“Fizika” ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun


II BOB. FIZIKA FANINI BOSQICHLI O’QITISH XUSUSIYATLARI



Download 110,82 Kb.
bet12/59
Sana11.01.2022
Hajmi110,82 Kb.
#352389
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Bog'liq
Fizika fanini bosqichli o’qitish xususiyatlari

II BOB. FIZIKA FANINI BOSQICHLI O’QITISH XUSUSIYATLARI

2.1. Ta‘lim bosqichlari o‘rtasidagi amaliy hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-avgustdagi

390-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlariga berilgan sharhlar «2004–2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» doirasida qayta ko‘rib chiqildi.

Tahlillar asosida Davlat ta’lim standartlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bir-biridan ajratildi hamda sinflar kesimida alohida-alohida belgilab berildi «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi xizmati va Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kompleksining 2010-yil 17-martdagi qo‘shma yig‘ilishi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, yuqori

kasb mahoratiga ega o‘qituvchilar, yetakchi olim va mutaxassislarni jalb etgan holda, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi guruhlari tuzildi. Mazkur ishchi guruhlar tomonidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklari uzviyligi, uzluksizligi hamda o‘quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlariga mosligi ikki bosqichda tahlil qilindi. Birinchi bosqichda umumiy o‘rta ta’limda o‘qitiladigan 24 ta o‘quv

fani bo‘yicha DTS, o‘quv dasturi va darslik mazmuni sinflar kesimida tahlil qilinib, tegishli xulosa va takliflar tayyorlandi. Ikkinchi bosqichda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘rganilishi davom etadigan 17 ta umumta’lim fanlari, jumladan, fizika fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari uzviylik va uzluksizlik jihatidan tahlil qilinib, o‘quvchilarning ta’lim bosqichlarida egallashlari lozim bo‘lgan bilimlarining hajmi optimallashtirildi.

Ishchi guruhlar xulosalari va tahlillari, Ilmiy-metodik kengash tavsiyalari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fanidan jami 39 soat hajmdagi 33 ta mavzu optimallashtirildi. Shundan 37 soat hajmdagi 31 ta (yillik yuklamaning 18,1%) mavzu akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari yoshiga xosligi sababli umumiy o‘rta ta’limdan chiqarilib, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o‘tkazildi. 6-sinf o‘quv dasturidagi 2 soat hajmdagi 2 ta (yillik yuklamaning 3%) mavzu esa 9-sinfga o‘tkazildi.

Bitiruv malaka ishi ilovasida fizika fanidan uzviylashtirilgan o‘quv dasturini amalga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar hamda taqvim-mavzu rejalar keltirilgan.

6-sinf o‘quv dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha darslarni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar : 6-sinf o‘quv dasturining «Yorug‘lik hodisalari» bobidan 2 soat hajmdagi 2 ta mavzu 9-sinfga o‘tkazildi. Shu soat hisobidan 6-sinf o‘quv dasturining «Yorug‘lik hodisalari» bobiga 2 soatlik amaliy mashg‘ulot kiritildi. Darslikdagi (86-bet) «Foydali ish koeffitsienti» mavzusi «Richagning muvozanatda bo‘lish shartini o‘rganish» laboratoriya ishi bilan almashtirildi.

6-sinf o‘quv dasturidagi «Yorug‘lik hodisalari» bobida 53-darsda o‘rganiladigan «Fotoapparat» va «Lupa» mavzulari (darslikda 129-bet) 9-sinfga o‘tkazildi. Mazkur mavzularga ajratilgan soatlar «Yorug‘lik hodisalari» bobidagi mavzularga doir masalalar yechishga berildi. Taqvim mavzu rejadagi 51- va 58- darslarda «Yorug‘lik hodisalari» bobiga doir masalalar yechish mumkin

7-sinf o‘quv dasturiga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha darslarni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar : umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari yoshiga xos bo‘lmaganligi hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 1-kursida kengaytirilgan holda takroran o‘rganilayotganligi sababli quyidagi 14 soatlik 12 ta mavzu 7-sinf o‘quv dasturidan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o‘tkazildi:

1. Galileyning nisbiylik prinsipi.

2. Tebranma harakat. Erkin tebranishlar.

3. Tebranishlar amplitudasi, davri va chastotasi.

4. Matematik mayatnikning tebranish davri.

5. Prujinaga osilgan yukning tebranishi.

6. Tebranma harakatda energiyaning aylanishi.

7. Majburiy tebranishlar. Rezonans.

8. Mexanik to‘lqinlar. Ko‘ndalang va bo‘ylama to‘lqinlar.

9. To‘lqin uzunligi, uning tarqalish tezligiga va davri (chastotasi)ga

bog‘liqligi. Tovush to‘lqinlari.

10. Suyuqlik va gazlarda harakatlanuvchi jismga ta’sir etuvchi kuchlar.

11. Harakatlanuvchi suyuqlik va gazlarning bosimi.

12. Quvurda oqayotgan suyuqlikning bosimi bilan tezligi orasidagi

bog‘lanishdan texnikada foydalanish.

Mazkur soatlar hisobidan 7-sinf o‘quv dasturining «Kinematika asoslari» bobiga (6 soat), «Dinamika asoslari» bobiga (2 soat), «Saqlanish qonunlari» bobiga (6 soat) amaliy mashg‘ulotlar (laboratoriya ishlari va masalalar yechishlar) uchun soatlar rejadagi 5-, 8-, 12-, 15-, 17-, 21-darslarda quyidagi materiallardan foydalanish mumkin. 5-dars. «To‘g‘ri chiziqli harakat tezligi. Harakatning grafik tasviri» mavzusiga doir masalalar yechish, 8-dars. «Notekis harakatda tezlik» va «Tekis o‘zgaruvchan harakatda tezlanish» mavzulariga doir masalalar yechish, 12-dars. «Tekis o‘zgaruvchan harakat tezligi» va «Tekis o‘zgaruvchan harakatda bosib o‘tilgan yo‘l» mavzulariga doir masalalar yechish, 17-dars. «Moddiy nuqtaning aylanma tekis harakati» mavzusiga doir masalalar yechish, 21-dars. Aylana bo‘ylab tekis harakatga doir masalalar yechish kabilar.

7-sinfdagi «Saqlanish qonunlari» bobiga 6 soat hajmdagi, amaliy mashg‘ulotlar (laboratoriya ishlari va masalalar yechish) kiritilgan. Darslikning 145-betidagi “Matematik mayatnik yordamida erkin tushish tezlanishini aniqlash" laboratoriya ishi o‘rniga taqvim-mavzu rejadagi 55- darsga « Jismni ko‘tarishda va shu masofaga gorizontal ko‘chirishda bajarilgan ishni hisoblash» mavzusidagi laboratoriya ishi kiritilgan. Taqvim-mavzu rejadagi 51-, 56-, 59-, 63-, 65-darslarda tegishli mavzularga doir masalalar yechish kiritilgan. . Bunda quyida berilgan materiallardan foydalanish tavsiya etiladi. 51-dars. «Impuls» va «Impulsning saqlanish qonuni» mavzulariga doir masalalar yechis, 55-dars. Jismni ko‘tarishda va shu masofaga gorizontal ko‘chirishda bajarilgan ishini hisoblash, 56-dars. «Mexanik ish» mavzusiga doir masalalar yechish, 59-dars. «Kinetik energiya» va «Potensial energiya» mavzusiga doir masalalar yechish, 63-dars. «Quvvat» mavzusiga doir masalalar yechishkabi mavzular bilan almashtirildi.

O’quv jarayoniga kompetenstiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o’quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozistiyasiga ega bo’lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikastiya texnologiyalaridan o’z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog’lom raqobat hamda umummadaniy ko’nikmalarini shakllantirish masalasi keyengi bo’limda qaraladi.




Download 110,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish