4 .“O’zligingni angla “
Har bir berilgan ta’rifdan so’ng “Siz kimsiz ¿ deb savol bilan murojat qilinadi . Nechanchi ta’rifdan so’ng javob to’g’ri topilishiga e’tibor beriladi va baholanadi .
Masalan :
Yer yuzida eng ko’p tarqalgan elementsiz . – Siz kimsiz ¿
Rangsiz , hidsiz , gazsiz . – Siz kimsiz ¿ Havodan og’ir , suvda juda oz eriydi , undan elektr uchquni o’tganda , yoki momaqaldiroqda va chaqmoq chaqqnda o’ziga xos hidga ega birikma hosil bo’ladi , Uning manashu birikmasi Yerni Quyoshning hafli radiatsiyasidan himoya qiladi ,Nafas olish , yonish , jonsiz va jonli tabiatdagi hamda texnikadagi ko’pgina jarayonlar uning ishtirokida boradi .Fotosintez jarayonida qatnashadi va inson tanasining 65% ni tashkil etadi .O’simliklar quruq biomassasining 45% ni tashkil etadi . Uni ko’zimiz bilan ko’ra olmaymiz , lekin vujudimizda his qilamiz .- J: O 2- Kislorod .
II guhuhga : Bu modda metalla oilasiga mansub , Kumushsimon oq rangli , yumshoq bolg’alanuvchan , kuchli magnit xossaga ega , issiqlikni va elektr tokini yaxshi o’tkazadi .Nam havoda u yemiriladi va sarg’ish – qo’ng’ir rangli birikma hosil qiladi , biologic jihatdan muhim element . Siz kimsiz ¿ U o’simliklarda yetishmasa xloroz kasalligi , kelib chiqadi uning bo’lagi tanani jarohatlasa havfli , lekin inson organizmida yetishmasa kam qonlik kelib chiqadi . U olma , anor , behi , sabzavotlar parranda tuxumi hayvonlar jigari tili , buyragi , talog’ida ko’p bo’ladi
Javobi : Temir .
5 . “Sinkveyn “ tuzish . Qisqa gapda katta o’quv axborotni o’z ichiga olgan qofiyalanmagan misra . Sinkveyn – fransuzcha so’z bo’lib “besh “ degan ma’noni bildiradi . U besh qatordan iborat bo’ladi .
1- qator : Mavzu bitta so’z bilan yoziladi .
2- qator : mavzu ikkita so’z bilan yoziladi .
3- qator : Mavzudagi voqea uchta so’z bilan yoziladi
4- qator : Munosabat , hissiyot to’rtta so’z bilan yoziladi .
5- qator : Mavzu mazmuni bitta so’z bilan yoziladi .
Masalan : IX sinflarda “Koinot haqidagi tasavvurlar bo’limi”da
1. Mars
2. To’rtinchi sayyora , qizil
3. Doimiy , murakkab harakatda .
4. Yer gruppasiga kiradi, tabiiy yo’ldoshlari ikkita , hayot mavjud emas .
5. Sayyora .
VI sinflarda Tezlik va uning birliklari mavzusidan:
1. Tezlik .
2. Vektor kattalik.
3. Texnikadagi asosiy parametr.
4. O’lchovchi asbobi spidometr , asosiy birligi m/s.
5. Fizik kattalik .
Bu vazifani musobaqa darslarida kichik guruhlarga uyga topshiriq sifatida berish mumkin .
Do'stlaringiz bilan baham: |