Cheksiz kichik miqdorlarni tahlil qilish usuli – bu suyuqlik va gazlar muvozanati va harakati jarayonlarini miqdoriy tavsiflashning boshqa usullariga nisbatan eng qulayidir. Bu usul ob’ektlar harakatini atom-molekulyar darajasida, ya’ni harakat tenglamasini chiqarishda suyuqlikni (yoki gazni) modda tuzilishining molekulyar-kinetik nazariyasi nuqtai nazaridan qarash zarur bo‘lganda juda yaxshi samara beradi. Bu usulning asosiy kamchiligi – bu abstraktlikning deyarli yuqori darajada ekanligida bo‘lib, talabadan nazariy fizika sohasida juda keng bilimga ega bo‘lishni hamda matematik analiz va vektor analizning har xil usullaridan mohirona foydalanishni talab qilishidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |