MUNDARIJA
KIRISH............................................................................................................
|
|
1. Mavzuni tanlash..........................................................................................
|
|
2. Adabiyotlar bilan tanishish.........................................................................
|
|
3. Kurs ishini yozish tartibi............................................................................
|
|
4. Kurs ishini rasmiylashtirishning umumiy talablari.................................…
|
|
5. Kurs ishini himoya qilish...........................................................................
|
|
Ilovalar............................................................................................................ Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati..............................................................
|
|
KIRISH
5140200 –Fizika bakalavriat ta’lim yonalishining malaka talablarida “Optika” ixtisoslik fani bo’yicha mazkur yo’nalish talabalari kurs ishini tayyorlashi va himoya etishlari lozimligi ko’zda tutilgan. Oliy ta’lim muassasalarda "Fizika " ta’lim yo’nalishi bo’yicha kurs ishini yozish bitiruv malakaviy ish bajarishdan oldingi muhim bir tayyorlanish bosqichlaridan biridir.
"Fizika " baklavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha tahsil oluvchi talabalar kurs ishini yozishdan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:
• talabalarni o’rganish uchun huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ilmiy va o’quv adabiyotlarini izlab topish, o’rganib chiqish hamda ularni jamlab xulosa qilish;
• mustaqil ta’lim olish faoliyatini faollashtirish;
• amaliy materiallarni metodik tahlil qilish va ilmiy xulosa berish borasidagi malakasini oshirish;
• faktlar asosida to’g’ri xulosa chiqarishni o’rganish;
• dolzarb mavzuga taaluqli bo’lgan yangiliklar, adabiyotlar va manbalardan foydalanish;
• bitiruv malakaviy ishlarini yozishga tayyorlash.
Kurs ishini yozish va himoya qilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iboratdir:
mavzu tanlash;
foydalanish uchun zarur bo’lgan adabiyotlarni izlab topish va ularni ro’yxatini qilish;
kerakli hujjatlar asosida ma’lumotlarni tayyorlash va yig’ish;
kurs ishi rejasini tuzish;
rejaga mos bo’lgan savollarni batafsil o’rganish ma’lumotlarni tahlil qilish;
o’rganish va tahlil natijasida olgan bilim va ko’nikmalarini batafsil, mantiqiy to’g’ri bayon qilish;
kurs ishida keltirilgan ma’lumotlarni keng va tushunarli tahlil qilish;
ilmiy rahbar tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va takliflarni ehtiborga olish;
kurs ishini to’g’ri rasmiylashtirish;
kurs ishini himoya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |