Fizika ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun Halimova Shahnoza Ikrom qizi



Download 2,69 Mb.
bet23/31
Sana02.01.2022
Hajmi2,69 Mb.
#312094
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Bog'liq
Mеxanika masalalarini yеchishda saqlanish qonunlarining qo’llanishi

Masala yechish namunalari

1-masala. 160 kg massali havo shariga arqonli narvon bog`langan. Narvonda 40 kg massali bola turibdi. Sharni Yerga nisbatan tinch turibdi deb hisoblab, sharning bola arqon bo`ylab ko`tarilgan vaqtdagi tezligini aniqlang. Bolaning narvonga nisbatan harakat tezligi ga teng.

Yechilishi: yerni sanoq boshi jismi deb qabul qilamiz. Koordinata sistemasining OY o`qini vertikal yuqoriga yo`naltiramiz. “Shar-bola” sistemasi berk hisoblanadi, chunki tashqi kuchlar (shar va bolaning og`irlik kuchlari hamda Arximed kuchlari) ning vektor yig`indisi nolga teng. Bu esa jismlarning suzish shartidan kelib chiqadi.


.

Demak, berilgan jismlar sistemasi uchun impulsning saqlanish qonuni o`rinli. Sharning Yerga nisbatan tezligini deb belgilaymiz. U holda bolaning Yerga nisbatan tezligi ga teng bo`ladi. “Bola-shar” sistemasining impulsi bola ko`tarila boshlashigacha nolga teng edi.

Impulsning saqlanish qonunidan foydalanib, quyidagi tenglamani tuzish mumkin:

Bundan


Hosil bo`lgan ifodadagi minus ishora shar tezligining yo`nalishi bola tezligining yo`nalishiga teskari ekanligini bildiradi.

Son qiymatlarini qo`yib quyidagini hosil qilamiz:



Havo shari tezligining yo`nalishini hisoblashlar bajarilmasdan, oldindan aytish mumkin. “Shar-bola” sistemasi massasi markazi qo`zg`almas bo`lib qolishi kerak, chunki u berk sistema hisoblanadi. Bola narvondan chiqayotganda shar pastgagina tushsagina bu talab bajarilishi mumkin.

2-masala. Gorizontal aylanish o`qiga ega bo`lgan M massali aravachaga mahkamlangan massali silindrga o`q tekkan. Rasmda ko`rsatilgan uchta holning qaysi birida aravachaning tezligi katta bo`ladi? O`q silindrga qadalib qoladi deb hisoblang. Ishqalanishni hisobga olmang. Ishqalanishni hisobga olmang.


Yechilishi. O`q silindrga qadalib qolgani uchun, ya’ni plastik to`qnashish bo`lgani uchun, bu masalani yechishda mexanikaviy energiyaning saqlanish qonunini qo`llash mumkin emas. Mexanikaviy

energiyaning bir qismi issiqlikka aylanadi. Buni hisobga olib, quyidagini yozish mumkin:




(23)

(23) ifodadan aravachaning tezligi ikkinchi holda katta degan xulosa chiqarish mumkin edi, chunki bunda ikkinchi qo`shiluvchi nolga aylanadi. “Aravacha-silindr-o`q” berk sistema uchun impulsning saqlanish qonunini qo`llab, quyidagini hosil qilamiz:




(24)

(24) ifodadan ko`rinib turibdiki, aravachaning tezligi uchala hol uchun bir xil va quyidagiga teng:



Ushbu javob (23) ifodaga zid emas. Bundan faqat ikkinchi holda birinchi va uchinchi hollardagiga nisbatan o`qning kinetik energiyasining ko`p qismi issiqlikka aylanadi.



3-masala. M massali zambarakdan m massali snaryad otilgan. Snaryad gorizontga nisbatan burchak ostida yo`nalib, Yerga nisbatan tezlik oladi. Snaryad otilgandan keyingi zambarakning tezligini aniqlang. Zambarakning gorizontal sirt bo`yicha harakati vaqtdagi ishqalanishni hisobga olmang.

Yechilishi: “Zambarak-snaryad” sistemasiga tashqi kuchlar ta’sir qilmaydigan gorizontal yo`nalish uchun impulsning saqlanish qonunini qo`llash mumkin. Koordinata sistemasining OX o`qini snaryadning uchish yo`nalishi bo`yicha gorizontal yo`naltiramiz. Bunday holda impulsning saqlanish qonuni OX o`qqa proyeksiyasi quyidagi ko`rinishda yoziladi:

bundan quyidagini hosil qilamiz:





4-masala. Avtomobil gorizontal yo`lda tekis tezlanuvchan harakatlanib tezlikka erishadi. Avtomobil dvigatelining tezlik olish vaqtida tezlikkacha (yo`lning uchastkasida) erishish uchun bajargan ishi tezlikdan tezlikkacha (yo’lning uchastkasida) erishishi uchun bajargan ishiga tengmi?

Yechilishi: Dvigatel bajargan ish avtomobilning faqat kinetik energiyasining ortishiga ketadi deb hisoblaymiz:

.

Demak, tezlik olish uchastkasida dvigatel quyidagiga teng bo`lgan A ish bajaradi:





uchastkada ish quyidagiga teng bo`ladi:


ko`rsatilgan tezlik olish uchastkalaridagi ishlarning nisbati quyidagiga teng:


ya’ni tezlik qanchalik katta bo`lsa, dvigatel harakat tezlanishini o`zgartirmasdan saqlash uchun shunchalik ko`p ish bajarish kerak.

Xuddi shu natijani boshqacha yo`l bilan olish mumkin edi. Tekis tezlanuvchan harakatda tezlanishning kattalikka o`zgarishiga teng vaqt intervalida sodir bo`ladi. Boshlang`ich tezligi noldan boshlangan tekis tezlanuvchan harakatda keyingi teng vaqt oralig`ida bosib o`tgan yo`lning nisbati quyidagiga teng bo`ladi:



bundan


5-masala. Bir-biri bilan sharnirli biriktirilgan bir jinsli sterjendan iborat m massali osma AB ipda tutib turiladi.Shu ipning elastiklik kuchini aniqlang.



Yechilishi. Masalani yechishda quyidagi usuldan foydalanish mumkin. AB ipni juda kichik kattalikka tortamiz. Bunday holda osmaning B nuqtasi masofaga, osmaning massa markazi esa masofaga ko`tariladi.

Ipni qisqartirishga sarf bo`lgan ishni og`irlik kuchi ishiga tenglab, quydagini hosil qilamiz:



bundan



Bu masalani yechishda foydalanilgan usulmexanikada keng ishlatiladi. Bu usulga mumkin bo`lgan ko`chishlar prinsipi deyiladi.

6-masala. Idishdagi zichlikli suyuqlikka zichligi bo`lgan jism botirilgan. Jismning suyuqlikka botish chuqurligi o`zgarganda “Suyuqlik-jism” sistemasining potensial energiyasi qanday o`zgaradi?

Yechilishi. Potensial energiyani hisoblashda boshlang`ich sath sifatida jism massa markazi turgan gorizontal sathni tanlaymiz. Jismning suyuqlikka botish chuqurligi o`zgarganda uning potensial energiyasi quyidagiga teng bo`ladi:

bunda, V-jismning hajmi.


Suyuqlikning jism hajmiga teng hajmli qismi jismning ko`chish yo`nalishiga teskari tomonga balandlikka ko`chadi. Bunda suyuqlikning potensial energiyasi quyidagi kattalikka o`zgaradi:

“Suyuqlik-jism” sistemasi potensial energiyasining to`la o`zgarishi quyidagiga teng:



Agar jismning zichligi suyuqlik zichligidan kichik bo`lsa, u holda jism suzib yuradi. “Suyuqlik-jism” sistemasining potensial energiyasi kamayadi chunki . Agar jismning zichligi suyuqlik zichligidan katta bo`lsa, u holda jism cho`kadi. “Suyuqlik-jism” sistemasining potensial energiyasi bunda ham kamayadi chunki .

Bu masalani yechishda hosil qilingan natija yuqori darajada umumiylikka ega. Tabiatning eng umumiy qonuniyati bor, u quyidagicha: “har qanday o`zaro ta’sirlashuvchi jismlar sistemasi potensial energiya zapasi juda kichik bo`lgan holatga o`tishga intiladi”.



7-masala. Prujinaga m=0,1kg massali yuk osilgan va uni x=0,01 m masofaga cho`zib, qo`yib yuborilgan. Yukning maksimal harakat tezligini aniqlang. Prujinaning bikrligi k=40N/m ga teng.

Yechilishi. Koordinataning sanoq boshi nuqtasi qilib, jismlarning prujina deformatsiyalanmagan vaqtdagi massa markazi turgan nuqtani qabul qilamiz. Bu holatda yukning potensial energiya kattaligini nolga teng deb hisoblaymiz.

Og`irlik kuchi ta’siri ostida prujina deformatsiyalanadi. Qandaydir holatda yukka ta’sir etuvchi barcha kuchlarning teng ta’sir etuvchisi nolga teng:




(25)




Bu holatda yukning tanlangan sathga nisbatan potensial energiya zapasiquyidagiga teng:

Yukni masofaga og`dirganda prujinaning potensial energiyasi quyidagiga teng:



Ushbu holatda jismning potensial energiyasi quyidagiga teng:

Qo`yib yuborilgandan keyin yuk muvozanat holatidan o`tish paytida maksimal tezlik ga erishadi. Bu vaqtda “Yer-yuk-prujina” sistemasining to`la mexanikaviy energiyasi quyidagiga teng:

Ko`rilayotgan jismlar sistemasi berk bo`lgani va unda koordinataga bog`liq bo`lgan kuchlar ta’sir qilgani uxhun energiyaning saqlanish qonunini qo`llab, quyidagini hosil qilamiz:

Algebraik o`zgartirishlarni bajarib, quyidagini olamiz:

(26)

(25) va (26) ifodalardan quyidagi kelib chiqadi:

bundan



Son qiymatlarni qo`yib, quyidagini hosil qilamiz:

8-masala. Agar massali raketa tezlanish bilan joyidan vertikal qo`zg`alsa, raketa start paytida 1s da qancha yonilg`i sarf qiladi? Gazning chiqish tezligi .

Yechilishi. Start paytida raketaga tashqi kuch , og`irlik kuchi va reaktiv kuch ta’sir qiladi. Mesherskiy tenglamasiga muvofiq bo`ladi. Yer bilan bog`liq bo`lgan sanoq sistemasini tanlab, kuch va tezlanishlarning vertikal o`qqa proyeksiyasi uchun Mesherskiy tenglamasini yozamiz:

bundan


Bu ifodadagi reaktiv kuchning absolyut qiymati ni to`yib, quyidagini hosil qilamiz:



Demak, yonilg`ining bir sekunddagi sarfi quyidagiga teng bo`ladi:





Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish