Bitiruv malakaviy ish mavzuining dolzarbligi - fizika o’qituvchilariga dars jarayonida tarixiylik tamoyillarining didaktik salohiyatidan amaliy foydalanishni o’rgatish o’qitish samaradorligini oshirishning kuchli omilidir. Fizika fanlarini zamonaviy talablar asosida o’qitish va kasbiy qiziqishni kuchaytirish dars mazmunini tarixiy ma`lumotlar bilan boyitish, fizika fanining taraqqiyoti jamiyat rivojlanish jarayoni bilan uzviy bog’liqligini talabalarga etkazish va ular ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning muhim tarkibiy qismidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |