4). Metall panjarali kristallar – erkin elektronlar bilan o‘ralgan
metallning musbat ionlaridan tuzilgan. Metall panjaraning ionlarini ana
shu elektronlar bog‘lab turadi. Hozirgi zamon fizikasi kristall qattiq
jismlardan tashqari amorf jismlarni ham o‘rganadi. Amorf jismlar
polikristallarga o‘xshab izotropdir. Amorf jismlarga misol qilib, qora
mo‘m, shisha, smola, kanifol va shunga o‘xshashlarni olish mumkin.
Keyingi vaqtlarda texnikada organik amorf moddalar, ya’ni
polimerlar keng tarqaldi.
Polimerlarning tipik vakili plastmassalardir. Yuksak elastiklik va
mustahkamlik polimerlarning juda muhim xossasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |