bo’ldik (Allomalar tasdig’i, imo ishoralar bilan). Siz aziz yoshlar minglab yillik intilishlar mevasi bo’lgan bu vatanni asrashingizga ajdodlarga xos avlodlar bo’lishingizga ishonamiz. --- Endi Ibn Sino bobomiz oldinga chiqib keladilar va --- Assalomu alaykum mening aziz avlodlarim. Haqiqatdan ham har biringizda buyuk bo’lishga imkoniyat bor. Bu ne’matlardan o’rinli foydalaning. Biz zamondosh do’stim Beruniy bilan biror ilmiy mavzuda fikr almashishimiz uchun bir-birimizga maktublar yozib, javobini ba’zan oylab, ba’zan yillab kutgan bo’lsak siz aziz o’quvchi yoshlarning axborot almashinuvingiz bir zumda suratli, jonli(videoli) va ovozli ko’rinishda ekanligini ko’rib quvondik. Jahonning ko’plab tillarini o’rganishdan avval albatta o’z ona tilimizni chuqur o’rganing. Bu esa sizning buyuklik yo’lingiz kalitidir… --- Endi Shohona yurish va viqor bilan Mirzo Ulug’bek oldinga chiqadilar va da’vatli bir hayajonli ovoz bilan (she’riy)…. Boshlovchi qiz: Allomalarga bag’ishlangan she’riy parcha o’qiydi. Har bir maktabdan bittadan o’quvchi davom ettiradi… Boshlovchi yigit she’riy parcha o’qigach allomalarni o’tirishga taklif qiladi va navbatni 89 va 172-maktab o’quvchilari tomonidan tayyorlangan raqsga beradi (Raqslar albatta vatan madhiga bag’ishlangan bo’lgani ma’qul. Masalan: “Kalishim kanda qushim” kabi Bahoriy, Navro’ziy qo’shiq…). Raqs tugashi bilan 160-maktabning xo’r jamoasi qatnashchilari davrani toldirib shox chiqib keladilar va Vatan xaqidagi qo’shiqlardan bittasini kuylaydilar.