165
=
−
−
+
4
4
3
3
2
2
1
1
R
I
R
I
R
I
R
I
εεεε
1
+
εεεε
2
-
εεεε
3
-
εεεε
4
-
εεεε
5
(11.28)
yoki I va
ε
lar algebraik kattaliklar ekanligini hisobga olib, (11.28)ni
quyidagi ko‘rinishda yozamiz:
∑
∑
=
i
i
i
i
R
I
εεεε
i
(11.29)
Bu munosabat Kirxgof ikkinchi qoidasining matematik ifodasidir, u
quyidagicha ta’riflanadi: tarmoqlanmagan elektr zanjirning berk
konturida tok kuchlarining bu konturning tegishli qismlari
qarshiliklariga
ko‘paytmalarining
algebraik
yig‘indisi
ushbu
konturdagi barcha E.YU.K larning algebraik yig‘indisiga teng.
Kirxgofning ikkinchi qoidasini o‘zgaruvchan tok zanjiriga ham
tadbiq qilish mumkin.
11.7-§. Gazlarda elektr toki
Elektr tokning gazlar orqali o‘tishiga gaz razryadi deyiladi.
Metallar va elektrolitlar tok tashuvchilar har doim mavjuddir, ularga
berilgan elektr maydoni mavjud zaryadlarni
faqat tartibga soladi. Gazlar esa normal holda
izolyator hisoblanadi, ularda tok tashuvchilar
bo‘lmaydi. Gazlar orqali elektr tokining
o‘tishini
tekshirish
uchun
11.4-rasmda
tasvirlangan elektr zanjirining chizilmasini
tuzaylik. Zanjir orqali elektr tok oqimini
ta’minlamoqchi bo‘lsak, M va N elektrodlar
oralig‘iga zaryad tashuvchilar vujudga keltirish
kerak. Gazda zaryad tashuvchilar vujudga
keltirishnining ikki usulidan foydalanamiz:
a) gazlarda zaryad tashuvchilar tashqi
ta’sirlar natijasida hosil qilinsa, bunday holda kuzatiladigan elektr tokni
nomustaqil gaz razryadi deyiladi;
b) agar zaryad tashuvchilar elektr maydon ta’sirida vujudga
kelsa, shu hodisa tufayli kuzatiladigan elektr tokni mustaqil gaz razryadi
deyiladi.
Nomustaqil gaz razryadi gazlarni yuqori haroratgacha qizdirish
bilan, ultrabinafsha yoki rentgen nurlari ta’siri bilan, shuningdek,
α
,
β
,
γ
nurlanishining ta’siri ostida yuzaga kelishi mumkin. Bu hol
M va
N
elektrodlar orasidagi gaz molekulalarining ionlashuviga olib keladi.
↑
+
−
М
N
11.4-rasm
166
Ionlashishda gaz molekulasidan, odatda, bitta elektron uzib chiqariladi,
buning natijasida molekula musbat ion bo‘lib qoladi. Uzilib chiqqan
elektron juda oz muddat erkin qolishi mumkin, yoki darhol gazning
neytral molekulalaridan biriga birlashadi va bu molekulani manfiy ionga
aylantiradi. Gazdagi ionlashish jarayoni sababchisi bo‘lgan tashqi
dalillar ionizator deb ataladi. Shunday qilib, ionlashgan gazda musbat
ionlar ham, manfiy ionlar ham, erkin elektronlar ham bo‘ladi. Gazda
ionlanish bilan birga ionlarning rekombinatsiyalanish o‘zaro qo‘shilishi
jarayoni ham boradi.
Tashqi elektr maydoni bo‘lganida ionlashgan gazda turli ismli
ionlarning qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakati va elektronlarning
harakati tufayli tok vujudga keladi.
Ionizator ta’siri to‘xtaganda gaz ionlarining konsentratsiyasi
darhol nolgacha kamayadi va tok to‘xtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: