“Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi



Download 1,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana15.04.2020
Hajmi1,92 Mb.
#44806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Metrologiya


 
Internet saytlari 
 
1. http: //www. Pharmi.uz 
2. http: //www. Ziyonet.uz 
 
 
 
 
 
 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI 
 
TOShKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI 
 
      Ro’yxatga olindi                                                                   “Tasdiqlayman” 
     №___________________                                                 O’quv ishlari bo’yicha 
 2016 y.  «___» ________                                             prorektor  f.f.n.,                                 
                                                                                       S.U.Aliyev 
____________________“_
___” ______2016 yil 
 
 
 
 
 
“METROLOGIYА VA 
STANDARTIZASIYА ” 
 
FANINING I Sh Ch I    
 
O’QUV D A S T U R I 
 
Bilim sohasi:        500000 Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot 
 
Ta’lim sohasi:       510000 Sog’liqni saqlash 
 
Ta’lim yo’nalishi: 5320500 Biotexnologiya (farmatsevtik biotexnologiya) 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2015   

Fanning  ishchi  o’quv  dasturi  o’quv,  ishchi  o’quv  reja  va  o’quv  dasturiga 
muvofiq ishlab chiqildi.  
 
Tuzuvchi: 
Inog’omov S Yo.    
 
Fizika, matematika va axborot texnologiyalari           
                                                   kafedrasi dosenti, k.f.d. 
 
Taqrizchilar: 
S. Amirov                          – TTYMI Elektrotexnika asoslari 
    kafedrasining mudiri, t.f.d., prof 
 F.X. Tuxtaev                    -  Biotexnologiya kafedrasining mudiri,  
f. f. n.,  dosent.  
 
Fanning  ishchi  o’quv  dasturi  Fizika,matematika  va  axborot  texnologiyalari 
kafedrasining  2015  yil  ―------‖---------------------dagi  --------  -  sonli  yig’ilishida 
muxokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.  
 
Kafedra  mudiri _______________  S.Yo.Inog’omov 
 
 
 
Sanoat  farmatsiyasi  ilmiy  kengashi  2016  yil  ―
------

---------------------
dagi 
--------
  -  sonli 
majlisida muxokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etildi.  
 
Sanoat farmatsiya fakulteti ilmiy  
kengashi raisi dotsent                                                 X.Sh.Ilxomov 
 
                                                                           ―___‖ _______ 2016yil 
 
 
Ishchi  dastur  MUKning  2016  yil  ―
------

---------------------
dagi 
--------
  -  sonli  majlisida 
muxokama qilinib, tasdiqlandi.  
 
  MUK raisi f.f.n.                                                 S.U. Aliyev 
 
                                                                                      ―___‖ ___________2016 yil 
 
 
 

 
KIRISh 
 
Hozirgi zamon fani va texnikasining jadal rivojlanishi muhandis – biotexnolog 
hodimlarning nihoyatda yuksak bilim darajasiga ega bo’lshini talab qilmoqda. Bu esa 
oliy  o’quv  yurtlarida  kadrlar  tayyorlash  usul-uslubini  muttasil  takomillashtirishni 
taqozo  etmoqda.  Bunda  muhandis  -  biotexnologlar  uchun  o’qitiladigan  metrologiya 
fanining  ahamiyati  juda  katta.  Metrologiya  bu  o’lchash,  usul  vositalar  birligi 
ta’minoti  va  kerakli  aniqlikka  yetkazish  imkoniyatini  belgilovchi  fan  bo’lib, 
zamonaviy ilm sohalarida asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.  
Bu  ishchi  dastur  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligining  2014-yil  13-
noyabrdagi 430-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida yozilgan. 
 
 
Fanning maqsad va vazifalari 
Metrologiya  fanining  maqsadi  –  injener  -  texnolog  mutaxassisligi  bo’yicha 
ta’lim  olayotgan  bakalavrlar  uchun    metrologik  ta’minot,  elektrik  va  noelektrik 
metrologik  parametrlarni  standartlashtirish  asoslarini  o’zlashtirish,  o’lchov  hamda 
ishlab chiqarishda qo’llaniladigan o’lchov- asboblarini ishlatishda chuqur nazariy va 
amaliy bilimga ega bo’lgan bakalavrlar tayyorlashdan hamda xalq xo’jaligining turli 
soxalarida,  sanoatda,  texnikada,  iqtisodiyotda,  dori  vositalari  ishlab  chiqarishda 
nazorat  va  iste’mol  bilan  bog’liq  bo’lgan  turli  sohalarda  me’yoriy  xujjatlar  va 
standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malaka hosil qilishdan iboratdir.  
 
Metrologiya va standartizasiya  fanini bakalavrlarga o’qitishning asosiy 
maqsad va vazifalariga quyidagilar kiradi:  
Talabalar  ―Metrologiya  va  standartizasiya‖  fanini  o’rganish  jarayonida 
quyidagilarni bajara olishi lozim: 
- o’lchashning nazariy asoslari bo’lgan metrologiya fanini o’rganish. 
-  o’lchashlar  va  vositalar  umumbirligi  va  talab  etilgan  aniqlikka  erishish  usullarini 
o’rganish. 
- Universal o’lchash usuli bo’lgan elektr o’lchashlarni nazariy asoslarni o’rganish va 
mukammal bilib olish   
- Metrologik ta’minotni me’yoriy huquqiy asosi bo’lgan standartni o’rganish 
-  Baholash  usullari  hamda  vositalarini  o’rganuvchi  metrologiyani  tarkibiy  qismi 
haqida umumiy ma’lumotlarni bilish. 
- Elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash vositalarini tanlash 
- o’lchov asboblarini tanlash sxemalarini yig’ish va xatoliklarini aniqlashni bilish 
Talabalar  fanni  o’rganishi natijasida  elektr,  magnit  va  noelektrik  kattaliklarni 
o’lchash bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari kerak. 
Metrologiyada  qonunshunoslik  va  standatlarning  xuquqiy  va  me’yoriy 
nizomlarini,  Davlat  standartlari  (DAST)  ni,  tarmoq  standatlari  (TAST)  ni  bilishlari 
shart. 

O’lchash  usullari,  qurilmalari,  elektr  o’lchash  asboblarining  o’lchash 
sxemalari,  texnik  tavsiflari,  qo’llanilish  soќalari  va  o’lchash  texnika  xavfsizligi 
qoidalarini bilishlari kerak. 
Asosiy  fizik  kattaliklar  o’lchamlarini  etalonlarini  va  tekshirish  usullarini 
bilishlari kerak. 
Har  bir  talaba  o’lchash  usulini,  elektr,  magnit  va  noelektrik  kattaliklarni 
o’lchash  uchun  asboblarni  tanlay  olishlari,  elektr  o’lchash  asboblarini  ulashni  va 
o’lchash xatoligini aniqlashni bilishlari kerak. 
 
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy 
jihatdan uzviy ketma – ketligi 
Metrologiya  fani  o’lchashlarning  nazariy  asoslarini  o’rganadigan  fan  bo’lib, 
umumiy  fizika  kursida  o’rganilgan  parametr  va    kattaliklarni  sanoat  va  ishlab 
chiqarishga  tatbiq  qilgan  holda  ko’rib  chiqiladi.  Metrologiya  fani  fizik  –  kimyoviy 
parametrlarni  o’lchashni,  universal  o’lchash  usuli  bo’lgan  elektr  o’lchashlarning 
nazariy  asoslarini  hamda  elektr,  magnit  va  noelektrik  kattaliklarni  amaliy  o’lchash 
vositalarini tanlashni o’rganishni umumiy fizika, matematika, elektrotexnika asoslari 
va mutaxassislik fanlari bilan bog’langan holda olib boradi.  
Metrologik  jarayonlarni  o’lchash  va  o’lchash  texnikasini  ishlab  chiqarishga 
keng  joriy  etish  uchun  har  bir  injener  –  texnik  hodim  metrologiya  asoslaridan 
texnologik  o’lchash  usullari  va  vositalaridan,  hisoblash  texnikasidan  o’lchash 
jarayonlarini  avtomatlashtirishda  foydalanish  imkoniyatlaridan  xabardor  bo’lishi 
zarur. O’lchash vositalari, ularni texnologik jarayonlarda tadbiq qilishni bilish, ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirishga va mahsulot sifatini yuqori darajaga ko’tarishga 
xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi. 
 
Shuning  uchun ―Metrologiya  asoslari‖  fani  dorishunoslik  yo’nalishi  bo’yicha 
injener-texnik  xodimlar  uchun  asosiy  ixtisoslik  fani  hisoblanib,  ishlab  chiqarish 
texnologik tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. 
 
 
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
 
Metrologiya  fani  ilmiy-  texnika  taraqqiyotida  yetakchi  rol  o’ynaydi.  Shuning 
uchun  talabalar  bu  fanni  chuqur  o’zlashtirishlari uchun  amaliy  ish  mashg’ulotlarini 
muntazam  ravishda  o’tkazish  rejalashtiriladi.    Talabalar  fanning  nazariy  qismidan 
olgan  bilimlarini  amalda  qo’llashlari  va  o’z  mahoratlarini  to’la  namoyish  qilishlari 
uchun  amaliy  ishlarni  shunday  tashkil  qilish  kerakki,  unda  asbob-uskunalardan, 
ko’rgazma  qurollaridan,  plakatlardan,  slaydlardan,  diafilmlardan,  videofilm  va 
kompyuterdan  foydalangan  holda  olib  boriladi.  Bu  esa  talabalarda  o’lchash 
sxemalarini  mustaqil  tuzish  uchun  hamda  o’lchov  asboblarini  ishlab  chiqarishga 
tatbiq qilish uchun nazariy, hamda amaliy zamin bo’ladi.  

«Metrologiya  va  standartizasiya»  fanini    loyihalashtirishda  quyidagi  asosiy 
konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:  
Shaxsga  yo’naltirilgan  ta’lim.  Bu  ta’lim  o’z  mohiyatiga  ko’ra  ta’lim 
jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa 
ta’limni  loyihalashtirilayotganda,  albatta,  ma’lum  bir  ta’lim  oluvchining  shaxsini 
emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan 
kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.  
Tizimli  yondoshuv.  Ta’lim  texnologiyasi  tizimning  barcha  belgilarini  o’zida 
mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro 
bog’langanligi, yaxlitligi.  
Faoliyatga  yo’naltirilgan  yondoshuv.  Shaxsning  jarayonli  sifatlarini 
shakllantirishga,  ta’lim  oluvchining  faoliyatni  aktivlashtirish  va  intensivlashtirish, 
o’quv  jarayonida  uning  barcha  qobiliyati  va  imkoniyatlari,  tashabbuskorligini 
ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.  
Dialogik  yondoshuv.  Bu  yondoshuv  o’quv  munosabatlarini  yaratish 
zaruriyatini  bildiradi.  Uning  natijasida  shaxsning  o’z-o’zini  faollashtirishi  va  o’z-
o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.  
Hamkorlikdagi  ta’limni  tashkil  etish.  Demokratik,  tenglik,  ta’lim  beruvchi 
va  ta’lim  oluvchi  faoliyat  mazmunini  shakllantirishda  va  erishilgan  natijalarni 
baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.  
Muammoli  ta’lim.  Ta’lim  mazmunini  muammoli  tarzda  taqdim  qilish  orqali 
ta’lim  oluvchi  faoliyatini  aktivlashtirish  usullaridan  biri.  Bunda  ilmiy  bilimni 
ob’ektiv  qarama-qarshiligi  va  uni  hal  etish  usullarini,  dialektik  mushohadani 
shakllantirish  va  rivojlantirishni,  amaliy  faoliyatga  ularni  ijodiy  tarzda  qo’llashni 
mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.  
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash  - 
yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.  
O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), 
muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.  
O’qitishni  tashkil  etish  shakllari:  dialog,  polilog,  muloqot  hamkorlik  va 
o’zaro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.  
O’qitish  vositalari:  o’qitishning  an’anaviy  shakllari  (darslik, ma’ruza  matni) 
bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.  
Kommunikasiya  usullari:  tinglovchilar  bilan  operativ  teskari  aloqaga 
asoslangan bevosita o’zaro munosabatlar.  
Teskari aloqa usullari  va  vositalari:  kuzatish, blis-so’rov, oraliq va joriy  va 
yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.  
Boshqarish  usullari  va  vositalari:  o’quv  mashg’uloti  bosqichlarini  belgilab 
beruvchi  texnologik  karta  ko’rinishidagi  o’quv  mashg’ulotlarini  rejalashtirish, 
qo’yilgan  maqsadga  erishishda  o’qituvchi  va  tinglovchining  birgalikdagi  harakati, 
nafaqat  auditoriya  mashg’ulotlari,  balki  auditoriyadan  tashqari  mustaqil  ishlarning 
nazorati.  
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham 
o’qitishning  natijalarini  rejali  tarzda  kuzatib  borish.  Kurs  oxirida  test  topshiriqlari 
yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.  

«Metrologiya  va  standartizasiya»  fanini  o’qitish  jarayonida  kompyuter 
texnologiyasidan,  ―Excel‖  elektron  jadvallar  dasturlaridan  foydalaniladi.  Ayrim 
mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter  yordamida 
bajariladi. ―Internet‖ tarmog’idagi rasmiy iqtisodiy  ko’rsatkichlaridan foydalaniladi, 
tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida 
oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.    
 
«Metrologiya va standartizasiya» fanidan mashg’ulotlarning mavzular va 
soatlar bo’yicha taqsimlanishi: 
 
MA’RUZA MAShG’ULOTLARI 
1 – Mavzu:  O’lchashlar haqida umumiy ma’lumotlar. 
O’lchash xatoliklari va ularni baholash 
O’lchashlar.  O’lchash  turlari.  O’lchash  vositalari,  ularning  elementlari  va 
parametrlari.  
Xatoliklarning  statistik  xarakteristikasi.  O’lchov  vositalari  strukturasi.  Texnik 
o’lchashlarda  o’lchash  sistemalari  xatoliklarini  baholash.  O’lchov  vositalarining 
statik va dinamik xarakteristikalari. O’lchov asboblarining ishonchliligi. 
Adabiyotlar: A1;A2; A3;  Q2; Q3 Q4.  
2 – Mavzu:  Temperaturani o’lchash. 
Temperatura 
va  temperatura  shkalalari  haqida  asosiy  ma’lumotlar. 
Temperatura  o’lchash  asboblarining  klassifikasiyasi.  Kengayish  termometrlari. 
Monometrik termometrlar. Termoelektr termometrlar. 
Adabiyotlar: A1;A2; A3;  Q2; Q3 Q4.  
3 – Mavzu: Qarshilik termometrlari. Nurlanish pirometrlari. 
Qarshilik 
termometrlari 
haqida 
umumiy 
ma’lumotlar. 
Qarshilik 
termometrlarining  tuzilishi  va  ulanish  usullari.  Logometrlar.  Nurlanish  pirometrlari. 
Temperaturani maxsus o’lchash uchun termometrlar.  
Adabiyotlar: A1;A2; A3;  Q2; Q3 Q4.  
4 – Mavzu: Suyuqliklarning zichligini o’lchash 
Asosiy ma’lumotlar va klassiffikasiyasi. Qalqovichli zichlik o’lchash asboblari. 
Vaznli zichlik o’lchagichlar.  Gidrostatik zichlik  o’lchagichlar. Radioizotopli zichlik 
o’lchagichlar. 
Adabiyotlar: A1;A2; A3;  Q2; Q3 Q4.  
5 – Mavzu:Bosimni o’lchash asboblari 
Asosiy  ma’lumotlar  va  klassifikasiyasi.  Suyuqlikli  bosim  o’lchash  asboblari. 
Deformasion, yukporshenli va elektr bosim o’lchash asboblari va ularni qo’llanilishi. 
Adabiyotlar: A1;A2; A3;  Q2; Q3 Q4.  
 6 – Mavzu:  Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathining 
balandligini o’lchash.  Modda miqdori va sarfini o’lchash 
 
Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Ko’rsatish oynasi. Suyuqlik sathini 
o’lchashning usullari. Sochiluvchan moddalarning sathini o’lchash.  

Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Suyuqlik va gazlar miqdorini o’lchash.  
Modda miqdori va sarfini o’lchashning usullari. 
Adabiyotlar: A1;A2; A3;  Q2; Q3 Q4.  
7 – Mavzu: Modda miqdori va sarfini o’lchash 
Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Suyuqlik va gazlar miqdorini o’lchash.  
Modda miqdori va sarfini o’lchashning usullari. 
Adabiyotlar: A1;A2; A3;  Q2; Q3 Q4.  
8 – Mavzu:  Suyuqliklarning tarkibini analiz qilish 
 
Asosiy  ma’lumotlar  va  klassifikasiyasi.  Eritmalarni  analiz  qilishning 
konduktometrik,  potensiometrik,  optik,  avtomatik  titrlash  va  radioizotop  usullari  va 
qo’llanilishi. 
Adabiyotlar: A1;A2; A3;  Q2; Q3 Q4.  
 
9 – Mavzu:  Suyuqliklarni qovushoqligini o’lchash 
 
Asosiy  ma’lumotlar  va  klassifikasiyasi.  Kapillyar  vizkozimetrlar. 
Sharikli vizkozimetrlar. Rotasion vizkozimetrlar. Tebranishli vizkozimetrlar.  
Adabiyotlar: A1;A2; A3;  Q2; Q3 Q4.  
10 – Mavzu:  Elektrik kattaliklarni o’lchash 
 
O’lchash mexanizmlari va ko’rsatuvchi asboblar. Magnitoelektrik mexanizmlar 
va asboblar. Elektromagnit mexanizmlar va asboblar.Elektrodinamik mexanizmlar va 
asboblar. Elektrostatik asboblar.Vibrasion asboblar. Logometrlar. 
Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4;  Q2; Q3 Q4;  Q5.  
11 – Mavzu:  Tok va kuchlanishni o’lchash. 
Qarshiliklarni o’lchash 
 
O’lchash  usullari.  Galvanometrlar.  Galvanometr-larning  vazifasi  va 
xarakteristikalari. Quvvatni o’lchash.Elektr energiyasini hisobga olish. 
 
Qarshiliklarni o’lchashning har xil usullari. Ommetr va AVOmetr. Induktivlik 
va sig’imni o’lchash. 
Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4;  Q2; Q3 Q4;  Q5.  
12 – Mavzu:  Solishtirish asboblari. 
Qayd qiluvchi asboblar 
 
Yakka  o’zgarmas  tok  ko’priklari.  Qo’shaloq  o’zgarmas  tok  ko’priklari. 
O’zgarmas tok potensiometrlari. O’zgaruvchan tok potensiometrlari. Yarim avtomat 
va avtomat ko’priklar va potensiometrlar.  
 
Vazifasi 
vaklassifikasiyasi. 
O’zi 
yozar 
asboblar. 
Elektromexanik 
ossiglograflar. Elektron ossiglograflar. 
Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4;  Q2; Q3 Q4;  Q5.  
           13 – Mavzu:  Elektr  o’lchash asboblarini tekshirish 
 
Rostlanuvchi 
qarshiliklar. 
Nagruzka 
transformatorlari 
va 
avtotransformatorlar.  Faza  ko’rsatkichlar  va  faza  rostlagichlari.  Ta’minlash 
manbalari. Tekshirish ustanovkalari. Izolyasiyani sinash ustanovkasi.  
Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4;  Q2; Q3 Q4;  Q5.  
 
14 – Mavzu:  Elektr o’lchash asboblarini tekshirish jihozlari 
Tekshirishning 
tartibi 
va 
vazifasi. 
Tekshirish 
usullari 
va 
qoidalari. 
Ampermetr,voltmetr,  vatmetr,  ommetr  va    megommetrlarni  tekshirish.  Ko’priklar, 

potensiometrlar    va  qarshilik  magazinlarini  tekshirish.  Tibbiy  texnika  vositalarini 
qiyoslash. 
Adabiyotlar: A1;A2; A3; A4;  Q2; Q3 Q4;  Q5.  
 
«Metrologiya va standartizasiya» fani bo’yicha ma’ruza mashg’ulotining 
kalendar tematik rejasi 
T/r 
Ma’ruzalar mavzulari 
soat 

1 – Mavzu:  O’lchashlar haqida umumiy ma’lumotlar. 
O’lchash xatoliklari va ularni baholash 


2 – Mavzu:  Temperaturani o’lchash.   


3 – Mavzu: Qarshilik termometrlari. Nurlanish pirometrlari. 


4 – Mavzu: Suyuqliklarning zichligini o’lchash 


5 – Mavzu:Bosimni o’lchash asboblari 


6 – Mavzu:  Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathining 
balandligini o’lchash.   


7 – Mavzu: Modda miqdori va sarfini o’lchash 


8 – Mavzu:  Suyuqliklarning tarkibini analiz qilish 


9 – Mavzu:  Suyuqliklarni qovushoqligini o’lchash 

10 
10 – Mavzu:  Elektrik kattaliklarni o’lchash 

11 
11 – Mavzu:  Tok va kuchlanishni o’lchash. Qarshiliklarni 
o’lchash 

12 
12 – Mavzu:  Solishtirish asboblari. Qayd qiluvchi asboblar 

13 
13 – Mavzu:  Elektr  o’lchash asboblarini tekshirish 

14 
14 – Mavzu:  Elektr o’lchash asboblarini tekshirish jihozlari 

 
Jami 
28 
 
 
 
 
 
Laboratoriya mashg’ulotlarining tavsiya etiladigan mavzulari 
Mavzu: Kirish. O’lchash vositalari bilan tanishish.O’lchashlar xaqida umumiy 
tushunchalar. O’lchash xatoliklarini aniqlash.  
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. 
Adabiyotlar:  A3; A4; Q5;  Q6.  
Mavzu: Voltmetrning aniqlik darajasini tekshirish 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. 
Adabiyotlar:  A3; A4; Q5;  Q6.  
Mavzu:Ampermetrning aniqlik darajasini tekshirish  
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. 
Adabiyotlar:  A3; A4; Q5;  Q6.  
Mavzu:Qarshiliklarni ommetr yordamida o’lchash 

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. 
Adabiyotlar:  A3; A4; Q5;  Q6.  
Mavzu: Galvanometrning bo’lim qiymati va ichki qarshiligini aniqlash. 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. 
Adabiyotlar:  A3; A4; Q5;  Q6.  
Mavzu: O’tkazgich va yarim o’tkazgichlarni qarshiligini temperaturaga bog’liqligini 
o’rganish. 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. 
Adabiyotlar:  A3; A4; Q5;  Q6.  
Mavzu: Bir fazali induksion schyotchikni ishonchlash. 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. 
Adabiyotlar:  A3; A4; Q5;  Q6.  
Mavzu: AVOmetr yordamida tok kuchini, kuchlanishni va qarshilikni o’lchash. 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. 
Adabiyotlar:  A3; A4; Q5;  Q6.  
Mavzu: Raqamli va elektron voltmetr, ampermetrlarni o’rganish va qo’llash. 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. 
Adabiyotlar:  A3; A4; Q5;  Q6.  
Mavzu: O’lchash asboblarini o’lchash chegaralarini kengaytirish 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. 
Adabiyotlar:  A3; A4; Q5;  Q6.  
Mavzu: O’zgarmas tokda qarshiliklarni o’lchash uchun ishlatiladigan asboblar va 
ularni o’rganish 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. 
Adabiyotlar:  A3; A4; Q5;  Q6.  
Mavzu: Fotoelektr o’zgartkichlarni tekshirish 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. 
Adabiyotlar:  A3; A4; Q5;  Q6.  
Mavzu: Avtomatik o’lchash ko’prigi va potensiometr yordamida xaroratni o’lchash. 
Tibbiy texnika vositalarini qiyoslash. 
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. 
Adabiyotlar:  A3; A4; Q5;  Q6.  
Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish