“Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana15.04.2020
Hajmi1,92 Mb.
#44806
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Metrologiya


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASh 
VAZIRLIGI 
TOShKENT FARMASEVTIKA INSTIUTI 
 
 
 
“Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi  
 
 
                                                                                              “Tasdiqlayman”  
O’quv ishlari bo’yicha prorektor      
                                                                                             f.f.n., S.U.Aliyev 
_______ _________________  
                                                                                   “___” _________2016 yil 
 
5510600-Sanoat farmasiyasi (turlari bo’yicha) 
 
 
METROLOGIYA
 
fanidan 
O’QUV USLUBIY MAJMUA 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2016 

 
Tuzuvchi: 
S.Y.Inog’omov - ―Fizika, matematika va axborot texnologiyalari‖ kafedrasi       
                              dotsenti, t.f.d.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O’quv uslubiy majmua kafedraning  
2016  yil  ―___‖  _______________  dagi  ____  -sonli  majlisida  muhokama  qilinib, 
tasdiqlash uchun tavsiya etildi. 
 
 
 
 
 
 
Fizika, matematika va axborot  
texnologiyalari kafedrasining  
dotsenti, t.f.d.                                                                     K.K. Shodmonov 
 
 
 
 
 
 
 
 
O’quv uslubiy majmua MUKda ko’rib chiqildi va tasdiqlandi. 
―___‖ _______________ 2016 yil ____ - sonli bayonnomasi. 
 
 
 
 

 
МУНДАРИЖА 
Ўқув дастури     ............................................. ….   0 
Ишчи дастур    ...................................................     5 
Тестлар   .............................................................    25  
Назорат учун саволлар (ЖН, ОН ва ЯН) .......  42 
Умумий саволлар   ............................................   44 
Глоссарий   ...........................................................  47 
Реферат   мавзулари .........................................    49 
Адабиётлар рўйхати   .......................................    50 
Ўқув материаллари    
(маъруза матни, ўқув қўлланма)   ..................    51 
Ҳорижий манбалар   .........................................    231 
Муаллифлар ҳақида маълумот  .....................   234 
Меъёрий хужжатлар   ......................................... 235  
Баҳолаш меъзони   ..............................................  236 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 
O’RTA  MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
 
 
Ro’yxatga olindi:                                        Oliy va o’rta maxsus ta’lim 
№ __________                                           vazirligining  2016  yil   
2016    yil “____” ____                              “___”    ____   “____”  - sonli 
                                              buyrug’i bilan tasdiqlangan 
                                              
 
       
 
 
 
 
METROLOGIYA  VA STANDARTIZASIYA 
 
fanining 
 
O’QUV DASTURI 
 
 
Bilim sohasi:                500000 Sog’liqni saqlash va ijtimoyi ta’minot 
Ta’lim sohasi:              510000 Sog’liqni saqlash 
Ta’lim yo’nalishi         5510600 Sanoat farmatsiyasi (Dori vositalari) 
                                      5510600 Sanoat farmatsiyasi (osmesevtika) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2016 
 

 
Fanning  o’quv  dasturi  Oliy  va  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  yo’nalishlari 
bo’yicha  o’quv-uslubiy  birlashmalar  faoliyatini  Muvofiqlashtiruvchi  Kengashining 
2016   yil  ―___― _______  dagi  ―____― – sonli bayonnomasi  bilan ma’qullangan. 
 
 
Fanning o’quv dasturi Toshkent farmasevtika institutida ishlab chiqildi. 
 
 
 
 
 Tuzuvchilar: 
   
S.Yo.Inog’omov - Fizika, matematika va AT kafedrasi mudiri, dotsent. 
     
  
 
Taqrizchilar: 
 
S.Amirov -  TIKXMMI Elektrotexnika asoslari kafedrasining       
                         mudiri, t.f.d., prof.  
 
F.X. To’xtaev - Toshkent farmasevtika instituti Biotexnologiya kafedrasining dosenti, 
f. f. n.. 
     
  
   
       
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Fanning  o’quv  dasturi  Toshkent  farmasevtika  instituti  Ilmiy  –uslubiy 
Kengashida  ko’rib chiqilgan va tavsiya qilingan. (2016 y «____»             dagi     - 
sonli bayonnoma). 
 
 
 

KIRISH 
 
Hozirgi  zamon  fani  va  texnikasining  jadal  rivojlanishi  sanoat  farmasiyasi 
yo’nalishi bo’yicha faoliyat yuritadigan muhandis – texnolog hodimlarning nihoyatda 
yuksak  bilim  darajasiga  ega  bo’lshini  talab  qilmoqda.  Bu  esa  oliy  o’quv  yurtlarida 
kadrlar  tayyorlash  usul-uslubini  muttasil  takomillashtirishni taqozo  etmoqda.  Bunda 
muhandis  -  biotexnologlar  uchun  o’qitiladigan  metrologiya  fanining  ahamiyati  juda 
katta.  Metrologiya  bu  o’lchash,  usul  vositalar  birligi  ta’minoti  va  kerakli  aniqlikka 
yetkazish  imkoniyatini  belgilovchi  fan  bo’lib,  zamonaviy  ilm  sohalarida  asosiy 
tarkibiy qismini tashkil etadi.  
 
                         Fanni  maqsadi va uning vazifalari 
 
Metrologiya  fanining  maqsadi  –  injener  -  texnolog  mutaxassisligi  bo’yicha 
ta’lim  olayotgan  bakalavrlar  uchun    metrologik  ta’minot,  elektrik  va  noelektrik 
metrologik  parametrlarni  standartlashtirish  asoslarini  o’zlashtirish,  o’lchov  hamda 
ishlab chiqarishda qo’llaniladigan o’lchov- asboblarini ishlatishda chuqur nazariy va 
amaliy bilimga ega bo’lgan bakalavrlar tayyorlashdan hamda xalq xo’jaligining turli 
soxalarida,  sanoatda,  texnikada,  iqtisodiyotda,  dori  vositalari  ishlab  chiqarishda 
nazorat  va  iste’mol  bilan  bog’liq  bo’lgan  turli  sohalarda  me’yoriy  xujjatlar  va 
standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malaka hosil qilishdan iboratdir.  
 
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga  qo’yiladigan 
talablar 
 
Metrologiya va standartizasiya fanni o’zlashtirish jarayonida bakalavr:  
- elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni o’lchash bo’yicha nazariy va amaliy 
bilimlarni egallashlari kerak. 
-  metrologiyada  qonunshunoslik  va  standatlarning  xuquqiy  va  me’yoriy 
nizomlarini,  Davlat  standartlari  (DAST)  ni,  tarmoq  standatlari  (TAST)  ni  bilishlari 
shart. 
-  o’lchash  usullari,  qurilmalari,  elektr  o’lchash  asboblarining  o’lchash 
sxemalari,  texnik  tavsiflari,  qo’llanilish  soqalari  va  o’lchash  texnika  xavfsizligi 
qoidalarini bilishlari kerak. 
-  asosiy  fizik  kattaliklar  o’lchamlarini  etalonlarini  va  tekshirish  usullarini 
bilishlari kerak. 
-  har  bir  talaba  o’lchash  usulini,  elektr,  magnit  va  noelektrik  kattaliklarni 
o’lchash  uchun  asboblarni  tanlay  olishlari,  elektr  o’lchash  asboblarini  ulashni  va 
o’lchash xatoligini aniqlashni bilishlari kerak. 
 
Bular bilan bir qatorda bakalavr: 
- o’lchashning nazariy asoslari bo’lgan metrologiya fanini o’rganish; 
-  o’lchashlar  va  vositalar  umumbirligi  va  talab  etilgan  aniqlikka  erishish 
usullarini o’rganish; 

-  Universal  o’lchash  usuli  bo’lgan  elektr  o’lchashlarni  nazariy  asoslarni 
o’rganish va mukammal bilishi kerak.   
- metrologik ta’minotni me’yoriy huquqiy asosi bo’lgan standartni o’rganish 
- baholash usullari hamda vositalarini o’rganuvchi metrologiyani tarkibiy qismi 
haqida umumiy ma’lumotlarni bilish. 
- elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash vositalarini tanlash 
-  o’lchov  asboblarini  tanlash  sxemalarini  yig’ish  va  xatoliklarini  aniqlashni 
bilish malakalariga ega bo’lishi kerak 
 
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy 
jihatdan uzviyligi 
 
Metrologiya  fani  o’lchashlarning  nazariy  asoslarini  o’rganadigan  fan  bo’lib, 
umumiy  fizika  kursida  o’rganilgan  parametr  va    kattaliklarni  sanoat  va  ishlab 
chiqarishga  tatbiq  qilgan  holda  ko’rib  chiqiladi.  Metrologiya  fani  fizik  –  kimyoviy 
parametrlarni  o’lchashni,  universal  o’lchash  usuli  bo’lgan  elektr  o’lchashlarning 
nazariy  asoslarini  hamda  elektr,  magnit  va  noelektrik  kattaliklarni  amaliy  o’lchash 
vositalarini tanlashni o’rganishni umumiy fizika, matematika, elektrotexnika asoslari 
va mutaxassislik fanlari bilan bog’langan holda olib boradi.  
 
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni 
 
 
Metrologik  jarayonlarni  o’lchash  va  o’lchash  texnikasini  ishlab  chiqarishga 
keng  joriy  etish  uchun  har  bir  injener  –  texnik  hodim  metrologiya  asoslaridan 
texnologik  o’lchash  usullari  va  vositalaridan,  hisoblash  texnikasidan  o’lchash 
jarayonlarini  avtomatlashtirishda  foydalanish  imkoniyatlaridan  xabardor  bo’lishi 
zarur. O’lchash vositalari, ularni texnologik jarayonlarda tadbiq qilishni bilish, ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirishga va mahsulot sifatini yuqori darajaga ko’tarishga 
xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi. 
 
Shuning  uchun ―Metrologiya  asoslari‖  fani  dorishunoslik  yo’nalishi  bo’yicha 
injener-texnik  xodimlar  uchun  asosiy  ixtisoslik  fani  hisoblanib,  ishlab  chiqarish 
texnologik tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. 
 
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
 
 
Metrologiya  fani  ilmiy-  texnika  taraqqiyotida  yetakchi  rol  o’ynaydi.  Shuning 
uchun  talabalar  bu  fanni  chuqur  o’zlashtirishlari uchun  amaliy  ish  mashg’ulotlarini 
muntazam  ravishda  o’tkazish  rejalashtiriladi.    Talabalar  fanning  nazariy  qismidan 
olgan  bilimlarini  amalda  qo’llashlari  va  o’z  mahoratlarini  to’la  namoyish  qilishlari 
uchun  amaliy  ishlarni  shunday  tashkil  qilish  kerakki,  unda  asbob-uskunalardan, 
ko’rgazma  qurollaridan,  plakatlardan,  slaydlardan,  diafilmlardan,  videofilm  va 

kompyuterdan  foydalangan  holda  olib  boriladi.  Bu  esa  talabalarda  o’lchash 
sxemalarini  mustaqil  tuzish  uchun  hamda  o’lchov  asboblarini  ishlab  chiqarishga 
tatbiq qilish uchun nazariy, hamda amaliy zamin bo’ladi.  
   
ASOSIY QISM 
 
Fanga kirish  
 
Metrologiya  fanining predmet  va  vazifalari. Fanning asosiy  maqsadi va uning 
ishlab chiqarishdagi roli.  
 
O’lchashlar haqida umumiy ma’lumotlar 
O’lchash xatoliklari va ularni baholash 
 
O’lchashlar.  O’lchash  turlari.  O’lchash  vositalari,  ularning  elementlari  va 
parametrlari.  
Xatoliklarning  statistik  xarakteristikasi.  O’lchov  vositalari  strukturasi.  Texnik 
o’lchashlarda  o’lchash  sistemalari  xatoliklarini  baholash.  O’lchov  vositalarining 
statik va dinamik xarakteristikalari. O’lchov asboblarining ishonchliligi. 
  
Temperaturani o’lchash 
 
Temperatura  va  temperatura  shkalalari  haqida  asosiy  ma’lumotlar. 
Temperatura  o’lchash  asboblarining  klassifikasiyasi.  Kengayish  termometrlari. 
Monometrik termometrlar. Termoelektr termometrlar.  
 
Qarshilik va nurlanish termometrlari 
 
Qarshilik 
termometrlari 
haqida 
umumiy 
ma’lumotlar. 
Qarshilik 
termometrlarining  tuzilishi  va  ulanish  usullari.  Logometrlar.  Nurlanish  pirometrlari. 
Temperaturani maxsus o’lchash uchun termometrlar.  
 
Suyuqliklarning zichligini o’lchash 
 
Asosiy ma’lumotlar va klassiffikasiyasi. Qalqovichli zichlik o’lchash asboblari. 
Vaznli zichlik o’lchagichlar.  Gidrostatik zichlik  o’lchagichlar. Radioizotopli zichlik 
o’lchagichlar.  
 
Bosimni o’lchash asboblari 
 
Asosiy  ma’lumotlar  va  klassifikasiyasi.  Suyuqlikli  bosim  o’lchash  asboblari. 
Deformasion, yukporshenli va elektr bosim o’lchash asboblari va ularni qo’llanilishi.  
Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathining 
balandligini o’lchash   

 
 
Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Ko’rsatish oynasi. Suyuqlik sathini 
o’lchashning usullari. Sochiluvchan moddalarning sathini o’lchash.  
 
Modda miqdori va sarfini o’lchash 
 
Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Suyuqlik va gazlar miqdorini o’lchash.  
Modda miqdori va sarfini o’lchashning usullari.  
 
Suyuqliklarning tarkibini analiz qilish 
 
 
Asosiy  ma’lumotlar  va  klassifikasiyasi.  Eritmalarni  analiz  qilishning 
konduktometrik,  potensiometrik,  optik,  avtomatik  titrlash  va  radioizotop  usullari  va 
qo’llanilishi. 
 
  
Suyuqliklarni qovushoqligini o’lchash 
 
 
Asosiy  ma’lumotlar  va  klassifikasiyasi.  Kapillyar  vizkozimetrlar.  Sharikli 
vizkozimetrlar. Rotasion vizkozimetrlar. Tebranishli vizkozimetrlar. 
  
Elektrik kattaliklarni o’lchash 
 
 
O’lchash mexanizmlari va ko’rsatuvchi asboblar. Magnitoelektrik mexanizmlar 
va asboblar. Elektromagnit mexanizmlar va asboblar.Elektrodinamik mexanizmlar va 
asboblar. Elektrostatik asboblar.Vibrasion asboblar. Logometrlar. 
 
Tok va kuchlanishni o’lchash 
Qarshiliklarni o’lchash 
 
O’lchash  usullari.  Galvanometrlar.  Galvanometr-larning  vazifasi  va 
xarakteristikalari. Quvvatni o’lchash.Elektr energiyasini hisobga olish. 
 
Qarshiliklarni o’lchashning har xil usullari. Ommetr va AVOmetr. Induktivlik 
va sig’imni o’lchash.  
 
Solishtirish asboblari 
Qayd qiluvchi asboblar 
 
 
Yakka  o’zgarmas  tok  ko’priklari.  Qo’shaloq  o’zgarmas  tok  ko’priklari. 
O’zgarmas tok potensiometrlari. O’zgaruvchan tok potensiometrlari. Yarim avtomat 
va avtomat ko’priklar va potensiometrlar.  
 
Vazifasi 
vaklassifikasiyasi. 
O’zi 
yozar 
asboblar. 
Elektromexanik 
ossiglograflar. Elektron ossillograflar.  
 
Elektr  o’lchash asboblarini tekshirish 
 
 

Rostlanuvchi qarshiliklar. Nagruzka transformatorlari  va avtotransformatorlar. 
Faza  ko’rsatkichlar  va  faza  rostlagichlari.  Ta’minlash  manbalari.  Tekshirish 
ustanovkalari. Izolyasiyani sinash ustanovkasi.  
 
 
Elektr o’lchash asboblarini tekshirish jihozlari 
 
Tekshirishning  tartibi  va  vazifasi.  Tekshirish  usullari  va  qoidalari. 
Ampermetr,voltmetr,  vatmetr,  ommetr  va    megommetrlarni  tekshirish.  Ko’priklar, 
potensiometrlar  va qarshilik magazinlarini tekshirish.    
   
Amaliy mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar 
 
Fan bo’yicha amaliy mashg’ulotlari namunaviy o’quv rejada ko’zda tutilmagan. 
 
Laboratoriya mashg’ulotlarini taxminiy ro’yxati  
 
1. O’lchov asboblarining aniqlik darajasini tekshirish 
2. Ampermetrning aniqlik darajasini tekshirish  
3. Voltmetrning  aniqlik darajasini tekshirish     
4. Quvvatni vattmetr bilan o’lchash. 
5. Qarshiliklarni ommetr bilan o’lchash. 
6. Galvanik elementlarning elektr yurituvchi kuchini kompensasіya 
    usuli  bilan aniqlash. 
7. Elektron ossillografning ishlashini o’rganish. 
8. Termopara doimiyligini aniqlash. 
9. O’tkazgich va yarimo’tkazgichlar qarshiligini temperaturaga  
    bog’liqligini o’rganish 
10. Bir fazali schyotchikni tekshirish. 
11. Bir fazali transformatorni nagruzkada tekshirib ko’rish. 
12. Galvanometrning bo’lim qiymati va ichki qarshiligi-ni  
      aniqlash. 
13. Kondensator sig’imini davriy zaryadlash va razryadlash usuli  
      bilan aniqlash. 
14. O’zgarmas tok zanjirida elektr qarshiliklarni o’lchash. 
15. O’zgarmas tok zanjirida quvvatni o’lchash. 
16. AVOmetr yordamida tok kuchini, kuchlanishni va qarshilikni  
      o’lchash. 
17. Avtomatik o’lchash ko’prigi va potensiometr yordamida haroratni  
     o’lchash. 
18. Transformatorning foydali ish koeffisientini aniqlash. 
19. Bir fazali transformatorning quvvatini aniqlash. 
20. O’lchov asboblari va o’zgaruvchan tok ko’priklari yordamida sig’im,  
      induktivlik va o’zaro induktivliklarni o’lchash 

 
Kurs ishini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar 
Fan bo’yicha kurs ishlari namunaviy o’quv rejada ko’zda tutilmagan. 
 
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni 
 
Talabaning  mustaqil  ishi  o’rganilayotgan  mavzu  yuzasidan  kengaytirilgan 
ma’lumotlar  yig’ish,  buning  uchun  axborot  texnologiyalarining  imkoniyatlaridan 
keng  foydalanib,  referat,  slayd,  tahlil  natijalarining  jadvallari,  mavzular  bo’yicha 
informasion  vositalardan  olingan  adabiyotlar  ro’yxati,  me’yoriy  texnik  hujjatlarning 
nusxalari  ko’rinishida  bo’lishi  mumkin.  Mustaqil  ishga  mo’ljallangan  mavzular  va 
topshiriqlar  talabaning  mustaqil  ishini  tashkil  etish  bo’yicha  kafedrada  ishlab 
chiqilgan va muntazam yangilanib boradigan uslubiy qo’llanmalarda keng yoritilgan. 
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari 
 
1. O’lchovshunoslik fanining sanoat, xalq xo’jaligi va dorishunoslik uchun ahamiyati. 
2. O’lchov vositalari bo’yicha davlat va tarmoq standarti  talablari bilan tanishish. 
3. Kontakt temperatura o’lchov asboblari bilan  tanishish. 
4. Distantsion temperatura o’lchov asboblari 
5. Suyuqlik tarkibini analiz qilish qurilmalarini  dori ishlab chiqarish 
texnologiyalarida qo’llanilishi. 
6. Suyuqlik tarkibini analiz qilish qurilmalarini dori vositalari sifatini nazorat qilishda  
qo’llanilishi. 
7. Suyuqlik zichligini aniqlash o’lchov asboblarini dori vositalari sifatini nazorat 
qilishda  qo’llanilishi. 
8. Elektrik kattaliklarni o’lchash asbobllari bilan tanishish. 
9. Noelektrik kattaliklarni o’lchash asbobllari bilan tanishish. 
10. Dori vositalarini qovushqoqligini aniqlash bo’yicha ma’lumotlar. 
11. Dori vositalarini qovushqoqligini aniqlash usullari  bilan tanishish. 
12. Kombinasion elektr o’lchov asboblarini tuzilishi va ishlatilishi bilan tanishish. 
13. Elektr o’lchov – asboblarining dori tayyorlash texnologiyasida ishlatilishi. 
14. Solishtirish asboblarini dori texnologiyasida qo’llanilishi. 
 
Dasturning informasion - metodik ta’minoti 
 
Ta’limning  zamonaviy  (xususan,  interfaol)  metodlari,  pedagogik  va  axborot 
kommunikasiya  (mediata’lim,  amaliy  dastur  paketlari,  prezentasion,  elektron-
didaktik) texnologiyalari ko’rinishida amalga oshiriladi. 
Darsliklar,  o’quv  qo’llanmalari, ayrim  mavzular  bo’yicha  uslubiy  ko’rsatmalar, 
ma’ruza  matnlarining  elektron  versiyalari,  elektron  darsliklar,  fanning  talabalar 

tomonidan  chuqur  o’zlashtirilishi  uchun  keng  imkoniyat  yaratilgan.  Tahlil 
natijalarining  matematik  xarakteristikasi  va  validasiyasi  bo’yicha  elektron 
dasturlardan ham foydalaniladi. 
Fan bo’yicha ba’zi bir ma’ruzalar video tasmaga tushirilgan, dikslarda (CD, DVD,) 
yozilgan va bu choralarning barchasi talabalarning fanni mukammal o’zlashtirishlari 
uchun xizmat qiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
Asosiy adabiyotlar 
 
1. Ismatullaev P.R. va boshqalar. Standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish. T. 2000 y. 
2. Axrorov N. O’lchovshunoslik asoslari va elektr o’lchashlaridan amaliy ishlar: .T.: 
O’zbekiston 1994. – 222 b. 
3. Muxamedov B.E. Metrologiya, texnologik parametrlarini o’lchash usullari va 
asboblari.- T. O’qituvchi. 1991y. –320 b. 
4. Inog’omov S. Metrologiya va elektr o’lchashlar bo’yicha laboratoriya ishlari. T. 
2007 y.  
Qo’shimcha adabiyotlar 
 
1. S.F. Amirov. Standartlash va metrologiya ma’ruzalar  matnlari tuplami, Toshkent 
2000 y. 
2. Ismatullaev P.R, Abdullaev A.X , Kodirova Sh.A, A’zamov A.A, Miralieva A.K, 
«Metrologiya standartlashtirish va sertifi- katlashtirish fanidan ma’ruza matnlari 
tuplami» Toshkent -1999.  
3. Ismatullaev P.R va boshkalar. Standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirishga mukaddima. Ukuv kullanmasi. Konstruktor  IGB Toshkent 
1995y.  
4. Ismatullaev P.R., Abdullaev A.X., Turg’unboev A., A’zamov A.A. 
O’lchashlarning fan va turmushdagi tutgan o’rni.Toshkent, 1995 y.   
5. Qodirov A. va boshqalar. Metrologiya va elektr o’lchashlar. Laboratoriya ishlari 
uchun qo’llanma. T.,  1995 y. 
6. Osnovu metrologii, standartizasii i kontrolya kachestvom. I.F.Shishkin. Uchebnoe 
posobie. –M.‖Izdatel’stvo standartov‖,  1991 g. 
7. Teoreticheskaya metrologiya. I.F.Shishkin. Uchebnik-M.Izdatel’stvo standartov , 
1990 g.    
 

Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish