n,
l
l
l
l
, m, s kvant sonlar to‘plami bilan xarakterlanuvchi ixtiyoriy
energetik sathda bittadan ortiq elektron bo‘lishi mumkin emas.
20.4 - §. D. I. Mendeleyev elementlar davriy sistemasi
1869 yilda rus olimi D.I.Mendeleyev elementlarning atom
massalari bo‘yicha ma’lum bir sistemaga solishga erishdi va atom
fizikasining asosi bo‘lgan tabiatning fundamental qonuni – elementlar
davriy sistemasini yaratdi. Agar elementlarning massalarini ortib borishi
tartibida joylashtirilsa, ma’lum bir tartib raqami oralig‘ida, ya’ni biror
davrda, ularning ko‘pgina kimyoviy va fizik xossalarini takrorlanishi
ma’lum bo‘ldi.
Masalan, litiy bir valentli ishqoriy metall bo‘lib, tartib raqami
Z=3 ga teng. Yana 8 ta tartib raqamidan keyin kelgan natriy (Z=11)
ham, undan yana 8 ta raqam keyin joylashgan kaliy (Z=19) ham litiyga
o‘xshab ishqoriy metall hisoblanadi. Bunday ishqoriy metall xossasi 18
tartib raqamdan keyin rubidiy (Z=37) va seziyda (Z=55) ham
takrorlanadi.
Davriy sistema yaratilgan vaqtda 64 ta kimyoviy element borligi
ma’lum
edi.
D.I.Mendeleyev
tomonidan
katakchalarga
davriy
sistemadagi elementlar birin ketin qo‘yib chiqarilgandan keyin ayrim
katakchalar bo‘sh qoldirildi. Mendeleyev bu bo‘sh katakchalarni
to‘ldirish mumkin bo‘lgan, hali topilmagan kimyoviy elementlarning
xossalarini oldindan aytib berdi. Masalan, shunday yo‘l bilan Fransiyada
davriy sistemada ruxdan keyin joylashgan galliy elementi kashf etildi.
Undan keyin selen (Se), germaniy(Ge) va boshqa kimyoviy elementlar
ham kashf etilib, davriy sistemadagi bo‘sh kataklar to‘lib bordi. Bulardan
tashqari, D.I.Mendeleyev ba’zi elementlarning atom og‘irliklarini
to‘g‘riligini tekshirishga muvaffaq bo‘ldi. Masalan, Be va U ning atom
og‘irliklarini tablitsa asosida hisoblab chiqardi. Keyinchalik ma’lum
bo‘ldiki, kimyoviy elementning davriy sistemadagi tartib raqami atom
yadrosi zaryad sonini yoki yadro atrofidagi elektronlar sonini bildirar
ekan. Elementning davriy sistemadagi tartib raqami ortgan sari uni
massasi ham, yadro zaryadi ham ortib boradi. Yadro atrofida aylanuvchi
elektronlar eng kichik energiyali holatni olishga intilishi natijasida
hammasi birinchi Bor orbitasida aylanishlari lozim edi. Agar birorta
elektron qo‘shilganda ham elementlarning xossaslarini unchalik
o‘zgartirmasligi kerak. Ammo bizga ma’lumki, bitta elektron bilan farq
343
qiluvchi argon ( Z=18) inert gaz, kaliy ( Z=19) ishqoriy metall. Shunday
holni kripton (Z=36) va rubidiy, ksenon (Z=54) va seziy (Z=55), radon
(Z=86) va fransiy (Z=87) juftlarida ham kuzatishimiz mumkin. Bu
elementlar bitta elektroni bilan farq qilgani holda, birinchilari inert gaz,
ikkinchilari esa ishqoriy metallardir.
Atomning tartib raqami ortgan sari uni o‘lchami uzluksiz
kichiklashib borishi kerak, chunki elektronlar soni ortgan sari Kulon
tortishish kuchlari ham ortib boradi.
Lekin amal atomlarning o‘lchami bir davr elementlaridan boshqa
davr elementlariga o‘tganda o‘zluksiz holda emas aniq bir qiymatni
olgan holda keskin ortib ketadi (20.1-jadval)
20.1 - jadval
II davr elementlari
Do'stlaringiz bilan baham: |